34
2.3-jadval (davomi)
Passiv auditoriya(iste’molchilar), ular
axborot almashinuvida faol ishtirok
etmaydilar va axborot mazmunini o‘zlariga
moslashtirish yoki o‘zlarini boshqarishga
harakat qilayotgan axborotlarga qarshilik
qilish uchun ktarli imkoniyatlarga ega emas
Moslashuvchan
auditoriya.
Ular
axborotlarni qabul qilish bilan bir vaqtda
uni o‘ziga moslashtiradi, zarur bo‘lgan
taqdirda interaktiv aloqa vositasida o‘zlari
uchun
nafli
bo‘lgan
qo‘shimcha
axborotlarni talab etishadi
Umumiylik yoki muayyan yo‘naltirilgan
bo‘lib, o‘zaro tushunish asosida axborot
almashinuvi kuzatiladi
Kommunikatsiya sermahsul faoliyat bo‘lib,
barcha axborotlar maqsadli auditoriyaga yo
hamkorlik
uchun
yo‘naltiriladi, yoki
hamkorlikda ishlash uchun yo‘naltiriladi
Marketing faoliyatini boshqarish marketing tizimining sub’ektlariga
samarali
ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan turli vositalar va marketing elementlari(g‘oya, uslub va
usullar)siz amalga oshmaydi. Bunday vositalar to‘plami marketing-miksdir. Alohida
ta’kidlab o‘tish joizki, marketing kompleksining barcha vositalari tarkibiga oqilona
yondashilganda boshqariluvchan bo‘lib, marketing maqsadlariga erishish imkonini
beradi.
Marketing kompleksi atamasi 1960 yillarda Garvard biznes maktabi professori
N.Borden tomonidan kiritilgan bo‘lib, D. Kalliton taklif qilgan yondashuvga
asoslangan edi. Marketing kompleksi Djerom Makkarti tomonidan “4P” modeli deb
nomlandi va maxsus adabiyotlarda
tovar (product), narx (price), joylashtirish (place)
va
siljitish (promotion)
dan iborat
.
F. Kotler marketing-miksni ”Kompaniyaning
maqsadli bozorda marketing
masalalarining yechimini topishda qo‘llaydigan marketing vositalari majmuidir” deb
tariflaydi
.
Bugungi kunga kelib ushbu model klassik modelga aylangan va uni
korxonalar faoliyatida qo‘llash birmuncha cheklangan. Ammo nazariy jihatdan “4P”
modeli marketing nazariyasi va amaliyotining taraqqiy etishida sezilarli rol o‘ynagan
bo‘lsada, amaliyotda “4P” modeli korxonalarning iste’molchilar, turli vositachilar
bilan o‘zaro aloqasi, hamkorlik faoliyatining barcha jarayonlarini,
resurslarni va
faoliyat yo‘nalishlarini to‘liq qamrab olmagan. Shu bois marketing-miks elementlari
soni bugungi kunda 10 taga yetdi (“10R” modeli). Ammo ushbu elementlar o‘rtasida
hozirgacha yetarli darajada aloqadorlik mavjud emas.
Tovarlar va xizmatlar bozori uchun bugungi kunda zamonaviy marketing
konsepsiyasi xos bo‘lib, 1980 yillarda paydo bo‘ldi. Bu konsepsiya munosabatlar
marketingi deb ataladi. Ushbu konsepsiyaning asosiy maqsadi iste’molchilar,
vositachilar, davlat va jamiyat manfaatlarini o‘zaro tijorat hamda notijorat
munosabatlar orqali qondirishdan iborat. Marketing boshqaruv ob’ekti
ushbu
sub’ektlar o‘rtasidagi munosabatlar yoki kommunikatsiyalar hisoblanadi.
Munosabatlar marketingi iste’molchilar bilan uzoq muddatli aloqalarni o‘rnatish,
nafaqat hamkorlik aloqalari, balki shaxsiy, shaxslararo aloqalarni ham yo‘lga
qo‘yishni ko‘zda tutadi. Bu zamonaviy iqtisodiy munosabatlarning dolzarb
vazifalaridan biridir.
35
Axborotlashgan jamiyatga o‘tib borish bilan munosabatlar marketingi bugungi
kunda kommunikatsion marketing konsepsiyasiga aylanib ulgurdi.
Kommunikatsion marketingning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
−
marketing kompleksida kommunikatsiya funksiyasining ustuvorligi;
−
iste’molchilarning tovarga uzoq muddatli yo‘naltirilganligi;
−
firma va tovar brendini yaratish orqali kompaniyaning tashqi ta’sirlarga
barqarorligini ta’minlash;
−
brendni
boshqarishga
qaratilgan
funksional
boshqaruv
tuzilmasini
shakllantirish(brending);
−
marketing faoliyati davomida tashqi muhit sub’ektlari
bilan hamkorlikni
kuchaytirish;
−
marketing faoliyatining barcha jabhalarida kommunikatsion tahlil va auditni
o‘tkazish.
Marketing konsepsiyalarida kommunikatsiyaning roli muntazam ravishda
o‘zgarib, takomillashib bormoqda (2.4-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: