1 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


O„simlik hujayralarining sianobakteriyalar bilan hosil qilgan sun‟iy



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/76
Sana27.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#412703
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   76
Bog'liq
yuksak osimliklarning hujayralaridan kopaytirish biotexnologiyasi

O„simlik hujayralarining sianobakteriyalar bilan hosil qilgan sun‟iy 
birikishi.
 
Sianobakteriyalar bilan o‗simlik hujayralarini birlashtirishning 
o‗ziga xos quyidagi xususiyatlari mavjud:


80 
- taxmin qilinishicha, qadimiy sianobakteriyalar eukariot hujayralarning 
vujudga kelishida muhim ahamiyatga ega bo‗lgan;
- tabiatda fototroflar boshqa organizmlar bilan simbiotik bog‗lanish hosil 
qilish xossasiga ega;
- simbioz tipidagi aloqadorlikda turli yo‗nalishdagi moddalar almashi-
nuvi jarayoni amalga oshadi ya‘ni avtotrof organizmlar bilan azotofiksatorlar 
hosil qilgan simbiotik birlashuvda azotofiksatorlar atmosfera azotini o‗zlash-
tirib, avtotroflarni ta‘minlasa, o‗z navbatida hamkorlik asosida avtotroflarda 
fotosintez jarayonida hosil bo‗lgan mahsulotlar bilan geterotroflar oziqlanadi;
- muhitga uglevodlar, aminokislotalar, peptidlar, vitaminlar, gormonlar 
kabi moddalarni chiqaradi.
- fotosintez jarayonida hosil bo‗lgan kislorodning bir qismi bilan o‗simlik 
nafas olishi ta‘minlanadi;
- amaliy jihatdan o‗simlik bog‗langan azot bilan ta‘minlanadi.
Bu jarayoning kamchiliklari esa o‗stirishda qulay sharoitning optimal-
ligini ta‘minlashning ancha qiyinligidir. Masalan, o‗simlik hujayralari faoliy-
ati uchun muhitning рН - ko‗rsatkichi optimal qiymati 5,0-5,5 ni tashkil qiladi, 
sianobakteriyalar uchun esa bu qiymat neytral-ishqoriy, ya‘ni 7–10 oralig‗ida 
bo‗ladi, shuningdek o‗simlik hujayrasi uchun harorat optimumi 24-27
о
С ni 
tashkil qilsa, bakteriyalar uchun bu qiymat - 30-40oS ga teng hisoblanadi. Shu 
bilan birga ozuqa muhitida o‗simliklarni o‗stirish uchun talab qilinadigan mi-
neral tuzlar miqdori konsentratsiyasi sianobakteriyalar uchun talab qilinadigan 
qiymatdan ancha yuqori hisoblanadi. Moskva Davlat universiteti ―Hujayra 
fiziologiyasi va immunologiyasi‖ kafedrasida o‗tkazilgan tadqiqotlarda kallus 
to‗qimasi va hujayra suspenziyalaridan foydalangan holatda turli xil hamkor-
likda hosil bo‗luvchi birlashishlar o‗rganilgan. Bunda qayd qilinishicha, 
simbioz holatda yashovchi organizmlar birining hayotiy faoliyati susaytirilishi 
albatta uning hamkori faoliyatiga jiddiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Tamaki va 
Anabaena nidulans
hujayralari suspenziyasida quyidagilar 
qayd etilgan:
- tizimda optimal bo‗lmagan sharoitda rivojlanish jarayoniga o‗tkazilgan 
ta‘sir bevosita har ikkala tur hujayralariga bog‗langan holatda ta‘sir ko‗rsatadi;
- o‗sish jarayonlarining ikki fazali ekanligi ya‘ni bunda sianobak-teriya-
larning rivojlanish darajasining ko‗tarilishi bilan o‗simlik hujayralarining 
rivojlanishi ham jadallashadi.
Bunda ba‘zan sianobakteriyalarning qisman degradatsiyasi vujudga 
keladi. Ta‘kidlanadiki, hamkor organizmlarning birinchi o‗sish fazasi 
mutualizm harakterida kechadi;


81 
- sianobakteriyalar hujayralar ustki qismida adsorbsiyalanadi, hujayra 
to‗plamlari ichki qismigacha kirib boradi, biroq bir qism hamkor hujayralar 
suspenziyada erkin holatda qoladi;
- o‗simlik hujayralari sianobakteriyalar hosil qilgan moddalardan foydalanadi;
- o‗simlik va mikroorganizm hujayralararo moddalar almashinuvi 
ko‗rinishida bog‗lanish yuzaga keladi va bu jarayon o‗simlik turlarining o‗ziga 
xos biosintezi bilan bevosita bog‗liq hisoblanadi.
Kallus to‗qimasi va sianobakteriyalardan iborat birlashishni ikki yo‗l 
bilan olish mumkin:
- bargning xlorofill donachalari kam bo‗lgan mezofil qismidan ajratib 
olingan protoplastlardan foydalangan holda,
- bargning xlorofill donachalari kam bo‗lgan mezofil qismidan ajratib 
o‗stirilgan kallus to‗qimasini 
A. variablis
suspenziyasiga ekish.
Bunda kallus to‗qimasi barqaror holatda 2 yildan kam bo‗lmagan vaqt 
davomida o‗sadi. Jarayon davomida antagonizm tipidagi aloqa kuzatilmaydi.
Muhitga auksinlar va sitokininlar qo‗shiladi, natijada sianobakteriyalar 
bilan birlashgan holatda tamaki kallus to‗qimasida organogenez jarayoni 
vujudga keladi. Bunda tamakining oqish tusdagi regenerant o‗simtalarida ko‗k 
- yashil tusdagi bakteriya hujayralarini bemalol ko‗rish mumkin. Kallus asosida 
yuzaga kelgan regenerantlarda sianobakteriyalar to‗qima ichida joylashgan va 
buni faqat barglarda yaqqol ko‗rish mumkin. Shuningdek bu holatni nafaqat 
bargda balki, poya qismlarida, tomirlar tizimi hujayralarida, barg og‗izcha 
hujayralarida ham ko‗rish mumkin. (15-rasm).

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish