1. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa doktirinasining harbiy – siyosiy jihatlari. 1-modda



Download 83,07 Kb.
bet15/18
Sana18.01.2022
Hajmi83,07 Kb.
#385886
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Оралик назорат саволлари 2021

3.Quruqlikdagi qo‘shinlar tarkibi?

Quruqlikdagi qoʻshinlar - qurolli kuchlar turi. Asosan, quruqlikda jangovar harakatlar olib borish uchun moʻljallangan. Aksariyat mamla-katlarda Quruqlikdagi qoʻshinlar ularning harbiy qudra-tining asosini tashkil qiladi. Bir qancha davlatlarda Quruqlikdagi qoʻshinlar qoʻshin turlari (motooʻqchi, tank, havo-desant, raketa qoʻshinlari va artilleriya, havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari), armiya aviatsiyasi, maxsus qoʻshinlar (muhan-dislik, kimyoviy, radiotexnika, aloqa, avtomobil, yoʻl), front orqasidagi qismlar va muassasalar qismlaridan iborat.

Oʻzbekiston Respublikasida Qurolli Kuchlarning oʻzagini tashkil etuvchi Quruqlikdagi qoʻshinlar tajovuzkorning zarbalarini qaytarishga, egallab turilgan mintaqalar, marralarni qoʻldan bermaslik-ka, shuningdek, dushman qoʻshinlarining bostirib kirgan guruhlarini tor-mor qilishga moʻljallangan. Quruqlikdagi qoʻshinlar tarkibiga motooʻqchi, tankchi va artilleriya qoʻshilmalari va qismlari, havo desanti, hujumchi desant, havo hujumidan mudofaa boʻlinmalari, tez hara-kat qiluvchi kuchlar qismlari, taʼminot qismlari va boʻlinmalari kiradi. Quruqlikdagi qo‘shinlar

Quruqlikdagi qo‘shinlar — Qurolli Kuchlarning eng ko‘p sonli xillaridan

biri bo‘lib, boshqa qo‘shin xillari va turlari bilan o‘zaro harakatda

O‘zbekistonga nisbatan qilingan, qayerdan bo‘lishidan qat’i nazar, tajovuzni



qaytarishga oid vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan.

Quruqlikdagi qo‘shinlar tarkibiga motoo‘qchi, tank va artilleriya qismlari, havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari, tezkor harakat qiluvchi desant) kuchlar qismlari, ta’minot qism va bo‘linmalari kiradi. Motoo‘qchi qismlar — quruqlikdagi qo‘shinlarning asosi, jangovar tarkibining negizi hisoblanadi. Ular yerdagi va havodagi nishonlarni yakson qilish uchun qudratli qurol-aslahalar, tanklar, to‘plar va minomyotlar, tankka qarshi boshqariluvchi raketalar, zenit komplekslari va qurilmalari, razvedka va boshqaruvning samarali vositalari bilan ta’minlangan. Òank qismlari — quruqlikda qo‘shinlarning zamonaviy jang olib boorish sharoitlarida muhim vazifalarni bajarishga qaratilgan bosh zarba beruvchi kuchi va qurolli jangning qudratli vositasi. O‘zbekistonlik jangchilar boshqarayotgan zamonaviy tanklar yuksak jangovarlik xususiyatlariga, ishonchli zirhli himoyaga ega bo‘lib, tog‘-adirlik, notekis, yo‘lsiz hudud, sharoitlarida ham olis masofalarni bosib o‘tishga qodir. Ular hatto, yadro quroli qo‘llanilgan sharoitlarda ham jang olib borishga moslashgan. Artilleriya qismlari — jangovar vazifalarni bajarishda bosh (olovli) kuch hamda muhim tezkor-taktik vosita. Ular arsenalida mavjud zamonaviy to‘plar, reaktiv qurilmalar, gaubitsalar, minomyotlar, artilleriya qismlarining o‘t ochish imkoniyatlari, jangovar harakatlar samaradorligini yanada oshiradi.Òezkor harakat qiluvchi (desant) kuchlar qismlarning roli — hozirgikunda sezilarli darajada ortgan. Desantchilar jangovar mashinalari, o‘ziyurarartilleriya qurilmalari, tanklar, zirhli transportyorlar, yuksak samarali tankkaqarshi va zenit vositalari, stvolli va reaktiv artilleriya, kuchli avtomatikqurollar, aloqa va boshqaruvning zamonaviy uskunalari bilan ta’minlangan.Mamlakatimiz desantchilari armiyaning yuqori darajada tayyorlangan vatezkor (mobil) qismidir. Zamonaviy harbiy transport aviatsiyasiningyordamida ular dushman istehkomlarining yaqin va juda ichkari marralaridamustaqil ravishda, shuningdek, boshqa qism va bo‘linmalar bilan o‘zaroharakatlar orqali oldilariga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajara oladilar.Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari vaharbiy havo kuchlariHavo hujumidan mudofaa qo‘shinlari — O‘zbekiston Respublikasigahavodan turib qilingan har qanday hujumni bartaraf etish borasida zudlikbilan harakat qilishga doimiy shay turuvchi va mamlakatimiz havosarhadlarining radiolokatsion razvedkasini ta’minlovchi qo‘shin turi.Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari respublikaning ma’muriy-siyosiy,sanoat-iqtisodiy markazlari va hududlarini, qo‘shinlar guruhlari, harbiy vaboshqa muhim obyektlarni dushmanning havo hujumidan himoya qilishgamo‘ljallangan.Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari ularga yuklatilgan barcha vazifalarmajmuyini hal qilishga qodir bo‘lgan yuqori malakali shaxsiy tarkibga,yuksak samaradorligi bilan ajralib turadigan kichik, o‘rta, katta olisliklargamo‘ljallangan zamonaviy zenit raketali komplekslarga va har xil ko‘zdanyashiradigan yoki shovqinlarni bartaraf etadigan to‘siqlar qo‘llangan holdaham havodagi nishonlarni, avtomatik boshqaruv va nishonlarni yaksonetuvchi vositalarni barcha baland diapazonlarida aniqlashga qodir bo‘lganradiolokatsion stansiyalariga egadir.Harbiy havo kuchlari — havodan turib dushmanning aviatsiya, quruqlik-dagi qo‘shinlari guruhlariga, davlat va harbiy boshqaruv tizimi obyektlarigafrontorti va harbiy-iqtisodiy salohiyatiga, transport kommunikatsiyalarigatalafot yetkazish, havo razvedkasini amalga oshirish, shuningdek, quruqlikqo‘shinlarini aviatsiya yordamida qo‘llab-quvvatlash, havo desantchilarinitashlash, qo‘shin va moddiy vositalarni havo orqali tashish va boshqa vazi-falarni bajarishga mo‘ljallangan.Harbiy havo kuchlari samarali qurol-aslahalar, navigatsiya vositalari,radioelektron qurilmalar bilan ta’minlangan zamonaviy samolyotlar,vertolyotlar, uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlariga ega bo‘lib,ular ob-havoning har qanday sharoitlarida, kunduzi yoki tunda bo‘lsin, harqanday balandlikda jangovar vazifalarni bajarishga qodirdirlar.Muhandislik-quruvchilik qo‘shinlariMuhandislik-quruvchilik qo‘shinlari — tinchlik davrida Qurolli Kuchlarinfratizimi taraqqiyotini ta’minlash va davlatning strategik iqtisodiy dasturinibajarishga, urush paytida mudofaa binolarini, kommunikatsiya qurilishlari vaqutqaruv-avariya ishlarini bajarishga mo‘ljallangan.Harbiy shaharchalar va askar kazarmalari, ofitserlar tarkibi muddatidantashqari shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariuchun turar joylar, askar klublari, oshxona va choyxonalar, harbiy xizmat-chilarning bolalari uchun maktab, bog‘cha binolari, gospital va tibbiypunktlar, jangovar texnika va qurol-yarog‘lar uchun park, ombor va garajlarqurish — bularning barchasi qurilish qismlari va bo‘linmalari vazifalari.Chegara qo‘shinlariMilliy xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari — chegaraga doir siyosatniamalga oshiradi, Davlat chegaralarini himoya qilish va qo‘riqlashni tashkil etadi.Milliy xavfsizlik xizmati:• chegara qo‘shinlari faoliyatini boshqarishni amalga oshiradi;• joylardagi davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyatorganlari, nodavlat, notijorat tashkilotlarning Davlat chegarasini himoyaqilish va qo‘riqlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib turadi;• chegara qo‘shinlari bugungi kunda qo‘shinning mustaqil turi bo‘lib,Davlat chegaralari himoyasining birinchi eshelonini tashkil etadi.Davlat chegarasi chizig‘ining joylarda g‘ayriqonuniy tarzda o‘zgartirilishigayo‘l qo‘ymaslik, Davlat chegarasida harbiy va boshqa fitnalarning oldini olish,Davlat chegarasining noqonuniy ravishda kesib o‘tilishiga yo‘l qo‘ymaslik,Davlat chegarasini buzuvchilarni aniqlash va ushlash, Davlat chegarasi rejimigachegara oldi rejimiga va Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi rejimgarioya qilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, shaxslar, transport vositalari,tovarlar, boshqa mol-mulk va hayvonlarning Davlat chegarasi orqali belgilangantartibda o‘tkazilishini amalga oshirish, Davlat chegarasi orqali olib o‘tilayotgantovarlar, boshqa mol-mulk va hayvonlarni, shuningdek, transport vositalarinianiqlash va belgilangan tartibda ushlab qolish. Davlat chegarasi rejimini buzishbilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish, chegara oldi qidiruvlari vaoperatsiyalarini o‘tkazish chegara qo‘shinlarining majburiyatlariga kiradi.


Download 83,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish