7
1-BOB. KOMMUNIKATSIYA TUSHUNCHASI VA UNING TURIZM
MARKETINGIDA AHAMIYATI
Reja:
1.1. “Turizmda marketing kommunikatsiyalari” fanining predmeti,
maqsad va vazifalari
1.2. Kommunikatsiya tushunchasining mohiyati
1.3. Muloqotning turlari va shakllari
1.4. Ommaviy kommunikatsiyaning shakllari, turlari
1.1. “Turizmda marketing kommunikatsiyalari” fanining predmeti, maqsad va
vazifalari
Fanning mohiyatini yoritib berishda eng avvalo quyidagi yondashuvlarga
alohida e’tibor qaratish lozim:
An’anaviy yondashuv, ya’ni kommunikatsiya ikki yoki undan ortiq
tomonlarning ma’lum axborotlarni o‘z bilim darajasini oshirish, xabardorlikni
ta’minlash, o‘zaro xulq-atvorini o‘zgartirish maqsadida uzatilishi bo‘lib, qabul
qiluvchi va uzatuvchining vazifalari, vositalari,
funksional tuzilishi, samarali
kommunikatsiya faoliyatini tashkil etish masalalari o‘rganiladi.
Funksional
yondashuv,
yoki
kommunikatsiyaning
menejment
va
marketingning
ma’lum funksiyasi bo‘lib, uzluksiz jarayonda kuzatish,
konsepsiyalarni ishlab chiqish, nazariy farazlarning loyihasini ishlash, keng
qo‘llaniladigan ta’riflarni shakllantirish, tadqiqiy farazlarni tuzish va uni tekshirish,
tadqiqiy loyihani rejalashtirish, olingan natijalarga baho berish, boshqaruv qarorlarini
qabul qilish va nihoyat strategiyani amalga oshirish tushuniladi [23,14].
Boshqaruvga asoslangan yondashuv bo‘yicha kommunikatsiya boshqaruv
faoliyatining marketing sohasiga taalluqli bo‘lib, tijorat (harid, sotish, ayirboshlash)
operatsiyalarini amalga oshirishda har bir maqsadli auditoriya
xususiyatidan kelib
chiqqan xolda o‘z axborotlarini maxsus kodlar orqali suhbat, muloqot va majlislarni
olib borishda qo‘llash, kuzatish orqali iste’molchilarning yangi xulq-atvor
modellarini aniqlash, axborotning qabul qilinishi va eslanish samarasini
oshirish(reklama) orqali iste’molchilarga yangi tovar va xizmatlar to‘g‘risida
ishonchli ma’lumotlar berish va tashkilot mavqeini yanada oshirishda sifatida
namoyon bo‘ladi.
Bundan kelib chiqqan holda turizmda marketing kommunikatsiyalariga
quyidagicha tarif berishimiz mumkin:
1. Turizmda marketing kommunikatsiyalari – firmalarning maqsadli bozorda
marketing masalalarining yechimini topishda qo‘llaydigan marketing faoliyatining
boshqariluvchi elementlari va parametrlari majmuini o‘z ichiga olgan tizim bo‘lib,
ularning kompleks qo‘llanilishi muqobil birikma holda firmaning qo‘yilgan
marketing maqsadlariga erishish imkonini beradi.
2. Turizmda marketing kommunikatsiyalari – tovar
va xizmatlarni samarali
siljitish va sotish, turfirmaning ijobiy imidjini yaratish maqsadida ma’lum
8
axborotlarning maqsadli bozor segmentlariga iste’molchilar o‘z bilim darajasini
oshirish, ularning xabardorligini ta’minlash, xulq-atvorini o‘zgartirish maqsadida
uzatilishidir.
3. Turizmda marketing kommunikatsiyalari – maqsadli bozor segmentlariga
tovar va xizmatlar to‘g‘risida axborot uzatish jarayonidir.
4. Turizmda marketing kommunikatsiyalari – turli kommunikatsiya vositalarini
qo‘llash orqali turfirmaning marketing faoliyati samaradorligiga va strategik
maqsadlariga erishish konsepsiyasidir.
5. Turizmda marketing kommunikatsiyalari – marketing-miks elementlari
(product, price, place, promotion)ning ijobiy xususiyatlarini iste’molchilarga turistik
tovar va xizmatlarni harid qilish maqsadida namoyish qilishdir.
6. Turizmda marketing kommunikatsiyalari – strategik marketingning
vositalaridan biri bo‘lib, turfirmaning ichki va tashqi imkoniyatlarini o‘rganishga
asoslangan. Shuningdek u promotion ham bo‘lib, turistik
tovar va xizmatlarni
bozorga olib kirishni samarali tashkil etish, sotishni rag‘batlantirish va iste’molchilar
sodiqligiga erishishni ko‘zda tutadi. Shunga ko‘ra marketing kommunikatsiyalari
turmahsulot yoki uning markasi mavjudligi, ularning iste’mol xossalari, narxi va
sotilish joylari to‘g‘risida iste’molchilarga xabar beruvchi tizimdir.
7. Turizmda marketing kommunikatsiyalari – marketing axborotlarini tarqatish
kanallari va ularni baholash vositalari majmui bo‘lib, odatda reklama, direkt-
marketing, sotishni rag‘batlantirish, PR, shaxsiy sotish,
qadoqlash, brending,
ko‘rgazma va yarmarkalardan iborat.
Fanning predmeti muayyan ob’ektning tanlab olingan ma’lum jihatlari, unda
sodir bo‘layotgan turli jarayonlardir. Fanning predmeti tanlab olingan ob’ektning
barcha jihatlarini qamrab olmasdan ma’lum sohasini tizim sifatida chuqur tadqiq
etadi, ushbu soha xususiyatidan kelib chiqqan holda maqsad, vazifa, tadqiqot
yo‘nalishlari va usullarini yaratadi. Umumiy qilib olganda fanning rivojlanishi uning
predmeti rivojlanishidir. Shuningdek, fanning predmeti sifatida tanlab olingan
ob’ektning ilmiy faraz, ilmiy tafakkur natijasida yaratilgan modeli ham olib qaralishi
mumkin[23,21].
Bundan kelib chiqqan holda turizmda marketing
kommunikatsiyalari fanining
predmeti turli darajadagi turistik firmalarning tovar va xizmatlarni siljitish va sotish
bilan bog‘liq faoliyatida vujudga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, voqea
hodisalar hisoblanadi.
Mazkur fanni o‘qitishdan maqsad talabalarning turizmda marketing
kommunikatsiyasiga oid tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish, o‘zining
fikr-mulohaza, xulosalarini asosli tarzda aniq bayon etishga o‘rgatish hamda
egallangan bilimlar bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning asosiy vazifalari ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda talabalarga fan
bo‘yicha o‘qitiladigan asosiy mavzulari va ularning mohiyatini o‘zlashtirish, fanning
boshqa fanlar bilan bog‘liqligini aniqlash va bugungi sharoitda oqilona boshqaruv
qarorlarini
qabul qilish maqsadida, marketing kommunikatsiyasi sohasida chuqur
bilimlarni egallash hisoblanadi.
Shundan kelib chiqib, fanning quyidagi vazifalari belgilandi:
9
−
turizmda marketing kommunikatsiyasi tushunchasi, mazmuni, maqsadi,
turlari, jarayoni va uning funksiyalari to‘g‘risidagi nazariy bilimlarini shakllantirish;
−
reklama tushunchasi, mohiyati, maqsad va vazifalari reklama faoliyati,
turlari, tasniflanishi to‘g‘risida nazariy bilimlarini shakllantirish;
−
sotishni rag‘batlantirish tushunchasi, mohiyati, rag‘batlantirish
vositalari va
usullari to‘g‘risida nazariy bilimlarini shakllantirish;
−
marketing kommunikatsiyasida shaxsiy sotishning roli, mohiyati, shaxsiy
sotishning marketing, kommunikatsion va psixologik jixatlari to‘g‘risida nazariy
bilimlarini shakllantirish;
−
jamoatchilik bilan aloqalar, aloqalarning asosiy vositalari to‘g‘risida nazariy
bilimlarini shakllantirish;
−
brending, direkt-marketing tushunchasi, shakllari va turlari
haqida
talabalarda tasavvur hosil qilish;
−
reklamalarni tarqatish to‘g‘risidagi
qarorlarni qabul qilish, reklama
tadbirlarini rejalashtirish va tashkil qilish bo‘yicha malakalarini shakllantirish;
−
talabni shakllantirish va sotuvni rag‘batlantirish mohiyati, maqsadi,
uslublari, iste’molchini rag‘batlantirish, savdo xodimlarini rag‘batlantirish, savdo
tarmoqlarini rag‘batlantirish, ishlab chiqaruvchi firmalarni rag‘batlantirish, sotish
xizmati faoliyati strategiyasi bo‘yicha malakalarini shakllantirish;
−
brifinglar, matbuot konferensiyalari, B2B (Business-to-Business), G2B
(Government-to-Business) va B2C (Business-to-Customer) munosabatlari, SRM
texnologiyasi va ma’lumotlar bazasidan foydalanish va xayrihohlik, homiylik dasturi
bo‘yicha malakalarini shakllantirish;
Do'stlaringiz bilan baham: