1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

1. Axborot berish:
– jamiyat va dunyodagi voqealar to‘g‘risida axborot bilan ta’minlash; 
– hukumat bilan munosabatlar to‘g‘risida ogohlantirish; 
– yangilanish, moslashish va taraqqiyotni yengillashtirish; 
2. Korrelyatsiya qilish (ya’ni, voqealarni o‘zaro bog‘lash): 
– voqea va axborotlarning ma’nosini tushuntirish, izohlash va sharhlash;
– mavjud hokimiyat va me’yorlarning qo‘llab-quvatlanishini ta’minlash; 
– ijtimoiylashtirish; 


27 
– faoliyatning turli shakllarini koordinatsiyalash; 
– konsensusga erishish; 
– ustunlikni o‘rnatish va tegishlilik maqomi to‘g‘risida ogohlantirish; 
3. Vorislilikni ta’minlash: 
– hukmronlik qilayotgan madaniyatni ifoda etish va shaxslar madaniyatini va 
yangi madaniy oqimlarni tan olish; 
– umumiy qadriyatlarni shakllantirish va qo‘llab-quvvatlash; 
4. Ko‘ngil ochish: 
– ko‘ngil ochishni, asosiy ishdan chalg‘itishni, bo‘shashtirish vositalarini 
ta’minlash; 
– jamiyatdagi tanglikni kamaytirish; 
5. Safarbar qilish: 
– ijtimoiy maqsadda siyosat, urush, iqtisodiy taraqqiyotva inqiroz, bandlik va 
boshqa sohasiga tegishli tadbirlarni o‘tkazish. 
Bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning barcha sohalarida Internet 
imkoniyatlaridan samarali foydalanilmoqda va buning asosiy sababini elektron tijorat 
deb atashmoqda. Yangi texnologiyalarning ta’siri ostida bizning davrimizda o‘zini 
yanada yorqinroq namoyon etayotgan, kommunikatsiya sohasidagi tendensiyalar 
orasida, 
ko‘pincha 
globallashuv, 
ommasizlantirish, 
konglomeratsiya 
va 
konvergensiya tendensiyalarini ajratib ko‘rsatishadi.
Globallashuv.
Yangi kommunikatsiya asrida milliy chegaralar o‘zining 
ahamiyatini butunlay yo‘qotadi. Agar ko‘pchilik ommaviy kommunikatsiya 
vositalarining faoliyati ilgari mamlakat chegaralari bilan cheklangan bo‘lsa, endilikda 
odamlar butun dunyo doirasidagi zamon va makonni chinakamiga egalladilar. Yangi 
axborot texnologiyalari shaxslar va institutlarga katta ta’sir ko‘rsatadi, yirik 
kompaniyalar kommunikatsiya mazmunining asosiy qismini nazorat qiladi. Bu esa 
yangi ommaviy axborot vositalari mahsulotlarining xalqaro bozorlarga kirish ancha 
oson bo‘ldi. Yangi ommaviy axborot vositalarining globallashuvi, shubhasiz, katta 
hajmdagi axborotga va ko‘ngil ochar dasturlarga yo‘l ochib bergan holda, insonlarga 
foyda keltiradi. OAV tashkilotlari esa o‘zlarining, ommaviy va maqsadli 
auditoriyalarini o‘stirish imkoniyatiga, va shunday qilib korporatsiyaning foydasini 
ham ko‘paytirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu hodisa, 1960 yillarda Maklyuen 
bashorat qilgan “global qishloqning” ayni o‘zidir[33,18]. “Global qishloq” 
g‘oyasining amalga oshirilishini tasdiqlovchi yaqqol misol – buni har bir xabar 
vaqtning o‘zida yer sharining barcha burchagiga yetkazilayotganligidir. Xalqaro 
mehmonxona yoki uzoq qishloq bo‘lishidan qat’iy nazar, Si-en-en (CNN)ning 
yo‘ldoshli kanali hamma yerda mavjuddir. Dunyoda yangiliklar, axborotlar, ko‘ngil 
ochar dasturlar va fikr-mulohazalarni eshittiruvchi, uzatuvchi, xalqaro yo‘ldoshli 
xizmatlarga kirish huquqi bo‘lmagan birorta uyushma yo‘q. MTV musiqiy dasturini 
Toshkentda, Moskvada, Santyagoda, Gonkongda va boshqa joylarda tomosha 
qiladilar, bu hodisa bir necha yil oldin mo‘jiza bo‘lib tuyulishi mumkin edi. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish