47
3-BOB. MARKETING KOMMUNIKATSIYASIDA REKLAMA
Reja:
3.1. Reklama tushunchasi, uning mohiyati, maqsadi, vazifalari va
funksiyalari
3.2. Reklamaning turlari va vositalari
3.3. Reklama samaradorligini aniqlashning zamonaviy uslublari
3.1. Reklama tushunchasi, mohiyati, maqsadi, vazifalari va funksiyalari
Oxirgi yillarda jahon bozorida mahsulot ishlab chiqaruvchilar va xizmat
ko‘rsatuvchilarning ijtimoiy obro‘ - e’tibori, ayniqsa eksportga mo‘ljallangan
mahsulot va xizmatlar tashviqotiga talab sezilarli darajada oshdi.
Raqobatchi
mahsulotlar o‘rtasidagi jismoniy va texnologik farqlarning yo‘qolishga olib keldi.
Haridor yetkazib beruvchining nufuzini shakllantiradigan uddaburonlik, ishonchlilik,
ishchanlik va boshqa moddiy bo‘lmagan omillarga ko‘proq ahamiyat bera boshladi.
Shuning
uchun
mahsulotlarni
sotish,
ayniqsa
ommaviy
so‘rovlarni
tashkillashtirishning zamonaviy sharoitida reklama mahsulot haqidagi ma’lumot
bilangina cheklanib qolmaydi. Buyum va xizmatlar reklamasi iste’molchilarga
samarali ta’sir qilish va uni ijobiy qabul qilinishi uchun sharoit yaratiladi, ya’ni
reklama taklifining nufuzi oldindan ta’minlanadi.
Obro‘-e’tibor institutsional (mamlakat), korporativ (firma) va mahsulot
darajasidagi reklama tadbirlarida shakllanadi. Nufuzli reklama tadbirlari asosan
mamlakat, tarmoq, firma va uning mahsulotlariga nisbatan
jamoatchilikning ijobiy
munosabatini, ya’ni ijtimoiy obro‘-e’tiborni qozonishga yo‘naltirilgan PRning
reklama tadbirlari orqali amalga oshiriladi. Firma tomonidan ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarning sifati va texnik darajasi obro‘-e’tiborning eng muhim omillari bo‘lib,
korporativ nufuzli reklama ma’lumotlarini vujudga keltirishda eng ahamiyatli asos
sifatida qo‘llaniladi. Firmaning yuqori obro‘si - ishlab
chiqarish va mahsulotlarni
sotishda uning yetakchi holati haqidagi ma’lumotlar asosida yaratiladi va bu
zamonaviy texnologiyalarni loyihalashtirish va amalga oshirish, ayniqsa, yagona va
murakkab tadqiqotlar, hamda o‘ziga xos malakani talab qiladi.
Reklama
- atamasi lotincha “reklamare”- “qichqirmoq yoki xabar qilmoq”
so‘zidan kelib chiqqan (qadimgi Yunoniston va Rimda e’lonlar qattiq qichqirib e’lon
qilinar yoki xalq to‘planadigan maydonlar va boshqa joylarda o‘qib berilardi).
Shuningdek, Qadimgi Vavilonda ham qochib ketgan qullar to‘g‘risidagi e’lonlar
mavjud bo‘lib, bu ham ma’lum ma’noda reklama elementlarini o‘z
ichiga olgan
desak xato bo‘lmaydi [16,13].
Reklama ilmiy nuqtai nazardan tadqiq qilinar ekan, nazariyachilar uning
tarixini turli voqea-hodisalar bilan bog‘laydilar. Ko‘pchilik tarixchilar reklamaning
axborot tashuvchi vosita sifatidagi qo‘llanilishi
qadimgi sivilizatsiyalarda
boshlangan, deb hisoblashadi. Sopol, yog‘och yoki toshdagi yozuvlar, ko‘chalardagi
48
peshlavhalar reklamaning ilk shakllari edi. Chunki qadimda ko‘pchilik kishilar
o‘qish, yozishni bilmas, reklama bevosita belgi yoki buyum ko‘rinishida amalga
oshirilardi, Masalan, poyafzal ustaxonasida biror bir oyoq kiyimi osib qo‘yilardi.
E’tibor bersak, bunday “ibtidoiy usul”lar hali-hanuz ayrim joylarda (do‘kon,
ustaxona, shaxobchalarda) ko‘zga tashlanadi. Qadimda buyumlarga ma’lumotlarning
turli belgilari qo‘yilgan. Kulolchilik buyumlariga hattotlar reklamaga xizmat qiluvchi
shakllarni ko‘chirgan. Bu hol takomillashib, hozirgi kunda reklama muayyan sohaga
aylanib ketgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Reklama haqidagi
yozma manbalar qadimgi Shumer, Qadimgi Misr
papiruslarida uchraydi. Bizgacha yetib kelgan Qadimgi Yunoniston reklamalaridan
birida shunday deyilgan: “ko‘zlar doimo chaqnab turishi,
yonoqlar alvon kabi
tovlanib turishi va qizlar go‘zalligi doimo saqlanib turishi uchun, aqlli ayollar
Eksliptosdan qulay narxlarda atir-upa sotib oladi”.
Marketing fanining taraqqiy etishiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shgan P.
Druker ham fanning paydo bo‘lishi bizning zamonamizga tegishli emasligini
bildirgan. P. Druker barchaning diqqatini Bibliyaga qaratadi.
Injilda keltirilishicha,
ilon Momo Havoga jannatdagi mo‘’jizali daraxt mevasini tatib ko‘rishni taklif etadi
“...uning(jannatda o‘suvchi mevali daraxt) mevasini tatib ko‘rgan kuningiz sizlarning
ko‘zlaringiz “ochiladi” va sizlar xudolar kabi yaxshi yomonni ajrata oladigan
bo‘lasizlar” [7,6].
Do'stlaringiz bilan baham: