76
ko‗rsatishi uchun ozuqa muhiti tarkibi murakkab bo‗lishi, ya‘ni turli xil vita-
minlar, gormonlar, fotosintez uchun talab qilinuvchi moddalar bo‗lishi kerak.
Agar o‗stirilayotgan muhitda zarur talab etilayotgan sharoit yaratib berilmasa,
u holda jarayonning foydali natijasi kamayib boradi.
Shu sababli muhitda
o‗simlik hujayralari faoliyati uchun zarur moddalarni yuzaga keltiruv-chi yoki
biosintez jarayonini faollashtiruvchi mikroorganizmlar mavjud bo‗lishi ijobiy
ahamiyatga ega hisoblanadi. Mikrobiologiya sanoatida aralash o‗stirish usuli
mavjud. Bu usuldan foydalanish natijalarining ko‗rsatishicha mikroorganizm-
lardan foydalanish yakka holatda o‗stirishga nisbatan samarali hisoblanadi. Bu
ko‗rinishdagi
tizimlar suvlarni tozalash, fermentlarni olish, biologik faol
moddalar hisoblangan auksin, vitamin, antibiotiklarni sintezlashda qo‗llaniladi.
Tahminlarga ko‗ra, biotexnologiyada kelajakda bir necha turdagi mikroor-
ganizm va o‗simlik hujayralaridan tashkil topgan
murakkab populyatsiyalar
asosida foydali mahsulot yaratish tizimlari yaratiladi.
Qishloq xo‗jalik ekinlarining holatini yaxshilash bu usul yordamida mole-
kulyar holatdagi atmosfera azotini o‗zlashtiruvchi o‗simliklarni yaratishni
ko‗zda tutadi. O‗g‗itlash natijasida o‗simliklar tuproqdan 30-50% azotni o‗zla-
shtiradi. O‗simliklarni azot manbai bilan ta‘minlashning ikkinchi yo‗li mole-
kulyar azotning biologik fiksatsiyalanishidan iborat. Azotofiksatsiya jarayoni
bir qator mikrorganizmlar va ba‘zi bir o‗simlik turlarining birgalikda hosil
qilgan simbiotik birlashishlarida amalga oshadi. Azotning biologik fiksatsiyasi
darajasini oshirishning 3 ta yo‗nalishi mavjud:
1. Azotofiksatsion mikroorganizmlar inokulyatsiyasi, ya‘ni
bakterial
o‗g‗itlardan foydalanish. Bu usulning kamchiligi mikroorganizmlarni ko‗pay-
tirishning mahsuldorligini kamligi, shuningdek ularning tuproq sharoitida
hayotchanligining pasayib ketishi.
2. Gen injeneriyasi usullari yordamida azotofiksatsiyalovchi o‗simlik
navlarini yaratish. Bunda nif genini yuksak o‗simliklar protoplastiga kiritish talab
etiladi. Bu jarayon quyidagi kamchiliklarga ega: birinchidan jarayon katta miq-
dordagi
quvvatni talab qiladi, bunday quvvat esa o‗simlik hujayralarida mavjud
emas, ikkinchidan nitrogenaza sintezi uchun talab qilinadigan sharoit ya‘ni temir
va molibden elementlari, shuningdek nitrogenazani kislorodning ingibirlovchi
ta‘siridan himoyalovchi tizimlarni ta‘minlash imkoni mavjud emas.
3. Azotofiksatsiyalovchi mikroorganizmlarni o‗simlikka kiritish. Bu
ko‗rinishdagi birlashmalarda tabiiy azotofiksatsion simbioz tizimlarning xusu-
siyatlarini hisobga olish lozim: - har ikkala hamkor
hujayralarining butunligi,
hayotchanligi bezarar saqlanishi; - hamkor organizmlarning makrosimbiont
darajasidagi aloqasini ta‘minlanishi. Hujayra injeneriyasi yordamida azotofi-
ksatsiyalovchi mikrooganizm larning o‗stirilgan o‗simlik hujayra va to‗qima-
77
laridagi hayotchanligini ta‘minlash imkoni mavjud. O‗stirish
jarayonida
hamkor sifatida olinayotgan organizm hujayralari o‗zaro bir biriga nisbatan
moslashishini ham kuzatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: