134
5.3. Firmada shaxsiy sotishni tashkil qilish
Odatda bunday sxema bo‘yicha oddiy turistik firmalar sotish faoliyatini amalga
oshiradilar. Ular asosan o‘zlari ishlab chiqqan turlarni turistlarga sotishni ko‘zda
tutishadi. Ammo sotishning bunday sxemasi turistik firmalarga kutilgan
muvaffaqiyatni keltirmaydi. Shu bois ular sotish faoliyatini ko‘pincha turistik
agentlar xizmati orqali uyg‘unlashtiradilar. Turmahsulotni sotishning bunday sxemasi
tor mijozlar bazasiga ega firmalar uchun xos (5.5-rasm)
5.5-rasm. Turistik mahsulotni sotishning 1-sxemasi
Sotish hajmi yirik bo‘lgan turoperatorlar va turistik
firmalar odatda bir necha
turdagi va turli turistik firmalarning mahsulotlarini sotishda ishtirok etadilar. Shu bois
ular bir nechta turagentliklarni o‘zida birlashtiradi. Turagentlar o‘z navbatida ko‘p
sonli (odatda 1000 nafardan ortiq) mijozlarni jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar
(5.6-rasm).
5.6-rasm. Turistik mahsulotni sotish 2-sxemasi
Yirik turoperatorlar ko‘p sonli mijozlar bazasiga va potensial ijozlarga ega
bo‘ladilar. Shaxsiy sotishning samaradorligini oshirish uchun ular odatda sotish
Reseptiv
turoperator
Turist
Reseptiv
turoperator
turagent
Turist
135
faoliyatini yirik agentlik tarmog‘iga aylantiradilar. Bunda turagentlar bilan bir vaqtda
tashabbuskor agentliklar ham ishtirok etadi.
Turmahsulotlarni sotishning jahon amaliyotida turoperatorlar, qabul qiluvchilar
va tashabbuskor agentlik(yo‘naltiruvchilar) o‘rtasidagi shartnoma munosabatlari
muhim rol o‘ynaydi. Bunday turoperatorlar tarmog‘i bir nechta hudud yoki
mamlakatda joylashgan bo‘lishi ham mumkin. Ammo ularda ulgurji turoperatorlar va
ulgurji turagentlar o‘rtasidagi chegarani aniqlash muammosi paydo bo‘ladi.
Bunda
ular turistik mahsulotni qayta sotadilar va buning evaziga mukofot, ustama
ko‘rinishida daromad oladilar. Mamlakatimizdagi aksariyat turistik firmalar o‘zlarini
turoperator deb hisoblashadilar.
Aksincha, ularning ko‘pchiligi ulgurji agentlik va
tashabbuskor turoperatorlardir. Reseptiv turopereyting qabul qiluvchi operatorlar
hisoblanib, turistlarga xizmat ko‘rsatish maqsadida turlar
va sayohat dasturlarini
rejalashtiradi, yirik ta’minotchilar (mehmonxona, kurortlar, sanatoriyalar,
ommaviy
ovqatlanish korxonalari) bilan shartnomalar tuzishadi. Reseptiv turoperator va
tashabbuskor turoperator (yo‘naltiruvchi) o‘rtasida mavsumda yoki muayyan vaqt
oralig‘ida ta’minotchilardan joylarni ijaraga olish
yoki foydalanish uchun
shartnomalar tuziladi. Keyinchalik esa ularni turmahsulot sifatida sotish uchun
turagentlarga yo‘naltiradi (5.7-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: