1 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 2,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/111
Sana16.04.2022
Hajmi2,45 Mb.
#556592
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   111
Bog'liq
Kadrlar xizmatida ish yuritish -2018

asoslari va tartibi 
Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati 
tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham ish beruvchining tashabbusi 
bilan bekor qilish asosli bo‘lishi shart. 
Quyidagi sabablardan birining mavjudligi mehnat shartnomasini bekor 
qilishning asosli ekanligini bildiradi: 
1) texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi 
o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan 
ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi;
2) xodimning malakasi etarli bo‘lmaganligi yoki sog‘lig‘i holatiga ko‘ra 
bajarayotgan ishiga noloyiq bo‘lib qolishi; 
3) xodimning o‘z mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganligi.
Avval mehnat vazifalarini buzganligi uchun xodim intizomiy yoki moddiy 
javobgarlikka tortilgan yoxud unga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va 
boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta‘sir choralari qo‘llanilgan kundan 
e‘tiboran bir yil mobaynida xodim tomonidan takroran intizomga xilof nojo‘ya 
harakat sodir qilinishi mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzish hisoblanadi; 
4) xodimning o‘z mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi. 


154 
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi 
mumkin bo‘lgan mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzishlarning 
ro‘yhati: 
ichki mehnat tartibi qoidalari; 
korxona mulkdori bilan korxona rahbari o‘rtasida tuzilgan mehnat 
shartnomasi; 
ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan qo‘llaniladigan intizom haqidagi nizom 
va ustavlar bilan belgilanadi. 
Xodimning o‘z mehnat vazifalarini buzishi qo‘pol tusga egaligi yoki ega 
emasligi har bir muayyan holda sodir qilingan nojo‘ya harakatning og‘ir-
engilligiga hamda bunday buzish tufayli kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin 
bo‘lgan oqibatlarga qarab hal etiladi; 
5) o‘rindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa xodimning ishga qabul qilinishi 
munosabati bilan, shuningdek mehnat shartlariga ko‘ra o‘rindoshlik ishi 
cheklanishi sababli o‘rindoshlar bilan mehnat shartnomasining bekor qilinganligi;
6) korxona rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada 
bosh buxgalter lavozimi bo‘lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga 
oshiruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mulkdorning almashishi 
sababli bekor qilinganligi. Mazkur asos bo‘yicha mehnat shartnomasini korxona 
mulk qilib olingan kundan boshlab uch oy mobaynida bekor qilishga yo‘l 
qo‘yiladi. Xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri, mehnat 
to‘g‘risidagi qonunlar hamda boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan 
ta‘tillarda bo‘lgan vaqti, uzrli sabablarga ko‘ra ishda bo‘lmagan boshqa davrlari bu 
muddatga kiritilmaydi.
7) xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi, qonun hujjatlariga muvofiq yoshga 
doir davlat pensiyasini olish huquqi mavjud bo‘lganda. 
Xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida va mehnat to‘g‘risidagi 
qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta‘tillarda bo‘lgan 
davrida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga 


155 
yo‘l qo‘yilmaydi, korxona butunlay tugatilgan hollar bundan mustasno (100-
modda). 
Jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish 
beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki 
xodimlar boshqa vaqillik organining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan 
bo‘lsa, shartnomani bunday rozilikni olmay turib bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Mehnat shartnomasi: 
korxona tugatilishi munosabati bilan; 
korxona rahbari bilan tuzilgan shartnomani Mehnat kodeksi 100-moddasining 
ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslardan biriga ko‘ra. 
Kadrlar sonini qisqartirish tartibining maqsadi- ushbu og‘ir jarayonni 
o‘tqazishda huquqiy, etik va amaliy jihatlarni hisobga olishdir. Qisqartirishga 
shunday vaziyat sifatida qaraladiki, unda rahbariyat xodimning shunday profildagi 
mutaxassislarga ehtiyoj yo‘qligini aniqlagan holda unga boshqa ish bera 
olmasligini bilib qaror qabul qilishidir
19

Mehnat kodeksi 100-moddasi ikkinchi qismining 6-bandiga ko‘ra ish 
beruvchining tashabbusi bilan bekor qilingan taqdirda kasaba uyushmasi qo‘mitasi 
yoki xodimlar boshqa vaqillik organining roziligini olish talab etilmaydi.
Kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vaqillik organi xodim 
bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozilik berish masalasi bo‘yicha qabul 
qilgan qarori haqida ish beruvchiga yozma ravishda xabar berishi kerak, bunday 
xabar mehnat shartnomasini bekor qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor 
shaxsning yozma taqdimnomasi olingan kundan boshlab o‘n kunlik muddat ichida 
ma‘lum qilinadi. 
Ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlar boshqa vaqillik 
organining xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozilik berish 
to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay, mehnat 
shartnomasini bekor qilishga haqlidir. 
19
Robert L. Mathis. (University of Nebraska at Omaha), John H. Jackson. (University of Wyoming) 
Human 
resource management. 2010
, р. 532 


156 
Mehnat intizomini buzganlik uchun (100-modda ikkinchi qismining 3 va 4-
bandlari) mehnat shartnomasini ish beruvchi tomonidan bekor qilishga intizomiy 
jazolarni qo‘llanish uchun belgilangan muddatlar (182-modda) o‘tib ketgandan 
keyin yo‘l qo‘yilmaydi (101-modda). 

Download 2,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish