49
3.1-jadval (davomi)
1886 y.
Germaniyada reklama haqida birinchi qonun qabul qilindi.
1899 y.
AQShda dastlabki xalqaro reklama agentligi “J. Walter Thompson” tarmog‘i
tashkil etildi
1922 y.
AQShda dastlabki radioreklama eshittirildi
1925 y.
Fransiyada ilk marotaba reklama plakatlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
1941 y.
Nyu-Yorkda birinchi marta TV-rolik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu Bulova
firmasining 10 sekundlik reklamasi bo‘lib, uni mingga yaqin tomoshabin
tomosha qilgan
1952 y.
AQShda Eyzenxauer va Niksonlar saylov jarayonida
siyosiy reklamaga asos
soldilar
1970 y.
Internet vujudga keldi
1998 y.
O‘zbekistonda ilk tashqi reklama bannerlari paydo bo‘ldi
2007 y.
O‘zbekistonda ilk harakatlanuvchi bilbord, elektron tablo va prizmatronlar
vositasida tijorat reklamalari paydo bo‘ldi
Qadimda mamlakatimiz hududidagi shahar bozorlari sayyohlarda katta
taassurot qoldirgan. Bozorlar asosan chorshanba yoki yakshanba kuni shahar
atrofidagi hududlarda savdogarlar o‘z mollari bilan kelganlarida, yig‘ilishi to‘g‘risida
manbalar uchraydi. Ushbu bozorlarda hunarmandlar ham buyum ishlab chiqarib, ham
uni shu yerda, maxsus ochgan peshtoqlarida sotishlariga alohida ahamiyat berilgan.
Savdogarlar o‘z mollarini sotish uchun baland ovozda haridorlarni o‘zlariga
chorlagan. Bunda tovarlarning sifatli, arzon ekanligini bot-bot takrorlashgan [16,14].
Qadimiy Sharqda ham reklama
dastlab juda tushunarli, sodda ko‘rinishda
namoyon bo‘lar edi. Sharq bozorlaridagi “Opqoling, kepqoling”, “Olganlar
darmonda, olmaganlar armonda” degan iboralar ota-bobolarimizning o‘zlari
bilmagan holda reklama bilan shug‘ullanganliklariga dalil bo‘ladi. Oldi-sotdi
ishlarida molning kamchiligini aytib sotish, tarozidan urmaslik, odob- axloqqa,
halollikka rioya qilish ajdodlarimizdan o‘tgan ma’naviy qadriyat ekanligini bildiradi.
Qadimgi bozor peshtaxtalarida mevalarning did bilan terib qo‘yilishi,
haridorlarni baqiriq, chaqiriq bilan jalb qilish Sharq bozorlariga fayz kiritgan.
Hunarmandlar mahallalardagi do‘konlarda mahsulotlarni osib, terib qo‘yishgan va
haridorlarga tavsiya etishgan. Ustalar mijoz bilan muomala qilish odobini hunar bilan
bir qatorda shogirdlariga o‘rgatganlar. Do‘konga kirgan haridorlarga bir piyola choy
uzatib, o‘z mollarining sifati, narxi haqida suhbatlashganlar. Savdo-sotiq madaniyati
Buyuk Ipak yo‘li shakllangan davrdan rivojlanib kelgan.
Jadidlar milliy uyg‘onish davrida milliy matbuot
bilan birgalikda reklamani
ham oyoqqa turg‘izdi. Birinchi bor o‘zbek tilida “Taraqqiy”, “Shuhrat”, “Xurshid”
gazetalari chop etildi. “Sadoyi Turkiston” gazetasi Toshkentda chiqa boshladi.
Farg‘ona vodiysida jadidchi Obidjon Mahmudov muharrirligida 1914 yildan “Sadoyi
Farg‘ona” gazetasi chiqib turdi. Uning sahifalarida butun vodiyda kechayotgan
ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-mafkuraviy hayot o‘z aksini topib borgan. 1916 yil 1
iyuldan Andijonda birinchi bor rus tilida “Turkestanskiy golos” gazetasi chiqa
boshlagan. Bu gazeta Petrograd telegraf agentligi xabarlarini hamda o‘zining Moskva
50
va Petrograddagi muxbirlari tomonidan jo‘natilgan xabarlarni chop etgan.
“Turkestanskiy kray” gazetasida yozilishicha, Nyu-York, Parij, London, Kopengagen
va Buharest shaharlarida hamda o‘lka shaharlarida gazeta o‘z muxbirlariga ega
bo‘lgan. Gazeta moliyaviy ahvolini yaxshilash maqsadida o‘z sahifalarida reklama va
e’lonlarni chop etib borgan.
Butun tarixi davomida reklamaning vazifasi o‘zgarmadi. U hali-hanuz axborot
beradi va ishontiradi. Shu boisdan reklama – savdoni harakatga keltiruvchi kuch,
savdo esa mehnat vositalarini ayirboshlashdir.
Reklama kommunikatsiyaning shaxsan bo‘lmagan shakllaridan bo‘lib, u
mablag‘ bilan ta’minlash manbai aniq ko‘rsatilgan holda, haq to‘lanadigan axborot
tarqatish vositalari orqali amalga oshiriladi.
Hozirda reklama professional fanga aylanmoqda.
Har qanday fan kabi u ham
qonun va aniq o‘lchamlarga asoslanadi. Har qanday fan kabi reklamada ham sabab va
natija mukammal o‘rganib chiqiladi. Muvaffaqiyatni kafolatlovchi bir qancha usullar
sinovdan o‘tkazilgan bo‘lib, ko‘plab korxona ular bilan tanish va o‘z faoliyatida
ularni qo‘llashga harakat qiladi.
Ilgarilari natijani oldindan bashorat qilishga umuman yo‘l qo‘ymagan reklama
bugunlikda biznesning eng ishonchli turlaridan biriga aylandi. Boshqa tadbirkorlik
faoliyatlaridan farqli o‘laroq reklamaning havf darajasi nihoyatda pastdir.
Bugungi kunga kelib reklama yuqori darajada taraqqiy etdi. Reklama
bozorining katta qismini yirik reklama agentliklari egalladi. Ushbu agentliklar o‘z
faoliyati davomida yuzlab reklama kampaniyalarini amalga oshirib, bu jarayonda
minglab g‘oya va rejalarni sinab ko‘radilar. Barcha natijalar tahlil qilinadi va bundan
ma’lum xulosalar chiqariladi. Ularda o‘z kasbining mohir
ustalari faoliyat olib
boradilar. Butun mamalakat miqyosida ish olib borishga ulardan faqat eng qobiliyatli
va tajribalilari qodir. Hamkasblarining faoliyatini kuzatib ularning o‘ziga foydali
bo‘lgan tomonlarini o‘rganadilar va har bir yangi ish ularning mahoratini yanada
oshishiga olib keladi.
Reklama agentliklarining izlanishlari natijalari korxonalar uchun yana uzoq
vaqt xizmat qiladi. Yillar davomida bunday agentliklar tajribalar, tamoyillar va
usullarni o‘z ichiga olgan “ma’lumotlar banki”ga aylanadi.
Bundan tashqari yirik reklama agentliklari savdoning
turli sohalarda faoliyat
olib boruvchi ekspertlar bilan ham yaqindan hamkorlik olib boradilar. Odatda
ularning mijozlari yirik korporatsiyalardir. Shu sababli agentliklar turli uslubiyot va
strategiyalarga ega. Ular savdo-sotiq bilan bog‘liq bo‘lgan barcha dalillarni yig‘uvchi
va tahlil qiluvchi markazlarga aylangan. Ushbu tajriba ularga har qanday
tadbirkorning savoliga javob berishga imkon beradi.
Reklamaning kuchi va ahamiyati jahon tajribasidan ma’lum. U avvalambor,
ixcham, badiiy ifodalangan shaklda berilgan hissiy bo‘yoqlarga ega bo‘lgan tovarlar
va xizmatlar haqidagi eng muhim dalillar hamda ma’lumotlarni potensial haridorlar
ongi va diqqatiga yetkazadigan axborotni mujassamlashtiradi.
Shu bilan birga
ta’kidlash lozimki, reklama har doim axborotdir, lekin axborot esa har doim ham
reklama bo‘lavermaydi.
51
Reklama – kommunikatsiyaning shaxsiy bo‘lmagan shakllarini ifodalaydigan,
axborot uzatishning pulli tarqatuvchilari vositasida amalga oshiriladigan omillardan
biridir. Uning maqsadi - ommaviy yoki shaxsiy ongga kuchli ta’sir o‘tkazish yo‘li
bilan hosil bo‘lgan, ishlab chiqaruvchilar tomonidan xizmat haqi to‘langan axborotni
tarqatish yo‘li bilan hissiyotlarga ta’sir qiladigan, tanlab olingan iste’molchilar
auditoriyasiga zaruriy javob ta’sirini qo‘zg‘atadigan, ishga nisbatan ijodiy yondashuv
va axborot to‘plash, hamda rejalashtirishda kasbiy mahoratni talab qiladigan maishiy
yoki
boshqa xil ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va jamoat tashkilotlarining
vazifalarini amalga oshirishdir.
Reklamaning predmetiga ko‘ra uning ma’lum faoliyat sohalarini ajratib
ko‘rsatish mumkin (3.2-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: