1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/91
Sana23.05.2022
Hajmi1,54 Mb.
#608330
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   91
Bog'liq
amir tenur pdf

muqaddam ko‘rardi. Ularning har birini o‘z martabasiga qo‘yib, izzatu ikromini 
unga izhor qilardi
». 
Amir Temur saroyida ko‘plab ilm-ma’rifat allomalari Mavlono Abdujabbor 
Xorazmiy, Mavlono Shamsuddin Munshiy, Mavlono Abdullo Lison, Mavlono 
Badriddin Ahmad, Mavlono Nu’moniddin Xorazmiy, Xoja Afzal, Mavlono Alouddin 


-131- 
Koshiy, Jalol Xokiylar Sohibqironning marhamatidan bahramand bo‘lib, uning 
xizmatida bo‘ldilar. Amir Temur ilm-fanning riyoziyot, handasa, me’morchilik, 
falakiyot, adabiyot, tarix, musiqa kabi sohalari ravnaqiga katta e’tibor berib, sohibi 
hunarlar bilan qilgan suhbatlari haqida fransuz olimi Lyangle shunday yozadi: 
«
Temur olimlarga seriltifot edi. Bilimdonligi bilan bir qatorda sofdilligini ko‘rgan 
kishilarga ishonch bildirardi. U tarixchilar, faylasuflar, shuningdek, ilm-fan, idora 
va boshqa ishlarda iste’dodli bo‘lgan barcha kishilar bilan suhbatlashish uchun 
ko‘pincha taxtdan tushib, ularning yoniga kelardi. Chunki Temur bu sohalarga 
g‘amxo‘rlik kilishga asosiy e’tiborini berardi
». 
Amir Temurning zamondoshi muarrix Hofizi Abru yozishicha: “
...hazrat 
Sohibqiron Amir Temurning humoyun va saodatli ayyomida Movarounnahr yer yuzi 
mamlakatlarining poytaxtiga aylandi. Jahonning turli joylaridan olimu fuzalolar
muhandislar va hunarmandlar bu yerga oqib kelib, yashab ijod eta boshladi
”[3,59]. 
Aytib o‘tish joizki, azaldan olimu fuzalolar va hunarmand odamlar (ijodkor va 
bunyodkorlar) ijod qilish uchun qaerda qulay sharoit bo‘lsa, shu tomonga talpinib 
yashagan. “
Amir Temur jamiyat va davlat taraqqiyotini, kelajagini fan va madaniyat 
ravnaqisiz tasavvur qilib bo‘lmasligini yaxshi tushungan. Shuning uchun iste’dod 
egalari maxsus va doimiy e’tiborga muhtoj va loyiq bo‘lishlari, noyob qobiliyat 
egalarini muhofaza qilish, ijodlari uchun sharoit yaratish, turmushlarini ta’minlash 
zarurligini ham u to‘g‘ri anglagan
”[4,197]. 
Fransuz olimi Lyangle ham Amir Temurning ilm-ma’rifat allomalariga, sohibi 
hunarmandlarga qanchalik hurmat bilan munosabatda bo‘lganligi to‘g‘risida shunday 
deydi: «
Temur olimlarga seriltifot edi. Bilimdonligi bilan bir qatorda sofdilligini 
ko‘rgan kishilarga ishonch bildirardi. U tarixchilar, faylasuflar, shuningdek, ilm-fan, 
idora va boshqa ishlarda iste’dodli bo‘lgan barcha kishilar bilan suhbatlashish 
uchun ko‘pincha taxtdan tushib, ularning yoniga kelardi. Negaki, Temur bu 
sohalarga g‘amxo‘rlik qilishga asosiy e’tiborini berardi
». 
Bundan tashqari, Sohibqiron davlat va jamiyat boshqaruvidagi faoliyatini ilm 
ahlining ma’naviy ko‘magiga tayangan holda olib borgan. U olimu ulamolarga 


-132- 
yuksak ishonch bildirib, qudratli davlat barpo etishda ularning beqiyos o‘rni borligini 
alohida ta’kidlab o‘tgan. Amir Temur hazratlari qaysi mamlakatni fath etsa, shu 
yerlik ijodkor ahlini izlab toptirib, ularni ham moddiy, ham ma’naviy tomondan 
qo‘llab-quvvatlagan. Izzat-hurmatini o‘z o‘rniga qo‘ygan. «Temur tuzuklari»da bu 
borada shunday deyiladi: «
Sayyidlar, ulamo, mashoyix, oqil va dono kishilar, 
muhaddislar va tarixshunoslarni sara va e’tiborli kishilar deb hisoblab, hurmat-
izzatlarini o‘rniga qo‘ydim... Olimlar bilan suhbatda bo‘ldim va pok niyatli, toza 
qalbli kishilarga talpinib yashadim
». 
Darhaqiqat, biz yashagan zamin Sohibqiron Amir Temur davrida ham, bugungi 
kunda ham ham ko‘pchilikning havasini keltirayotgani rost. Eng asosiysi, raiyat deb 
atalmish xalq rozi bo‘lgan. Shuning uchun ham Amir Temur hukmronligi davrida 
xalq tinch, osoyishta va farovon turmush kechirgan. Bu Sohibqironning doimo xalq 
g‘amida, uning manfaati yo‘lida faoliyat yurgizganligidan, raiyat ahvolidan doimo 
xabardor bo‘lganidan dalolat beradi. 
«Temur tuzuklari»da yozilganidek: «
Raiyat ahvolidan ogoh bo‘ldim. 
Ulug‘larini ota qatorida, kichiklarini farzand o‘rnida ko‘rdim. Har yerning tabiati, 
har el-yurt va shaharning rasmu odatlari va mizojidan voqif bo‘lib turdim. Har bir 
yurt va shahar aholisining ulug‘lari bilan do‘st tutindim. Ularning mizojlari va 
tabiatiga to‘g‘ri kelgan, o‘zlari tilagan odamlarini ularga hokim qilib tayinladim
». 
Ma’lumki, saxovatpeshalik, mehr-muruvvatlilik, fuqaroning turmushi va hol 
ahvolidan xabardor bo‘lish faqat buyuk davlat arboblariga xos bo‘lgan fazilatdir. 
Amir Temur hazratlariga xos bo‘lgan ushbu fazilat bugungi kunda mamlakatimizda 
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan siyosatda o‘z aksini 
topmoqda. 
Darhaqiqat, yurtboshimiz yordam va ko‘makka muhtoj insonlarni har 
tomonlama qo‘llab-quvvatlash, hech kimni e’tibordan chetda qoldirmaslik, ijtimoiy 
hayotda mehr-muruvvat, saxovat va o‘zaro yordam masalalariga alohida ahamiyat 
berib kelmoqda. 


-133- 
Albatta, amalga oshirilayotgan bu ezgu ishlarning pirovard maqsadi xalqni rozi 
qilishga, uning og‘irini yengil qilishga qaratilgan. Buni quyidagi so‘zlardan ham 
anglab olish mumkin: «
Hammamizni tarbiyalagan, voyaga yetkazgan – shu xalq. 
Barchamizga tuz-nasiba bergan ham shu xalq. Bizga ishonch bildirgan, rahbar qilib 
saylagan ham shu xalq. Shunday ekan, biz birinchi navbatda kim bilan muloqot 
qilishimiz kerak, odamlarimiz bilan. Kim bilan bamaslahat ish tutishimiz kerak, 
avvalo xalqimiz bilan. Shunda xalqimiz bizdan rozi bo‘ladi. Xalq rozi bo‘lsa, 
ishimizda unum va baraka bo‘ladi. Xalq bizdan rozi bo‘lsa, Yaratgan ham bizdan 
rozi bo‘ladi
». 
Xulosa qilib aytganda, Sohibqiron Amir Temur milliy davlatchiligimiz tarixida 
nafaqat yetti iqlim sultoni sifatida, balki yurt obodonchiligi va xalq farovonligi 
yo‘lida bor kuch-g‘ayratini safarbar etgan buyuk davlat arbobi sifatida qoladi. Amir 
Temurdek tabarruk zotlar haqida, ul ulug‘ inson yaratgan buyuk ishlar, bizlarga 
qoldirgan buyuk meros abadul abad o‘zligimizni anglashga xizmat qilaveradi, ulug‘ 
ajdodlarimizni o‘qib o‘rgansak ular bizga shunchalik pok ruhiy madad, yuksak 
ma’naviyatni ato etaveradi.
Buyuk ajdodlarimizning betakror va noyob ilmiy-ma’naviy merosi biz uchun 
doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak. “
O‘zligimizni anglab, buyuk 
tariximizni yoshlarga tushuntirsak, ilm-ma’rifatni rivojlantirsak, hech qachon kam 
bo‘lmaymiz. Yoshlarimiz haqli ravishda Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni 
zimmasiga olishga qodir bo‘lgan, bugungi va ertangi kunimizning hal etuvchi 
kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi
[1,146]”.

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish