Melizmlar (yun. melisma — qoʻshiq, kuy), ornamentika, musiqa bezaklari — vokal va cholgʻu musikada muayyan shaklga ega (mas, trel, forshlag , girift, kashish va boshqalar) yoki erkin tarzda ijro etiladigan (passaj, fioritura, qochirim, pola, molish) barcha ohang bezaklari, kuyning asosiy pogʻonalarini oʻzgartiradigan qoʻshimcha tovushlar. M. kuy ohangdorligini, taʼsirchanligini oshiruvchi, kuproq lirik mazmunni boyituvchi vositalar sifatida musiqa sanʼatiga keng joriy etilmoqda. M. xalq musiqa ijodiyoti va ijrochiligi, xususan, badiha sanʼati, bastakorlik x.amda kompozitorlik ijodiyotida uzok, oʻtmishdan davom etib kelayotgan anʼanalarning mahsulidir. M.ga oid maʼlumotlar Oʻrta asr Sharq musiqa risolalarida oʻz aksini topgan: Mahmud ash-Sheroziy (13-asr) sozlarda ijro etish uslublari borasida fikr yuritib, sozandalar kuylarni bezaklar bilan boyitishi lozimligini taʼkidlagan, Jomiy esa kuy bezaklarida malaka hosil qilish ijrochining oʻziga bogʻlikligini uqtirgan va oʻz zamonasi amaliyotidan misollar keltirgan.
Har bir xalq musiqasidagi M. oʻziga xos koʻrinishlarga ega. Oʻzbek milliy ijrochiligida krchirim, nola, molish, xonish, kashish kabi M. mavjud. Ulardan torli (tanbur, dutor, gʻijjak, sato kabi) va puflama (nay, surnay, qoʻshnay, boʻlamon) musiqa cholgʻulari va, ayniqsa, xonandalikda keng foydalaniladi.
M.ning nota belgilari 15—16-asrlarda Germaniyada paydo boʻlib, Yevropada, ayniqsa, 17—18-asrlar (Fransiya, Angliya va boshqalar)da keng rivoj topdi va oʻzining muayyan shakllariga ega boʻldi
20. O’zbekistonimizda qo’llaniladigan dutorning bir necha turlari mavjud. Ular qanday nomlanadi?T. ib: (alt, tenor, prima…)
Dutor (fors— ikki tor) — 1) torli chertma milliy musiqa cholgʻusi. Oʻzbek, tojik, uygʻur, turkman, qoraqalpoq xalqlari orasida keng tarqalgan. Oʻzbek D.i muloyim, nafis va shi-rali ovozi bilan boshqa cholgʻulardan aj-ralib turadi. U asosan tut, oʻrik yogʻochlaridan yasaladi. Cholgʻuning kosaxonasi (rezonatori) 8—12 ta yupqa, bir-biriga yonmayon yopishtirilgan taxtacha (qovurgʻa)dan ishlanadi. Kosaxonaning ustki, ochiq qismiga yupqa qopqoq yopiladi va kosaxona boʻgʻiz orqali dastaga ulanadi. D.ning uzun va ingichka dastasiga 13—17 ta parda bogʻlanadi. Kosaxona va dastaga suyak va sadafdan ishlangan bezak naqshlar oʻyib yopishtiriladi. Torlari ipak iplaridan eshiladi. Ular Tanavor sozi (kvarta), Munojot sozi (kvinta), Qoʻshtor sozi (unison)ga sozlanadi. Uygʻurlarda D. kattaroq shaklda, Turkmanistonda fakat oʻyma (qazma) turi, Xorazm va Qoraqalpogʻistonda kosaxonasi qovurgʻalik D.lar bilan birga hajmi kichik, oʻyma xillari ham uchraydi. D. yakkanavoz va joʻrnavoz cholgʻu sozi boʻlib, sozandadan katta ijro mahoratini talab etadi. D.da yakka zarb, qoʻshzarb, bilak zarb, bidratma, teskari zarb kabi ijro usullari mavjud. D. haqidagi dastlabki yozma maʼlumotlarni Navoiyning zamondoshi Zaynulobidin al-Husayniy „Musiqaning ilmiy va amaliy qoidalari“ nomli risolasi (16-bobi)da uchratamiz. 16—17-asrlarda „Dutoriy“ ta xallusi bilan ijod etgan (hirotlik Yusuf Mavdudiy Dutoriy, mashhadlik Mirquliy Dutoriy kabi) sozandalarning nomlari manbalarda saqlangan. Hozirda milliy D. ijrochiligining oʻziga xos uslublari 4 ta asosiy (Andijon, Toshkent, Samarqand va Xorazm) maktablari orqali namoyon boʻladi. 20-asrda Andijon maktabi namoyandalaridan Dorip dutorchi, M. Najmiddinov, O. Rustamov, K. Jabborov, Fargʻonada Qoʻzixon Madrahimov ijrosida „Nolish“, „Choʻpon“, „Andijon Kurdi“, „Andijon Sayqali“, „Tuya boʻzloq“, „Qoʻshtor“; Toshkent maktabi yirik vakillaridan Solixon Hoji, A. Vahobov, F. Sodiqov, M. Yunusov, T. Alimatov, 3. Obidov, S. Yoʻldoshevlar talqinida „Sharob 1, 2“, „Shafoat 1, 2, 3“, Toshkent Sayqali", „Toshkent Kurdi“, „Rajabiy 1, 2“, „Kurash“, „Dutor Bayoti“, „Dutor Navosi“; Samarqand maktabi ustozlaridan Hoji Abdulaziz, Qori Siroj Yusupovlar ijrosida „Guluzorim“, „Bebokcha“, „Bozurgoniy“, „Gullar vodiysi“; Xorazm maktabi vakillaridan N. Boltayev, Yu. Jabborovlar ijrosida „Koradali“, „Aliqambar“, „Saqili Navo“ singari mumtoz kuylarda oʻz ifodasini topgan. 1970- yillardan yakka D.da Shashmaqom cholgʻu va ashula yoʻllari ham ijro etila boshlandi. Oʻzbek bastakorlaridan N. Hasanov „Gilos“, F. Sodiqov „Dutorim“, S. Yoʻldoshev „Dil kuylasin“, 3. Obidov „Togʻ goʻzali“, O. Qosimov „Yangra sozim“ kabi asarlarni D. uchun yaratganlar; 2) dutor-alt — anʼanaviy D.ni 1930- yillarda qayta ishlash natijasida paydo boʻlgan turi. Torlari kapron (yoki boshqa polimer iplari)dan ishlanadi. Dastasiga xromatik tartibda joylashgan yogʻoch yoki suyak pardalari yelimlab yopishtiriladi. Repertuaridan asosan oʻzbek kompo-zitorlari tomonidan qayta ishlangan (garmonizatsiyalashgan) xalq kuylari, fortepiano joʻrligida ijro etilayotgan asarlar oʻrin olgan. Mazkur D. asosida (Oʻzbek xalq cholgʻulari orkestriga moslab) turli hajmdagi D. xillari (D.— bas, D.— kontrabas) ishlandi.
Alt (ital. alto – yuqori, baland) – ovoz va soz turi; 1) xor yoki vokal an-samblda partiya, xonanda bolalar yoki ayollar (messo-soprano, kontralto)ning past (yo‘g‘on) ovoz
Tenor (lot. tenor — ovozning tekis xarakati) — 1) oʻrta asr Yevropa cherkov (grigorian) xoraljal ohang rivojidagi asosiy, uzoq ushlab turiladigan parda (nomi shundan). Keyinchalik, koʻp ovozli asarlarda asosiy ovoz (partiya) nomi; 2) erkak xonandaning baland (ingichka) ovozi.
29. Forobiyning musiqaga oid kitobi haqida tushunchangiz? T. ib: («Kitob al-musiqa al-kabir»)
Forobiy musiqaga oid ko`p asarlar yozgan. Manbalarda uning «Ilmlar klassifikatsiyasi» («Ixso al-ulum»), «Katta musiqa kitobi» («Kitob al-musiqa al-kabir»), «Musiqaga kirish» («Mad-hal fi-l-musiqa»), «Ritmlar klassifikatsiyasi kitobi» («Kitob ixsa al-iko’») va boshqa ko`plab asarlari tilga olinadi. Bu asarlarning ayrimlari qo`l yozma sifatida dunyoniig turli kutubxonalarida saqlanadi. Zamonaviy ilmga Forobiyning asosan, ikkita musiqa asari keng joriy qilingan. Ular - «Ilmlar klassifikatsiyasi»ning musiqaga bag`ishlangan bo`limi va «Katta musiqa kitobi»dir.
Musiqa ilmi masalalarining atroflicha va chuqur yoritilishi jixatidan o`z davrida tengsiz bo`lgan «Katta musiqa kitobi» jaxon fanining shox asarlaridandir. Forobiy bu asarida oldinlari boshqa fanlarning tarkibiy qismi bo`lgan musiqani, mustaqil ilm darajasiga ko`targan.
«Katta musiqa kitobi»ning dunyoning turli kutubxonalarida saklanadigan bir necha nusxalari ma’lum. Forobiy tavalludining 1100 yilligi munosabati bilan arab olimlari Zakariyo, Yusuf hamda Mahmud Dafniy tomonidan mavjud qo`l yozmalar asosida kitobning mukammal matni tayyorlanib, nashr qilindi.
Bu kitob musiqa olamida ko`p asrlar davomida mashxur. O`rta va Yaqin Sharq musiqa fanida u doimo eng nodir va markaziy asarlardan biri bo`lib xizmat qilib kelgan. Sharq musiqa ilmida Forobiy ijodi bilan aloqador bo`lmagan biron-bir ko`zga ko`ringan olimni topish qiyin .«Katta musiqa kitobi» Yevropada ham anchadan buyon ma’lum. U dastlab XII asrda Zoxid Guldislav tomonidan latin tiliga tarjima qilingan edi.
So`nggi vaqtlarda «Katta musiqa kitobi» bir qancha zamonaviy tillarga ham ag`darilgan. 1840 yilda nemis sharqshunosi Land kitobning cholg`u asboblarga oid qismini latin tiliga tarjima qilgan. XX asrning 30 yillarida «Katta musiqa kitobi» baron Rudolf D. Erlanje tomonidan fransuz tiliga to`la tarjima qilinib, «Arab musiqasi» to`plamida chop etilgan.
Ushbu tarjima orqali Forobiy merosi Yevropaga keng joriy qilingan. «Katta musiqa kitobi»ning turli boblari fors va turk tillarida ham nashr etilgan. Bu asar rus, o`zbek va qozoq tillariga qisman tarjima qilingan.
Asar muqaddimasida, Forobiyning ta’kidlashicha, «Katta musiqa kitobi» ikki qismdan iborat bo`lgan. Birinchisida ushbu ilmning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan bo`lsa, ikkinchisi - o`tmish olimlarining musiqa ilmidagi «xatolariga» izoxlar berishga qaratilgan. Kitobning ana shu so`nggi qismi bizgacha yetib kelmagan.
«Katta musiqa kitobi»ning xozirgacha saqlangan nusxasining o`zi ham ikki qismdan iborat. Birinchisi - «Musiqa san’atiga kirish» («Madxam sinoatu fi-l-musiqa»), ikkinchisi - «Asosiy qism («Juzvi asl») deb nomlanadi. O`z navbatida «Musiqa san’atiga kirish» xar biri ikki bobdan iborat bo`lgan ikki faslga ajratiladi. Asosiy qism esa birinchisi-ikki, ikkinchisi- uch, uchinchisi ham uch bobdan iborat uch faslni tashkil qiladi. Shunday kilib, «Katta musiqa kitobi» jami 12 bobdan iborat.
30. Musiqiy meros deganda nimani tushunasiz? T. ib: (Milliy kuy-qo’shiqlar, cholg’ular…)
Musiqiy nazariy meros- Qadimiy madaniyat o`choqlaridan biri - O`rta Osiyoda yashagan xalqlar jahon fani va madaniyati xazinasiga salmoqli hissa qo`shganlar. Ular musiqa madaniyati sohasida ham juda bo’y va qadimiy merosga ega. O`rta Osiyo xalqlarining musiqa madaniyati tarixiga doir qadimiy yozma manbalar va arxeologlari tomonidan topilgan yodgorliklar buning dalili bo`ladi va shu xalqlarning yuksak madaniyatga ega bo`lganligini tasdiqlaydi. Lekin arab istilosi davrida (VII-IX asrlar) boshqa madaniy yodgorliklar qatorida musiqaga doir yozma manbalar qam kuydirilib, yo`qotib yuborilgan. Shuning uchun O`rta Osiyo xalqlarining so`nggi ming yillik madaniyati tarixiga oid yozma manbalargina bizgacha yetib kelgan. IX asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr va Xurosonda xalq ozodlik kurashining avj olishi, yerlik xalqlarning istilochilarga qattiq qarshilik ko`rsatishi va qo`zg`olonlari natijasida arab xalifaligi hukmronligi ag`darilib, mahalliy Tohiriylar va so`ngra Somoniylar davlati barpo etildi. Bu davrda fan, madaniyat va san’atning rivojlanishi uchun bir qadar sharoit yaratildi. O`rta Osiyodan chikqan qator olimlar xuddi shu davrlarda o`rta asr fani tarixida o`zlarining ilmiy asarlari bilan jahonga mashhur bo’`ldilar. Fanning boshqa sohalarida ham o`lmas ilmiy asarlar yaratgan al-Forobiy, Ibn Sino, al-Xorazmiy kabi ko`pgina buyuk olimlar musiqa nazariyasi («Ilmi musiqiy») bo’`yicha ham ilmiy asarlar yaratdilar hamda Shark musiqafani taraqqiyoti tarixida butun bir davr ochib berdilar. Bu olimlar Sharq xalqlarida qo`llanilgan musiqa nazariyasining yuzaga kelishida hal etubchi rol o`ynadilar. Buyuk faylasuf-olim, o`rta asr Sharq musiqa nazariyasining asoschilaridan biri - Abu Nasr Muhammad al-Forobiy 871 yilda Sirdaryo yoqasidagi Farob shahrida tug`ilib, 950 yilda vafot ztgan. U, O`rta Osiyo turkiy qabilalaridan chiqqan bo`lib, dastlabki ma’lumotni o`z yurtida oladi. Durustgina bilim egasi bo’`lgan al-Forobiy Vag`dod, Damashq shaharlariga, so`ngra Misrga boradi va u yerlarda o`z ma’lumotini oshiradi. Al-Forobiy ajoyib musiqachi va musiqa nazariyachisi edi. U, o`z davrida mavjud bo`lgan barcha musiqa asboblarida chalardi. Kuylarni ayniqsa nay va tanburda katta mahorat bilan ijro etardi. Ba’zi manbalarda ko`rsatilishicha, al-Forobiy qonun asbobini ixtiro etgan, o`sha davrlarda mashhur bo’`lgan ud sozini takomillashtirishda juda katta ishlar olib borgan. Al-Forobiy falsafa, mantiq, matematika va boshqa fanlar bo’`yicha katta-katta ilmiy asarlar yaratgan zamonasining yetuk olimlaridan edi. Musiqa ilmi esa matematika fanlaridan biri hisoblanib, ularga arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa ilmlari kirardi. Al-Forobiy o`zining musiqaga vag`ishlangan risolalarida Sharq musiqa nazariyasini asoslab berdi. Uning musiqa asarlari «Kitabul-musiqiy al-kabir» («Musiqaga doir katta kitob»), «Kilamu fil-musiqiy» («Musiqaning uslublari haqida kitob»), «qitabul-musiqiy» («Musiqa kitobi»), «qitabun fi-ihsa’il - ulum» («Fanlar klassifikatsiyasiga doir kitob»)ning musiqaga vag`ishlangan qismi, «Kitabun fi-ihsa’il-iqa’» («Musiqa ritmlari - iqo’ klassifikatsiyasi haqida kitob») va boshqalardir.
41- 42. Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqiy-ritmik harakatlarni bajarishga doir metodik tavsiyalar? T.ib: (yettita qo’l oyoq holatlari)
Musiqiy va ritmik harakatlar - bu faol harakat, bu harakatdagi musiqaning tabiatini aks
ettiradi. Musiqiy va ritmik harakatlar musiqiy o'yinlar, raqslar va mashqlarni o'z ichiga oladi.
Musiqiy ritmik ta'limning asosi bolalarda musiqiy tasvirlarni idrok etish va ularni harakatda
aks ettirish qobiliyatini rivojlantirishdir. Musiqiy ritmik ta'limning ma'nosi va vazifalari Musiqiy
ritmik ta'lim tizimi birinchilardan bo'lib 19-asr oxirida ishlab chiqilgan. Shveytsariya
o'qituvchisi va musiqachisi Emil Jak-Dalkroz. Ko'plab musiqachilar, o'qituvchilar, psixologlar,
metodistlar va maktabgacha ta'lim muassasalarining musiqiy direktorlari zamonaviy musiqiy
ritmik ta'lim tizimini yaratish ustida ishladilar.
44 - Dinamik ishorala (tuslar) bu: T.ib: (Musiqaning ifoda vositalar, pp.mp.ff)
Musiqada uning eshitilish kuchi turli darajada namoyon bo’ladi . Bu tovush kuchli dinamik belgilar bilan ko’rsatiladi. Dinamik belgilar katta ifoda kuchiga ega. Masalan, kuyning ko’tariluvchi harakati eshitish kuchini oshirib boradi, quyillashuvchi harakat esa , eshitilishning pasayishiga olib keladi. Musiqada keng qo’llaniladigan iboralar :
a)Muttasil kuchlilik darajasini beradigan belgilar
fortissimo – ff- juda kuchli; forte – f – kuchli
mezo forte – mf – o’rta kuchli ; planissimo – pp – juda past
plano – p – past; mezzo plano – mp – o’rtacha past
b) Muttasil o’zgaruvchi kuchlikni ifodalovchi belgilar:
crecendo – yoki kuchaytiruv belgisi
poco a poco crecendo – sekin asta kuchaytirib
diminuendo- yoki pasaya borish belgisi
poco a poco diminuendo-sekin asta pasayish
v) kuchlilik darajasini o’zgartirish uchun qo’llaniladigan belgilar:
piu forte – yana kuchli
meno forte – sal kuchli
sforzando – ayrim tovushlarni sekin zarbi.
45. Sinkopa nima? T. Ib: (kuchli va kuchsiz hissalarning almashinib qolishi)
Ritm va metr zarblarining bir- biriga to’g’ri kelmay qolishi va buning natijasida ritmdagi izchillik buzilishiga sinkopa deyiladi. Sinkopa yunoncha – syncope – so’zidan olingan bo’lib, “ qisaqrtirisg “ , “kesish “ ma’nolarini beradi. Sinkopa natijasida kuchli yoki nisbiy kuchli hissadagi zarb kuchsiz hissaga ko’chadi, shuning uchun ham sinkopadagi zarblar kutilmaganliklari bilan alohida ajralib turadi. Sinkopalarning asosiy turlari:
Taktaro sinkopalar – biron bir taktning kuchsiz hissasida olingan tovush navbatdagi taktning kuchli hissasida ham cho’zilib qolsa hosil bo’ladi.
Takt ichidagi sinkopalara kuchsiz hissadagi tovushning kuchli hissa ham davom etishi natijasida hsil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |