Xor musiqasi — musiqa turi; xor ijrosi uchun moʻljallangan musiqa asarlaridan iborat.. Oʻzbekistonda Xor musiqasi 1930-yillarda yuzaga kelgan. Ilk namunalari oʻzbek xalq qoʻshiqlarining xor aranjirovkalari (mas, Yelena Romanovskayaning "Paxta teradi"), oʻzbek musiqali drama va ilk oʻzbek operalaridagi xorlardan iborat.
. Xor san’ati – musiqa san’atining janrlari orasida o‘zining ommaviyligi va demokratik xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi. Hozirgi kunda u keng tarqalgan asl xalq san’ati turiga aylangan. Bu san’at turi insonlarni musiqiy tarbiyalashda, estetik qarashlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Odamlarning bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan ma’naviy ongi, didiga, bir yagona g‘oya, yagona ijroni maqsad qilib, so‘z va musiqadagi tuyg‘uni jamoa bo‘lib ijro etish, ularni yanada jipslashtiradi. Bu san’at doimo xalq qo‘shiqchilik ijodiyoti bilan bog‘liq bo‘lib, turli millatlar musiqa madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida katta ahamiyatga egadir.
6. Yil davomida bolalar nechta qo‘shiq o‘rganishlari ko‘zda tutiladi? T. ib: (Yosh xususiyatlari)
Qo‘shiq — tovush hosil qilishning murakkab jarayonlaridan biri bo‘lib, asosan ovoz va yeshituv organlarining mujassamlashuvi asosini tashkil yetadi, ya’ni yeshituv apparati va qo‘shiqchilik ovozining o‘zaro bog‘liqligidir. Eshituv qobiliyatining takomillashuvi — bolalarning kichik yoshidan rivojlanadi. Ular musiqa raxbari yoki tarbiyachi kuylab berganda qo‘shiq, kuy yoki ohangni sofligicha yeshitadilar va shundayligicha kuylaydilar. Kichik yoshdagi bolalar 23 ta nota oralig‘idagi qo‘shiqlarni ko‘ylay oladilar. Bolalar kattalar kuylarini yeshitib, keyin o‘zlari ham shu kuyni kattalardek kuylashga harakat qiladilar. Bolalar toliqmasligi uchun qo‘shiq o‘rgatish shakllari o‘zgartirib turiladi. Masalan: guruhlarga bo‘lib o‘rgatish; yakkaxon va guruh jo‘rligida; musiqiy harakatlar yordamida amalga oshirilib; qo‘shiq matniga mos raqs yelementlarini o‘ylab ko‘rishga va o‘zlari uni ijro yetishga undab ko‘rish yaxshi samara beradi. Qo‘shiq mukammal o‘rganilgandan so‘ng, ularning qiziqishi yanada ortadi. Shuningdek, mashg‘ulot shakllarini (noan’anaviy mashg‘ulotlar) o‘zgartirilib turish ham mashg‘ulotlarda bolalarning zerikishini oldini olib, qiziqishini kechaytiradi. Yil davomida bolalar 10-12 ta qo‘shiq o‘rganishlari ko‘zda tutiladi. Bunga yerishish uchun qo‘yiladigan vazifalar: bolalarda sof intonatsiya va qo‘shiqchilik malakalarini shakllantirish; bolalarga yakka va tarbiyachi bilan qo‘shiq kuylash, a’kapella tarzida ijro yetish; musiqiy yeshituv qobiliyatini, kuyning balandligi, ularning uzunligi, kuyning yo‘nalishi, o‘zini yeshita olishi (kuylayotganida), ijro vaqtida o‘zining xatolarini yeshita olishini rivojlantirish; ovoz rivoji, tabiy ijroga yerishish; bolalarda ijodkorlik malakalarini rivojlantirish, ular ijro yetgan qo‘shiqlarini xorovodlar va o‘yinlarda qo‘llash.
7. Musiqada necha faoliyat metodi bo'yicha darslar olib boriladi? T. ib: (Metodlarni tarifi)
Musiqiylikning rivojlanishi tufayli bolalar musiqa obrazlarini, ularning atrofdagi qo‘shimcha, obrazlarni bolalar yorqin his eta boshlaydilar. Bu esa, o‘z navbatida ularning tevarak-atrofni bilishda, estetik baholanishni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Bolalarni musiqa bilan shug‘ullantirishning sababi bola musiqa bilan shug‘ullanmasdan, qo‘shiq aytish va musiqa – ritmik harakatlar qilish ko‘nikmalarini yuzaga keltirib, shu soha bilan bog‘liq bilimlarni o‘zlashtirishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarga va tarbiya berishning o‘zaro uzviy bog‘langan uchta metodi bor:
1. Ko‘rgazmali metod.
2. So‘zlab berish metodi.
3. Amaliy faoliyat metodi.
Do'stlaringiz bilan baham: |