151
φ X 174 fagi bilan kasallangan hujayrada bu jarayon quyidagicha ketishi
mumkin. Bu fagning DNK si bir zanjirli xalqa shaklda bo‘ladi. Fag bilan hujayra
kasallangandan so‘ng bu DNK molekulasi ona molekulasidan keskin farq
qiladigan xususiyatli alohida shaklga o‘tadi. Fizik- kimyoviy usullar yordamida
bu DNK ajratib olingan va uning xususiyatlari o‘rganilgan. Uni virus tabiatli
ekanligini, uni yuqumliligi orqali aniqlandi. Birqancha
kompleks belgilari uni
ikki zanjirli ekanligidan dalolat berdi.
Bu DNK ning qovushqoqligigi va temperatura ta’siridagi optik zichligini
o‘zgarishlari (plavlenie DNK) yangidan fagdan ajratilgan DNK adan keskin farq
qiladi, ammo olingan ikki zanjirli DNK preparatinikiga esa mos keladi.
Hisoblashlar shuni ko‘rsatadiki, gradient zichlikda sentrifuga qilinganda etilgan
fagdan ajratilgan ikki zanjirli DNK ga o‘xshash ko‘rsatkichlarga egaligi
ko‘rinadi. Nazariy jihatdan bu DNK ni nukleotid tarkibi ikki zanjirli DNK nikiga
o‘xshash bo‘lib chiqdi (Chargaff qoidasi bajariladi). Bu yangi DNK - DNK ning
replikativ shakli(RF) deb nomlandi.
φ x174 fagining replikativ formasi siklik xalqa shakliga ega.Bunday tuzilishni
elektron mikroskopda ham tasdiqlandi. RF
nuklein kislota uchlaridagi
nukleotidlarni uzadigan ekzonukleazalarga o‘ta rezistent.
RF qanday hosil bo‘ladi degan savolga quyidagicha javob bersa bo‘ladi. RF
ni birinchi molekulasini hosil bo‘lishiga (to‘g‘rirog‘i “manfiy” zanjirni hosil
bo‘lishiga) matritsa, substrat va fermentlar zarur. φ X 174 fagini nuklein
kislotasini tarkibiga xuddi ichak tayoqchasi
DNK sining tarkibidagidek
nukleotidlar kiradi, shuning uchun yangi substratlarni sintezi uchun zaruriyat
yo‘q, hujayrada bor dezoksiribonukleozidtrifosfatlar RF sintezi uchun
ishlatiladi.Ferment bo‘lib hujayradagi ferment(lar) ishlatilishi mumkin. Ona
zanjir materiallaridan hosil bo‘lgan RF ni hosil bo‘lishi hujayradagi ikki ferment
yoramida amalga oshadi. Virusni “musbat” zanjirida DNK-polimeraza
komplementar “manfiy”
zanjirni sintezlaydi, ammo bu ferment DNK ning ikki
uchidagi fosfodiefir bog‘larini kovalent - yopiq xalqa qilib bog‘layolmaydi.
Natijada iplarni birida fosfodiefir bog‘lari etishmagan(uzilgan joyi bor) xalqali
struktura hosil bo‘ladi. Bu shakl RF 2 deb nomlangan bo‘lib, hujayrada bor
bo‘lishi mumkin. Infeksion jarayonning”erta” bosqichida
mazkur fosfodiefir
bog‘i etishmayotgan qismi hujayradagi polinukleotidligaza fermenti bilan
qaytarilib, yopiq xalqa hosil bo‘ladi (RF 1). Ona DNK RF molekulasi hosil
bo‘lgandan so‘ng keyingi bosqich - bu DNK ning replikatsiya bosqichi bo‘ladi.
Bu replikatsiya yarimkonservativ usulda amalga oshadi, ya’ni
RF ning har bir
zanjiridan biri ikki xar xil qiz molekulalarga tushadi. Bu erda bir umumiy
mulohaza qilish o‘rinlidir, ya’ni RF ni replikatsiyasi uchun uch xil ferment
funksiyasi zarur bo‘ladi. Birinchidan, DNK-polimerazaga o‘xshash ferment bilan
polinukleotid zanjirni sintezini ta’minlashi kerak. Ikkinchidan,
etishmayotgan
zanjir uchlarini polinukleotidligazaga o‘xshash ferment bilan bog‘lash zarur.
Uchinchidan, ikki qiz zanjir molekulasini ajratish uchun fosfodiefir bog‘larini
uzadigan endonukleazaga o‘xshash ferment zarur.