Ochiq va berk sikllar bo‘yicha rostlash.
Tizimning ish jarayonida
rostlanadigan miqdorni belgilangan chegarada saqlash yoki topshiriqdagi qonun
bo‘yicha o‘zgartirish rostlanishning ochiq yoki berk sikllari bo‘yicha bajarilish
mumkin. Ketma-ket ulangan: boshkarish ob’ekti BO, rostlanuvchi organ RO,
rostlagich R va topshirgich T (bu qurilma yordamida tizimga topshiruvchi ta’sir
x(t)
beriladi) dan tuzilgan tizimni ko‘rib chiqamiz.
Ochiq sikl (3 - rasm, a) bo‘yicha rostlashda topshirgichdan rostlagichga
keladigan topshiruvchi ta’sir ob’ektga bu ta’sir natijasining funksiyasi bo‘lmaydi,
balki u operator tomonidan topshiriladi. Topshiruvchi ta’sirning ma’lum qiymatiga
rostlanadigan miqdor
y(t)
ning ma’lum joriy qiymati mos keladi. Bu joriy qiymat
g‘alayonlantiruvchi ta’sir
F(t)
ga bog‘liq.
Ochiq tizim aslida uzatish zanjiridan iborat bo‘lib, topshirgichdan berilgan
topshiruvchi ta’sir
x(t)
rostlagichda ichki ta’sirlar
Z
1
(t); Z
2
(t)
vositasida
kerakligicha ishlagandan keyin rostlsh ob’ektiga uzatiladi, ammo ob’ekt
rostlagichga teskari ta’sir etmaydi.
2.3,a -rasm. Ochiq (a) sikl buyicha rostlash sxemaci
36
2.3,b-rasm. Berk sikl buyicha rostlash sxemasi:
T - topshirgich; R– rostlagich; RO – rostlovchi organ; BO- rostlash
ob’ekti; x(t) - topshiruvchi ta’sir; Z
1
(t) va Z
2
(t) – ichki rostlovchi ta’sir; y(t) –
rostlanadigan miqdor; F(t) - g‘alayonlantiruvchi ta’sir.
2.2.
Avtomatlashtirish tizimlarining elementlari
Har qanday avtomatlashtirish tizimi o‘zaro bog‘langan alohida
elementlardan iborat. Avtomatlashtirish tizimining bir qismi avtomatika elementi
deb ataladi. Avtomatikaning bunday qismida fizikaviy miqdorni sifat yoki son
jihatdan o‘zgartirish, shuningdek, o‘zgartirilgan ta’sirni oldingi element-dan
navbatdagi elementga uzatish ro‘y beradi. Avtomatlashtirish tizimining qanday
asosiy elementlardan tashkil topganini va bu elementlar vazifasini ko‘rib chiqamiz.
Asosiy elementlar, sezgir elementlar - datchiklar, o‘zgartkichlar, taqqoslash
elementlari, kuchaytirgichlar, ijrochi mexanizmlar (elementlari), rostlash
ob’ektlari, korrektlovchi elementlar va sozlash elementlaridan iborat. Qushimcha
ravishda buyruk apparatlar,himoya apparatlari va kontrol-o‘lchash asboblari
ishlatilishi mumkin.
Datchiklar rostlash ob’ektining chiqish (rostlanadigan) miqdorlarni
o‘lchaydi va zarur bo‘lganda, o‘lchangan bir turdagi fizikaviy miqdorni boshqa
fizikaviy miqdorga (masalan, haroratlar farqini elektrik kuchlanishga, bosimlar
farqini elektrik qarshiliklar farqiga va hokazolarga) o‘zgartirishi mumkin.
O‘zgartkichlar signallarni bir turdan boshqa turga (masalan, o‘zgaruvchan
tokni o‘zgarmas tokka, biror chastotali o‘zgaruvchan tokni boshqa chastotali
37
o‘zgaruvchan tokka va hokazo) o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan. Avtomatik
rostlash tizimlarida o‘zgartkichlar ko‘pincha bo‘lmaydi.
Taqqoslash elementlari topshiruvchi ta’sir x(t) bilan rostlanuvchi miqdor
y(t) ni taqqoslash uchun muljallangan. Taqqoslash elementining chiqishida
olinadigan farq
(t)= x(t) - y(t) ta’sir zanjiri bo‘ylab ijrochi mexanizmga bevosita
yoki kuchaytirgich orqali uzatiladi. Ko‘pchilik avtomatlashtirish tizimlarida
taqqoslash elementlarining o‘zi bo‘lmaydi, ular boshqa qurilmalarning qismlari
sifatida ishlatiladi (masalan, elektro mashinali kuchaytirgichda uning magnitli
tizimi ikkita chulg‘amning magnit maydonlarini taqqoslab, taqqoslash elementi
vazifasi o‘tashi mumkin).
Kuchaytirgichlar avtomatlashtirish tizmlarida topshiruvchi ta’sir x(t)
ni, yoki bu ta’sirlar rostlagichning normal ishlashiga yetarli bo‘lmaganda farq
(t)
ni kuchaytirish uchun xizmat qiladi.
Xozirgi kunda magnitli, elektromashinali, elektron, yarim o‘tkazgichli va
boshqa kuchaytirgichlar keng ko‘lamda ishlatilmoqda.
Ijro mexanizmlari rostlanuvchi miqdorlarni talab etilgan yo‘nalishda
o‘zgartirish yoki ularni topshiriqdagi chegarada saqlash uchun mo‘ljallangan. Ijro
mexanizmining tuzilishi uning qanday ob’ekt uchun qo‘llanilishiga bog‘liq.
Masalan, haroratni rostlash zarur bo‘lgan ob’ektlar uchun ijro mexanizm
yaratishda ventilyatorni aylantiruvchi motor va hakozolar bajaradi.
Rostlash ob’ektlari, ma’lum texnologik uskuna, qurilma (muhit) bo‘lib, ularda
sodir bo‘ladigan jarayon ko‘rsatgichlarini - rostlanadigan miqdorlarni topshiriqdagi
chegarada saqlash yoki topshiriqdagi yo‘nalishda o‘zgartirish zarur. Masalan,
suvning satxi , sarfi , havoning namligi, harorati va hokazolar o‘zgarmas saqlanadi.
Sozlash elementlari avtomatlashtirish tizimi topshiruvchi ta’sirlar x(t)
beruvchi qurilmadan iborat. Cozlash elementlari sifatida potensiometrlar,
transformatorlar, aylanuvchi selsinlar va hokazolar ishlatiladi.
Korrektlovchi elementlar avtomatlash tizimlarida umuman ART ning va
uning alohida elementlarning rostlash xususiyatlarini yaxshilash uchun
mo‘ljallanadi.
38
Boshqarish apparatlari va himoya elementlari ART ga turli ta’sir hamda
buyruqlar berish, shuningdek, avariya rejimlarida tizimini himoyalash uchun
ishlatiladi. Buyruq va ta’sirlar tugmalar, buyruq apparatlar, almashlab ulagichlar,
so‘nggi uzgichlar va boshqalar orqali beriladi. Himoya elementlari vazifasini
issiqlik relelari, eruvchi saqlagichlar, avtomatlar, maksimal tok relelari va
boshqalar bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |