125
6.4.
Ish beruvchi bilan xodim o’rtasidagi mehnat shartnomasi bekor
qilinishida mehnat daftarchasini to’ldirish tartibi
Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi
yozuvlar mehnat
daftarchasiga quyidagi tartibda yoziladi:
1-ustunda yozuvning tartib soni;
2-ustunda mehnat shartnomasining bekor qilinish sanasi;
3-ustunda mehnat shartnomasini bekor qilinishi;
4-ustunda esa ushbu yozuvning nimaga asoslanib kiritilgani, buyruq sanasi va
son raqami ko‘rsatiladi. Masalan: xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat
shartnomasi bekor qilinayotganda va 1997 yilning 10
iyuni oxirgi ish kuni
hisoblangan vaqtda xodimning mehnat daftarchasiga quyidagi yozuvlar kiritilishi
lozim: ishi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar bo‘limining ustunida
yozuvning tartib soni
qo‘yiladi, 2-ustunda bo‘shatilish sanasi (1997 yil. 06. 10.).
3-ustunda «mehnat shartnomasi bekor qilindi» deb yoziladi.
4-ustunda buyruqning sanasi va son raqami ko‘rsatiladi.
Mahalliy mehnat organlari tomonidan fuqarolarning mehnat daftarchalariga:
a) jamoat ishlari hamda kasbga o‘rgatish, malakasini oshirish,
qayta kasbga
tayyorlashga jalb qilingan muddatlarini qayd qiladilar.
Ishsiz shaxs deb e‘tirof etilgan fuqarolar mahalliy mehnat organiga
belgilangan muddatda ro‘yhatdan o‘tish uchun kelganlarida mehnat daftarchalarini
mahalliy mehnat organi xodimiga ko‘rsatishlari shart.
Mehnat daftarchasida mehnat shartnomasini bekor bo‘lganligi to‘g‘risidagi
yozuv amaldagi qonun talablariga mos bo‘lishi, ya‘ni, mehnat shartnomasini bekor
qilish asoslari (sabablari) to‘g‘risidagi yozuv kiritilmasligi shart.
Xususiy tadbirkorlik va yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi
yuridik shaxs bo‘lmagan fuqarolar hamda dehqon xo‘jaliklarida
ishlovchilar
mazkur faoliyatni to‘xtatganlarida ularning mehnat daftarchalariga tuman (shahar)
ijtimoiy ta‘minot bo‘limlari tomonidan quyidagicha yozuvlar kiritiladi:
1-ustunda — tartib raqami ko‘rsatiladi;
126
2-ustunda — Xususiy tadbirkor (yakka tartibda mehnat faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi yoki dehqon xo‘jalikda ishlovchi) o‘z faoliyatini to‘xtatganligi
to‘g‘risidagi sana yoziladi;
3-ustunga — «Mazkur faoliyat to‘xtatildi» deb, ko‘rsatiladi;
4-ustunga — qaysi hujjatga asosan yozilganligi (sanasi, tartib raqami) qayd
qilinadi.
Yoshga
doir pensiyalar tayinlanganda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar)
bo‘limlari tomonidan mehnat daftarchasining 3-ustunida «Pensiya tayinlandi»
degan yozuv kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: