1. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa doktirinasining harbiy – siyosiy jihatlari. 1-modda


Qurolli Kuchlar, ularning asosiy vazifalari va ularni qo‘llash asoslari



Download 83,07 Kb.
bet7/18
Sana18.01.2022
Hajmi83,07 Kb.
#385886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Оралик назорат саволлари 2021

3. Qurolli Kuchlar, ularning asosiy vazifalari va ularni qo‘llash asoslari

17. Qurolli Kuchlar davlat harbiy tashkilotining va mamlakat mudofaa tizimining negizi bo‘lib, harbiy mojarolarni jilovlash hamda ularning oldini olish, shuningdek davlatning harbiy xavfsizligini ta’minlash uchun mo‘ljallangandir.



Oldingi tahrirga qarang.

Qurolli Kuchlar tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, Milliy gvardiyasining, Davlat xavfsizlik xizmatining, boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning tegishli boshqaruv organlari, qo‘shinlari, harbiy tuzilmalari va muassasalari kiradi.



(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-575-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2019-y., 03/19/575/3972-son)

18. Qurolli Kuchlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

a) tinchlik davrida:

harbiy-siyosiy vaziyatning rivojlanishini doimiy ravishda tizimli tahlil va prognoz qilish;

harbiy sohada milliy xavfsizlikka bo‘lgan tahdidlar to‘g‘risida mamlakat mudofaa tizimining barcha kuchlari va vositalarini o‘z vaqtida ogohlantirish (xabardor qilish);

yuzaga kelayotgan harbiy-siyosiy vaziyatga va davlatning iqtisodiy imkoniyatlariga muvofiq Qurolli Kuchlarning qo‘llanilishini batafsil va monand rejalashtirish;

boshqaruv organlari va qo‘shinlarning (kuchlar va vositalarning) jangovar shayligini hamda jangovar qobiliyatini qurolli mojarolarning oldi olinishini ta’minlaydigan darajada saqlab turish;

urush boshlanishi xavfi tug‘ilgan taqdirda Qurolli Kuchlarning strategik jihatdan yoyilishga shayligini ta’minlash;

O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash;

muhim davlat (harbiy) obyektlari va kommunikatsiyalarini qo‘riqlash hamda mudofaa qilish;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni tugatish;

favqulodda holat rejimini saqlab turish;

mamlakat hududini tezkorlik bilan jihozlashga va harbiy infratuzilmani rivojlantirishga doir tadbirlarni o‘tkazish;

hududiy mudofaa va fuqaro muhofazasi tizimlarini belgilangan muddatlarda yoyishga hamda tegishli vazifalarni samarali bajarishga shay holda saqlab turish;

buzg‘unchi kuchlarning davlat hokimiyati va boshqaruvi asoslariga, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka qarshi yo‘naltirilgan hamda harbiy xavfsizlikka zarar yetkazishga qaratilgan qo‘poruvchilik faoliyatiga qarshi kurashishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashish;

boshqaruv organlari va qo‘shinlarning tezkor hamda jangovar tayyorgarlik rejalarini tashkil etish hamda bajarish;

b) tahdid bo‘layotgan davrda:

Qurolli Kuchlarni yuqori darajadagi jangovar shaylikka keltirish bo‘yicha kompleks tadbirlarni o‘tkazish;

Qurolli Kuchlarni strategik jihatdan yoyish;

hududiy mudofaa va fuqaro muhofazasi tizimlarini yoyish;

harbiy holat rejimini saqlab turish;

v) urush davrida:harbiy tajovuzni daf etish va tajovuzkorning qo‘shinlariga zarba berish;

tajovuzkorni O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga zid bo‘lmagan shartlar asosida harbiyharakatlarni to‘xtatishga majbur qilish.

19. Qurolli Kuchlarni qo‘llash O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo‘mondonining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mamlakat mudofaasini rejalashtirishga doir boshqa hujjatlarga muvofiq tashkil etiladi va amalga oshiriladi.

Qurolli Kuchlarni qo‘llash shakllari va usullari haqiqatan yuzaga kelayotgan harbiy-siyosiy vaziyatni hamda O‘zbekiston Respublikasiga nisbatan tajovuzkor harakatlar xususiyatini hisobga olgan holda belgilanadi.


Download 83,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish