1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

Tashqi reklama. 
Reklamaning eng qadimgi shakli bo‘lib, bugungi kunda ham 
o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Tashqi reklamaning asosiy funksiyasi OAV tarqatilgan 
reklamani to‘ldirish va mustahkamlashga yordam berishdir. Tashqi reklama kishilar 
bilan
 
yuzma-yuz to‘qnash kelganligi bois, millionlab auditoriyaga mo‘ljallangan. 
Tashqi reklama – bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maksadida 


70 
yuridik yoki jismoniy shaxslar, mahsulot, shu jumladan tovar belgisi, xizmat 
ko‘rsatish belgisi va texnologiyalar to‘g‘risida har qanday shaklda va har qanday 
vositalar yordamida qonun hujjatlari bo‘yicha tarqatiladigan maxsus axborotdir. 
Tashqi reklamaga alohida maxsus konstruksiyalarda, taxtalavhalarda, ekranlarda, 
binolarda, inshootlarda, yo‘l chekkalarida, ko‘cha yoritgichlarining tayanchlari va 
hokazolarda joylashtiriladigan reklama kiradi.
Tashqi reklamani joylashtirish tartibi mahalliy davlat hokimiyati organlari 
tomonidan o‘z vakolatlari doirasida belgilanadi. 
Muayyan shaxs egallab turgan binoning tashqi tomonida, binoga kirish joyida 
shu shaxs to‘g‘risida joylashtirilgan yoki mazkur shaxsning mahsuloti haqida shu 
bino vitrinasidagi axborot (peshlavha) reklama hisoblanmaydi va buning uchun 
mahalliy davlat hokimiyati organlarining ruxsatini olish talab etilmaydi. Tashqi 
reklamani ko‘cha yoritgichlarining tayanchlarida hamda ko‘cha va yo‘llar qatnov 
qismi uzra joylashtirish xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilgan holda va yo‘l 
belgilari, svetoforlar, chorrahalar, piyodalarning o‘tish joylari, umum foydalanishdagi 
transport vositalari bekatlarini to‘sib qo‘ymagan holda, shuningdek bunday reklama 
yo‘l belgilari va tasvirini takrorlamagan (yoki aynan taqlid qilmagan) taqdirda 
amalga oshiriladi. Xorijiy mamlakatlarda tashqi reklama boshqa reklama vositalariga 
nisbatan sezilarli ahamiyatga ega. Tashqi reklama vositalariga ko‘cha reklamasi, 
transport reklamasi va yorug‘lik reklamasini kiritishimiz mumkin. 
Tashqi reklamaning imkoniyatlari birmuncha cheklangan. Shu bois u tovar va 
xizmatlar, firmalar to‘g‘risida iste’molchilarga eslatib turadi holos. Bunday 
reklamaning murakkab jihati kishilar uni bir ko‘rishdayoq g‘oyasini anglashidir. 
Tashqi reklamalar AQSH, Yaponiya, Xitoy, Yaponiya, Italiya, Belgiya, Fransiya kabi 
mamlakatlarda asosiy o‘rinda turadi va shahar me’morchiligi bilan o‘zaro 
uyg‘unlashib ketgan. 
Ko‘cha reklamasi – 
turli tasviriy vositalar yordamida amalga oshiriladigan 
reklama bo‘lib odatda plakatlar, afishalar, shit va ko‘cha transparantlari orqali 
tarqatiladi. 
Transport reklamasi
– bu turli transport vositalarining ichki va tashqi 
qismlaridagi reklama plakatlaridir. 
Yorug‘lik reklamasi – 
yorug‘lik belgilari yoki yozuvlardan iborat bo‘lib, 
maxsus yoritgichlar yoki harakatlanuvchi yorug‘lik effektaliradn iborat bo‘ladi. 
Tashqi reklama vositalariga quyidagi talablar qo‘yiladi: 

 
tez-tez ko‘zga chalinishi; 

 
kishilarni o‘ziga jalb qilishi; 

 
qisqa bo‘lishi; 

 
tushunarli bo‘lishi; 

 
harakatlanish chog‘ida tez o‘qish mumkinligi. 
Tashqi reklama vositalari quyidagi belgilariga ko‘ra tasniflanadi: 
1.
Vujudga kelishiga ko‘ra: 

an’anaviy vositalar; 

noan’anaviy vositalar. 
2.
Yoritilish xususiyatiga ko‘ra: 


71 

yoritiladigan; 

yoritilmaydigan. 
3.
Konstruksiyasiga ko‘ra: 

harakatlanmaydigan; 

harakatlanadigan. 
4.
Foydalanish muddatiga ko‘ra: 

statsionar vositalar; 

vaqtinchalik vositalar. 
Tashqi reklamaning texnikaviy vositalari bitta tomoni axborot yuzasining 
maydoni bo‘yicha quyidagi formatlarga bo‘linadi: 

 
kichik format (5 kv. metrgacha); 

 
o‘rta format (5 dan 10 kv. metrgacha); 

 
katta format (10 dan 18 kv. metrgacha); 

 
o‘ta katta format (18 kv. metrdan katta). 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish