6.3. Ish to’g’risidagi ma’lumotlarni yozish tartibi
Mehnat daftarchasidagi «Ishi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar» nomli bo‘limining 3-
ustuniga korxonaning to‘liq nomi sarlavha kabi yoziladi.
121
Sarlavha tagidagi 1-ustunda tartib raqami ko‘rsatiladi;
2-ustunda — ishga qabul qilingan sana yoziladi;
3-ustunga «Falon stex, bo‘lim, bo‘linma, qism va x.k. falonchi lavozimga
(kasbga, mutaxassislikka) qabul qilindi (tayinlandi yoki saylandi)» deb yozib,
berilgan malaka darajasi (agar shunday daraja berilsa) aniq ko‘rsatiladi.
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining nomlari O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 20 avgustdagi 181-son
qarori
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010 y., 34-son, 291-modda)
bilan tasdiqlangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari
klassifikatoriga asosan ko‘rsatiladi;
4-ustunga — qaysi hujjatga asosan yozilganligi (sanasi, tartib raqami) qayd
qilinadi.
Belgilangan tartibda yagona tarif-malaka ma‘lumotnomasida va xizmat
mansablarining yagona ro‘yhati, yoxud lavozimlar jadvalida ro‘y bergan o‘zgarish
yoki qo‘shimchalar to‘g‘risidagi ma‘lumotlar xodimlar e‘tiborlariga etkazilib,
so‘ng ularning mehnat daftarchalariga ish beruvchining buyrug‘i asosida tegishli
o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritiladi.
Bordiyu, xodimga ishlab turgan davrida yangi malaka darajasi berilgan
bo‘lsa, unda bu haqda belgilangan tartibda tegishli yozuv kiritilishi shart. Xodim
ikkinchi va undan keyingi kasblarni o‘rgangan taqdirda, bu to‘g‘rida mehnat
daftarchasiga ushbu kasblarning malaka darajalari ko‘rsatilib qayd qilinadi.
Masalan: ta‘mirlash chilangari 3-darajadagi elektr-gaz payvandchisi kasbi bo‘yicha
qo‘shimcha ixtisoslangan bo‘lsa, unda mehnat daftarchasidagi «Ishi to‘g‘risidagi
ma‘lumotlar» nomli bo‘limining 1-ustuniga yozuvning tartib soni, 2-ustuniga
ikkinchi kasb berilgan sana, 3-ustunga esa «3-darajadagi elektr-gaz payvandchisi
nomli ikkinchi kasb berildi» deb yoziladi va 4-ustunda tegishli guvohnoma, uning
son raqami va berilgan sana ko‘rsatiladi.
Xodim yangi o‘rgangan kasbi bo‘yicha ish bajargan taqdirda mehnat
daftarchasiga bu to‘g‘rida tegishli yozuv kiritiladi. Masalan: ta‘mirlovchi
chilangarga 3-darajali elektr-gaz payvandchilik ishlarini bajarish bo‘yicha vazifa
122
yuklatilishi bilan ikkinchi kasb o‘rgatildi va «3-darajali elektr-gaz payvandchisi
kasbi berildi», deb shu yozuvning qarshisiga 4-ustundan ikkinchi kasb berilganligi
to‘g‘risidagi tegishli guvohnomaning son raqami va sanasi, chiqarilgan buyruqning
son raqami va sanasiga havola qilib yoziladi.
Mehnat daftarchasiga xodimning yozma arizasiga binoan, o‘rindoshlik ishi
to‘g‘risidagi ma‘lumot xodimni o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilgan ish
beruvchi tomonidan chiqargan buyrug‘iga muvofiq asosiy ish joyidagi ish beruvchi
tomonidan yoziladi. Uning ishdan bo‘shaganligi to‘g‘risidagi ma‘lumot ham xuddi
shu tarzda yozib qo‘yiladi.
Xodim mazkur korxonaning o‘zida boshqa ishga o‘tkazilsa, uning mehnat
daftarchasiga quyidagicha yozuv kiritiladi: 1-ustunda – tartib raqami, 2-ustunda –
sana, 3-ustunda «Falon lavozimga (kasbga, mutaxassislikka) o‘tkazildi» deb yozib,
4-ustunda – tegishli buyruqning soni va sanasi ko‘rsatiladi.
Xodim ishlab turgan davrda korxonaning nomi o‘zgartirilsa, unda bu to‘g‘rida
mehnat daftarchasining 3-ustunida alohida satr bilan «Falon korxona, falon sanada,
falonchi nom bilan atala boshladi» deb yoziladi. 4-ustunda esa, qayta atalishini
(nomlanishini) asoslab buyruq sanasi va son raqami qo‘yiladi.
Mehnat daftarchasi bor bo‘lgan talabalarga, o‘quvchilarga, doktorantlarga va
tibbiyot ordinatorlariga o‘quv yurtlari (ilmiy muassasalar) tomonidan oliy va o‘rta
maxsus o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlarida o‘qigan vaqtlari to‘g‘risida
yozuv kiritiladi. Bunday yozuvlarga asos bo‘lib talabalar, o‘quvchilar, katta ilmiy
xodim-izlanuvchilar va klinik ordinatorlar safiga qabul qilinganligi yoki safidan
chiqarish to‘g‘risidagi o‘quv yurtlari (ilmiy muassasalar)ning chiqargan buyruqlari
hisoblanadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan o‘quvchi, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va klinik
ordinatorlarining
talabalar
otryadlarida,
ishlab
chiqarishda
va
xo‘jalik
shartnomalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot mavzularda qatnashgan davrlari, ixtisosi,
malakasi, mansabi (lavozimi) va ish muddati ko‘rsatilgan holda tegishli
ma‘lumotnomalar bilan tasdiqlanadi. Ushbu ma‘lumotnomalar asosida o‘quv
yurtlari (ilmiy muassasalar) talabalar, o‘quvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar
123
va klinik ordinatorlarining mehnat daftarchalariga ishi to‘g‘risidagi olingan
ma‘lumotlarni kiritilishini ta‘minlaydi va ularni qat‘iy hisobot hujjatlari tarzida
saqlaydi.
Ilgari ishlamagan va shu munosabat bilan mehnat daftarchalariga ega
bo‘lmagan talaba, o‘quvchi, doktorant (tayanch doktorant) va klinik
ordinatorlarining talabalar otryadlarida, ishlab chiqarish amaliyotida va xo‘jalik
shartnomalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot mavzularida olib borgan ishlari to‘g‘risidagi
yozuvlar mehnat daftarchalariga ular kelgusida ishlaydigan ish beruvchilar
tomonidan tegishli ma‘lumotnomalarga asoslanib kiritiladi.
Xususiy tadbirkorlik va yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi
yuridik
shaxs
bo‘lmagan fuqarolarning hamda dehqon xo‘jaliklarida
ishlovchilarning mehnat daftarchalariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari
tomonidan quyidagi ma‘lumotlar kiritiladi:
1-ustunda — tartib raqami ko‘rsatiladi:
2-ustunda — Xususiy tadbirkor (yakka tartibda mehnat faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi yoki shaxsiy yordamchi xo‘jalikda ishlovchi) sifatida qayd etilgan
sana yoziladi;
3-ustunga — «Xususiy tadbirkor sifatida (yakka tartibda mehnat faoliyati
bilan shug‘ullanayapti yoki dehqon xo‘jalikda) ishlayapti» deb, ko‘rsatiladi;
4-ustunga — qaysi hujjatga asosan yozilganligi (sanasi, tartib raqami) qayd
qilinadi.
Mehnat daftarchalariga ish beruvchilar tomonidan tegishli hujjatlarning
sanasi, son raqami va nomiga havola qilingan tarzda alohida satr qilib quyidagi
yozuvlar kiritiladi:
a) mehnat va davlat ijtimoiy sug‘urtaga oid qonunchilik tadbiq etilmaydigan
Qurolli kuchlarda, Milliy xavfsizlik xizmatida, Ichki ishlar organlarida,
shuningdek, barcha turdagi qo‘riqlash idoralarida xizmatda bo‘lgan vaqti
to‘g‘risidagi ma‘lumotlar, xizmatga chaqirilgan sanasi va bo‘shatilgan sanasi
ko‘rsatilgan holda;
124
b) kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish bo‘yicha hunar-
texnika va boshqa bilim yurtlarida, kurslarda hamda maktablarda o‘qigan davri
to‘g‘risida:
v) oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida bo‘lgan davrlari to‘g‘risida.
Ushbu bandda ko‘zda tutilgan yozuvlar mehnat daftarchasiga xodimning
mazkur ish beruvchidagi ishi to‘g‘risidagi ma‘lumotlardan oldin kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mehnat daftarchalariga chet elda
(shartnoma asosida) ishlagan ish davri haqidagi yozuvlar, O‘zbekiston
Respublikasi
Moliya
vazirligi
huzuridagi
byudjetdan
tashqari
Pensiya
jamg‘armasiga belgilangan sug‘urta badallari to‘langan taqdirda, agar davlatlararo
bitimlarda o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat
migrastiyasi masalalari agentligi tomonidan tegishli ma‘lumotnomalarga asoslanib
kiritiladi.
Fuqarolarning chet elda (shartnoma asosida) ishlagan ish davri umumiy ish
staji jamlanib, ya‘ni qaysi korxonada, qaysi davrda va qaysi lavozimlarda ishlagan
yillari, oylari va kunlari umumiy tarzda yoziladi.
Hujjat bilan tasdiqlangan (shartnoma, ish beruvchi tomonidan berilgan
mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma‘lumotnoma, O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining sug‘urta badali
to‘langanligi to‘g‘risida ma‘lumotnoma) va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan
umumiy ish staji mehnat faoliyatining davrlari bo‘yicha quyidagicha yoziladi:
1-ustunda — tartib raqami ko‘rsatiladi;
2-ustunda — dastlab chet elda ishga qabul qilingan sana.
3-ustunda — xodim ishlagan xorijiy mamlakat, korxona nomi va lavozimi
yoziladi.
4-ustunda — qaysi hujjatga asosan yozilganligi (shartnoma yoki ish beruvchi
tomonidan berilgan mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma‘lumotnomaning sanasi, tartib
raqami) qayd qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |