1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

 
 
Nazorat uchun savollari 
1.
Kommunikatsion marketingning asosiy tamoyillari qaysilar? 
2.
Marketing kompleksi nima? 
3.
“4P” modelining mohiyati nimadan iborat? 
4.
Munosabatlar marketingi nima? 
5.
Marketing kommunikatsiyasi tizimi nima? 
6.
Marketing kommunikatsiyasi qanday tuzilgan? 
7.
Marketing kommunikatsiyasi elementlar qaysilar? 
8.
Ommaviy va shaxsiy kanallarga nimalar kiradi? 
9.
Marketing kommunikatsiyasi vositalariga nimalar kiradi? 
 
 


47 
 
3-BOB. MARKETING KOMMUNIKATSIYASIDA REKLAMA
Reja: 
3.1. Reklama tushunchasi, uning mohiyati, maqsadi, vazifalari va 
funksiyalari
3.2. Reklamaning turlari va vositalari 
3.3. Reklama samaradorligini aniqlashning zamonaviy uslublari 
 
 
 
3.1. Reklama tushunchasi, mohiyati, maqsadi, vazifalari va funksiyalari
 
Oxirgi yillarda jahon bozorida mahsulot ishlab chiqaruvchilar va xizmat 
ko‘rsatuvchilarning ijtimoiy obro‘ - e’tibori, ayniqsa eksportga mo‘ljallangan 
mahsulot va xizmatlar tashviqotiga talab sezilarli darajada oshdi. Raqobatchi 
mahsulotlar o‘rtasidagi jismoniy va texnologik farqlarning yo‘qolishga olib keldi. 
Haridor yetkazib beruvchining nufuzini shakllantiradigan uddaburonlik, ishonchlilik, 
ishchanlik va boshqa moddiy bo‘lmagan omillarga ko‘proq ahamiyat bera boshladi. 
Shuning 
uchun 
mahsulotlarni 
sotish, 
ayniqsa 
ommaviy 
so‘rovlarni 
tashkillashtirishning zamonaviy sharoitida reklama mahsulot haqidagi ma’lumot 
bilangina cheklanib qolmaydi. Buyum va xizmatlar reklamasi iste’molchilarga 
samarali ta’sir qilish va uni ijobiy qabul qilinishi uchun sharoit yaratiladi, ya’ni 
reklama taklifining nufuzi oldindan ta’minlanadi.
Obro‘-e’tibor institutsional (mamlakat), korporativ (firma) va mahsulot 
darajasidagi reklama tadbirlarida shakllanadi. Nufuzli reklama tadbirlari asosan 
mamlakat, tarmoq, firma va uning mahsulotlariga nisbatan jamoatchilikning ijobiy 
munosabatini, ya’ni ijtimoiy obro‘-e’tiborni qozonishga yo‘naltirilgan PRning 
reklama tadbirlari orqali amalga oshiriladi. Firma tomonidan ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlarning sifati va texnik darajasi obro‘-e’tiborning eng muhim omillari bo‘lib, 
korporativ nufuzli reklama ma’lumotlarini vujudga keltirishda eng ahamiyatli asos 
sifatida qo‘llaniladi. Firmaning yuqori obro‘si - ishlab chiqarish va mahsulotlarni 
sotishda uning yetakchi holati haqidagi ma’lumotlar asosida yaratiladi va bu 
zamonaviy texnologiyalarni loyihalashtirish va amalga oshirish, ayniqsa, yagona va 
murakkab tadqiqotlar, hamda o‘ziga xos malakani talab qiladi. 
Reklama
- atamasi lotincha “reklamare”- “qichqirmoq yoki xabar qilmoq” 
so‘zidan kelib chiqqan (qadimgi Yunoniston va Rimda e’lonlar qattiq qichqirib e’lon 
qilinar yoki xalq to‘planadigan maydonlar va boshqa joylarda o‘qib berilardi). 
Shuningdek, Qadimgi Vavilonda ham qochib ketgan qullar to‘g‘risidagi e’lonlar 
mavjud bo‘lib, bu ham ma’lum ma’noda reklama elementlarini o‘z ichiga olgan 
desak xato bo‘lmaydi [16,13]. 
Reklama ilmiy nuqtai nazardan tadqiq qilinar ekan, nazariyachilar uning 
tarixini turli voqea-hodisalar bilan bog‘laydilar. Ko‘pchilik tarixchilar reklamaning 
axborot tashuvchi vosita sifatidagi qo‘llanilishi qadimgi sivilizatsiyalarda 
boshlangan, deb hisoblashadi. Sopol, yog‘och yoki toshdagi yozuvlar, ko‘chalardagi 


48 
peshlavhalar reklamaning ilk shakllari edi. Chunki qadimda ko‘pchilik kishilar 
o‘qish, yozishni bilmas, reklama bevosita belgi yoki buyum ko‘rinishida amalga 
oshirilardi, Masalan, poyafzal ustaxonasida biror bir oyoq kiyimi osib qo‘yilardi. 
E’tibor bersak, bunday “ibtidoiy usul”lar hali-hanuz ayrim joylarda (do‘kon, 
ustaxona, shaxobchalarda) ko‘zga tashlanadi. Qadimda buyumlarga ma’lumotlarning 
turli belgilari qo‘yilgan. Kulolchilik buyumlariga hattotlar reklamaga xizmat qiluvchi 
shakllarni ko‘chirgan. Bu hol takomillashib, hozirgi kunda reklama muayyan sohaga 
aylanib ketgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Reklama haqidagi yozma manbalar qadimgi Shumer, Qadimgi Misr 
papiruslarida uchraydi. Bizgacha yetib kelgan Qadimgi Yunoniston reklamalaridan 
birida shunday deyilgan: “ko‘zlar doimo chaqnab turishi, yonoqlar alvon kabi 
tovlanib turishi va qizlar go‘zalligi doimo saqlanib turishi uchun, aqlli ayollar 
Eksliptosdan qulay narxlarda atir-upa sotib oladi”. 
Marketing fanining taraqqiy etishiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shgan P. 
Druker ham fanning paydo bo‘lishi bizning zamonamizga tegishli emasligini 
bildirgan. P. Druker barchaning diqqatini Bibliyaga qaratadi. Injilda keltirilishicha, 
ilon Momo Havoga jannatdagi mo‘’jizali daraxt mevasini tatib ko‘rishni taklif etadi 
“...uning(jannatda o‘suvchi mevali daraxt) mevasini tatib ko‘rgan kuningiz sizlarning 
ko‘zlaringiz “ochiladi” va sizlar xudolar kabi yaxshi yomonni ajrata oladigan 
bo‘lasizlar” [7,6]. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish