194
va uning qoidalari O‘zbekiston Konstitustiyasida mustahkamlab qo‘yildi.
Asosiy qonunimizning 4-moddasiga binoan O‘zbekistonning davlat tili
o‘zbek tilidir. Respublikamiz sobiq ittifoq tarkibida bo‘lgan bir sharoitda qabul
qilingan «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonunga mustaqillikka erishilgandan so‘ng
o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritish zarurati yuzaga keldi. Natijada 1995 yil 22
dekabrda ushbu qonun yangi tahrirda qabul qilindi.
1997 yili qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturida har tomonlama
kamol
topgan kadrlarni, kasb-hunarlarni ongli ravishda tanlash va puxta
o‘zlashtirish uchun tegishli sharoitlarni yaratish, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z
javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalash nazarda tutilgan.
Ushbu dasturda hokimiyat organlari, davlat va nodavlat tashkilotlarida
idoraviy ish yuritish borasidagi mutaxassislarni tayyorlashga ham alohida e‘tibor
qaratilgan. Shu maqsadda ish yuritish, kadrlar bo‘limi, arxiv ishi,
hujjatshunoslik
kabi sohalarni malakali kadrlar bilan ta‘minlovchi yangi o‘quv dargohlari ochildi,
jumladan, oliy o‘quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari, akademik listeylar va o‘quv
markazlarida ish yurituvchi mutaxassislarni tayyorlovchi yo‘nalish hamda
bo‘limlar tashkil etildi.
Davlat va nodavlat tashkilotlarida idoraviy ish yuritish tizimini
axborotlashtirish borasida o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir hujjat
«Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonundir.
Ushbu qonunning
maqsadi axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot
tizimlaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Bugungi kunda ish yurituvchi mutaxassislar zamonaviy ish yuritish usullarini
ham puxta o‘zlashtirgan bo‘lishlari shart. Bu borada keng qo‘llanayotgan samarali
usullardan biri elektron hujjatlar bilan ishlashdir. Ushbu jarayonning huquqiy asosi
sifatida «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Mazkur
qonunning maqsadi elektron hujjat aylanishi sohasidagi munosabatlarni tartibga
solishdan iborat. Elektron hujjat aylanishidan bitimlar tuzish, hisob-kitoblarni,
rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish
hamda boshqa axborotni
uzatishda foydalanish mumkin.
195
O‘zbek tilida ish yuritish, ushbu sohada mutaxassislar tayyorlash hamda
malakasini oshirish borasidagi qonunlarni ijro etish maqsadida Vazirlar
Mahkamasi tomonidan bir qator hujjatlar qabul qilingan. Xususan, hukumatning
1999 yil 29 martdagi 140-sonli «O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va
boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha
normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida»gi qarori shular jumlasidandir. Uning 1-
ilovasiga muvofiq Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar,
shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlarida ish yuritish va hujjatlar ijrosini
nazorat qilishni tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma, 2-ilovaga muvofiq vazirliklar,
davlat
qo‘mitalari,
idoralar,
korporastiyalar,
konsternlar,
uyushmalar,
kompaniyalar va boshqa markaziy muassasalar apparatlarida ish yuritish va ijro
nazoratini tashkil etish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnoma tasdiqlangan.
2008 yilda esa mamlakatimizda davlat tashkilotlari,
muassasa va
korxonalarida o‘zbek tilida ish yuritish hamda o‘zbek hujjatchiligi asoslarini
tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Standartlashtirish,
metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan O`z DSt 1157:2008 –
«O‘zbekiston
davlat
standarti»
ishlab
chiqildi.
Bunda
hujjatlarni
unifikastiyalashtirish tizimi, tashkiliy-farmoyish hujjatlar tizimi, hujjatlarni
rasmiylashtirishga bo‘lgan talablar umumlashtirilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasida
arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorida mamlakatimizda arxiv ishi va
ish yuritish
sohasini takomillashtirish, xususan, ushbu sohalarga tegishli qonun
hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar hamda bu boradagi yangi tartib qoidalar o‘z
aksini topgan.
Yuqorida keltirib o‘tilgan me‘yoriy hujjatlar asosida O‘zbekiston hududida
davlat boshqaruvi va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma‘rifiy
sohalarida o‘zbek tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yildi. Davlat va nodavlat
tashkilotlarida qo‘llanadigan barcha hujjatlarning o‘zbek tilidagi namunaviy
nusxalari ishlab chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: