113
4.5-jadval (davomi)
Sempling
Yangi tovarni sinab
ko‘rish(tatib
ko‘rish)ni
rag‘batlash
Iste’molchilarning notanish
bo‘lgan tovarga ortiqcha sarf-
harajat qilish lari bilan
bog‘liq tavakkalchilikni
kamaytiradi
Ma’lum miqdorda
oriqcha harajatlarni
talab qiladi
Sodiqlik
dasturlari
Takroriy haridlarni
rag‘batlantirish
Iste’molchilarning savdo
belgisiga yoki tovar brendiga
moyilligini oshiradi
Ma’lum miqdorda
oriqcha harajatlarni
talab qiladi
Savdo
summasini
qaytarib
berish
Haridni rag‘batlash
va sotuvning
pasayishini bartaraf
etish
Talabni samarali
rag‘batlantiradi
Raqiblar tomonidan
tezda o‘zlashtirib
olinishi mumkin, shu
bois tovarning
qadrliligi va nufuzi
pasayadi
Promoushn-aksiyalarning samaradorligi quyidagi uch omilga bog‘liq:
1. Insonlar. Samarali promoushn – aksiya uni kim o‘tkazishiga bog‘liq.
Ko‘pchilik xollarda mashhur reklama agentliklarida tajribasiz
va insofsiz xodimlar
faoliyat yuritadilar. Shu bois firmalar reklamaga agentliklariga murojaat qilishda
sohani yaxshi tushunadigan tanishlar orttirishi foydadan holi bo‘lmaydi.
2. G‘oyalar. Samarali promo-aksiyalar mukammal g‘oya va puxta ishlangan
promoushn-aksiya strategiyasiga bog‘liq. Promo-aksiya uchun taklif ishlab chiqarish
ma’lum vaqt talab etadi. Mijozlarga ushbu taklifni namoyish qilishga tayyorgarlik
ishlari kamida 2 - 3 kundan 2-3 hafta vaqt talab etadi.
3. Ijro. Promoushn-aksiyalarning samaradorligi promouterlar va uni nazorat
qilishga bog‘liq.
Promouterlar (ingliz tilida promote “siljitish,
jadallashtirish, muvaffaqiyat
qozonishi uchun yordam ko‘rsatmoq”) – tovarlar reklamasi bilan shug‘ullanuvchi
doimiy shaxs yoki guruh.
Promouterlar – firmaning reklama yoki maxsus tabirlarini o‘tkazishda
moliyaviy va tashkiliy masalalarni hal qiluvchi va firma reytingini oshirishga
ko‘maklashuvchi shaxs.
Promouterlar – turli tadbir va bayram kechalarini o‘tkazuvchi va ushbu tadbir
tashkilotchilarini reklama qiluvchi shaxslar.
Nazariy jihatdan olib qaraganda har qanday shaxs promouterlik bilan
shug‘ullanishi mumkin. Ammo jamoatchilik, notiqlik
va marketing sohasiga oid
bilim va malakaga ega shaxslar bugungi kunda promouterlikka eng ko‘p talab
qilinadigan kishilardir.
Amaliyotda promouterlarni Promo-girl – sotishni rag‘batlantirish tadbirlariga
jalb etiladigan qizlar va promouter yigit(Promo-men)larga ajratishimiz mumkin.
Promouter qizlar (Promo-girl) xorijiy mamlakatlarda ko‘proq jalb etilib, ularning
faoliyati har bir soat uchun 10-50 AQSH dollarini tashkil etadi.
Promouter
yigitlar(Promo-men)lar qizlarga qaraganda ham ko‘proq maoshga ega bo‘lgan
shaxslar hisoblanib, aksariyat sport musobaqalari, qimmatbaho kosmetika tovarlari va
114
kiyim-kechaklar modellarini namoyish qilishga jalb qilinadi. Ularning aksariyati
talabalardan iborat. Ammo ayrim kompaniyalar sotishni rag‘batlantirish bilan bog‘liq
tadbirlarga soha mutaxassislarini masalan, stomatologlar, veterinarlar, diyetologlar,
geograflar, maishiy texnika buyumlari bo‘yicha
maslahatchilar, dizayner va
boshqalarni ham jalb etishadi.
Har bir promouterning o‘z ixtisosligi va maoshi mavjud. Promo- aksiyalarni
tayyorlash davomida ularni qaysi promouter o‘tkazishi aniq belgilab olinadi.
Umumiy olganda barcha promouterlarni quyidagi toifalarga bo‘lish mumkin:
–
“
varaqa tarqatuvchilar”
– eng ko‘p va eng arzon promouterlardir. Ularni
chorrahalarda, bekatlarda va yirik magazinlarda uchratish mumkin.
–
“
chorlovchilar”
– oldindan tayyorlangan ssenariy bo‘yicha ishlovchi,
tovarlar haqida shu zahotiyoq xabar beruvchi promouterlar.
Ular tovarlarni tomosha
qilish, tekshirib ko‘rish va sotib olishga qo‘yarda-qo‘ymay (zo‘rlab) chaqirib
keladilar.
“Chorlovchi promouterlarni asosan ko‘chma aksiyalarda va
harakatlanuvchi vositalarda uchratishimiz mumkin;
–
“xabarchi”
– iste’molchilar bilan ishlashga maxsus tayyorlangan,
tovarlarning iste’mol xususiyati, funksional, texnik, estetik va erganomik xossalarini
yaxshi ajrata oladigan malakali promouterlardir. Ularning asosiy maqsadi
iste’molchilarni tovarlarning mukammal tijorat taklifi bilan tanishtirish (masalan,
Lipton mevali choyi sovutilgan holda ichishga eng maqbul tanlov va boshqalar.);
–
“doimiy promouterlar” –ma’lum firma yoki brendning
harakatdagi guruhi
a’zosi hisoblanadi. Ular universal va yuqori maosh oluvchi promouterlar bo‘lib,
doimiy maosh va turli mukofotlar oladi.
Promouterlarga qo‘yiladigan talablar
1.
Ishni o‘z vaqtida boshlashi va tugallashi.
2.
Namoyish qilayotgan tovarning tarkibi, xususiyati, fizik, estetik, texnik va
funksional xossalarini yaxshi bilishligi.
3.
Iste’molchiga degustatsiya uchun mo‘ljallangan mahsulot to‘g‘risida
ishonchli va to‘la-to‘kis ma’lumot berish.
4.
Iste’molchiga tatib ko‘rilayotgan mahsulotning ma’lum afzalliklarga ega
ekanligiga ishontira olish.
5.
O‘z mahsulotini namoyish qilish chog‘ida raqib tovar bilan o‘zaro umumiy
bo‘lgan afzallik va ayrim kamchiliklarni keltirib o‘tishi.
6.
Iste’molchilar bilan muloqot chog‘ida juda ehtiyotkor bo‘lish.
7.
Turli reklama materiallari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim (displey,
varaqalar, voblerlar, bayroqchalar, marjonlar).
8.
Marketing tadqiqotlari uchun har bir iste’molchidan anketa to‘ldirib borish.
9.
O‘tkazilgan tadbirlar bo‘yicha kunlik ma’lumotlarni
firma marketing
bo‘limiga taqdim qilib borish.
10.
Savdo nuqtalari va magazin vitrinalarida tovarlarning doimiy mavjud
bo‘lishini nazorat qilib turish.
11.
Tadbirlar o‘tkazilishi davomida ish qurollari va jihozlarini toza va
buzilmagan holda saqlanishini ta’minlash.
12.
Ish joyi va kiyimlarni toza saqlash.
115
13.
Degustatsiya va sempling o‘tkazish chog‘ida tovar namunalarini kesish,
quyish va tarqatishda qat’iy tejamkorlikka amal qilish.
Degustatorga qo‘yiladigan talablar
1.
Degustator nazofat bilan kiyinishi kerak.
2.
Ust kiyimlar yorqin rangli, pastki kiyimlar to‘q rangda bo‘lishi kerak.
3.
Qo‘llar toza va tirnoqlar oddiy bezatilgan bo‘lishi kerak.
4.
Sochlar bosh kiyim bilan berkitilishi yoki bo‘lmasligi maqsadga muvofiq.
Degustatsiya vaqtida albatta maxsus kiyimda bo‘lish kerak (fartuk, kepka va ro‘mol).
5.
Ish joyida tik turgan holatda saqich chaynash,
ichimlik ichish va
ovqatlanish ta’qiqlanadi.
6.
O‘zi bilan chalg‘ituvchi buyumlar (pleer, o‘yinchoqlar, taqinchoqlar, kitob
va boshqalar).
7.
O‘z sheriklari bilan ishga taalluqli bo‘lmagan narsalar haqida
suhbatlashmaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: