1. O’zbek milliy cholg’ularining tarixi va rivojanishi haqida yozing



Download 185,02 Kb.
bet1/39
Sana31.12.2021
Hajmi185,02 Kb.
#266003
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
musiqadan


1 . O’zbek milliy cholg’ularining tarixi va rivojanishi haqida yozing. T. Ib: (Dutor, rubob, doira, g’ijjak, nay, tanbur, chang)

Dutor- o’zbek an’anaviy chertim cholg’u sozlaridan biri. Uzoq o’tmishdan xalq ijrochilik amaliyotidan munosib o’rin egallab kelayotgan dutor, ayni paytga kelib an’anaviy ijro uslubiga xos barcha guruhlartarkibidan joy oldi. An’anaviy yakkanavoz cholg’u sifatida shakllandi va yetakchi cholg’ular qatoriga kirdi.

Dutor tut, oʻrik, yongʻoq yogʻochlaridan yasaladi. Dutorning qorni oʻnga yaqin yupqa taxtakachni egib, bir-biriga yopishtirilib yasaladi. Buning ustidan qopqoq yopiladi va tayyor boʻlgan qorin dastaga ulanadi.

Torgir yoki tor ilgak dutorning ikki simini koʻtarib turadi. Dutorning dastasi ingichka uzun boʻladi. Boshqa torli asboblarda odatda metal pardalar boʻlsa, dutorda dastasiga oʻralgan 15 ga yaqin ipak parda boʻladi. Zamonaviy dutorlarning pardalari baʼzan yogʻoch yoki suyakdan yasaladi.



Rubob – o’zbek an’anaviy chertib chalinadigan cholg’u sozlaridan . Musiqa ijrochilik amaliyotida rubobning ikki turi mavjud – afg’on rubobi va qashqar rubobi . Afg’on rubobi ko’proq ijrochilik amaliyotida qo\llaniladi . An’anaviy rubob esa Qashqar rubobi nomi bilan mashhur cholg’udir. XX asrning boshlarida Qashqardan keltirilgan rubobning takomillashgan variant sifatida ijro amaliyotida ommalashgan.

Rubob — torlu cholgʻu asbobi. Noxun (mediator) bilan chertib chalinadi. Oʻzbek, tojik, uygʻur, afgʻon va boshqa sharq xalqlari orasida keng tarqalgan. Baʼzi olimlar fikriga koʻra, qadimda 2 torli kamonli rubobdan zamonaviy skripka yuzaga kelgan. Hozir rubobning uch xili mavjud: qashqar rubobi, afgʻon rubobi va pomir rubobi.

Doira (childirma, chirmanda, doyra, daff, dapp) — oʻzbek, tojik, uygʻur va boshqa sharq xalqlarining cholgʻu asbobi. Doira zarb bilan urib chalinadi. Gardishi oʻrik, yongʻoq yogʻochidan yasaladi. Gardishi ustidan tashqari tomondan teri bilan qoplanadi. Gardishning ich tomoniga tamburinnikiga oʻxshash xalqachalar osiladi.

Oʻrta asr musiqa risolalarida bayon etilgan rivoyatlarga koʻra gʻijjakni (gʻipchak nomi bilann) Forobiy yaratgan, Ibn Sino dastlabki 2 torini kvartaga soxtagan, Qulmuhammad Udiy esa Gʻijjakka 3-torni qoʻshgan. Ungacha 2 simli gʻijjakda ipakdan eshilgan yoki simli aks-sado beruvchi torlar soni 8-11 tagacha boʻlgan.

Alisher Navoiyning „Majolis un-nafois“ asarida aytilishicha, gʻijjakni chala bilish barcha saroy sozandalari uchun shart boʻlgan. Oʻrta asrda Alijon Gʻijjakiy, Xoʻja Oʻzbek Gʻijjakiy kabi sanʼatkorlar mashhur boʻlgan.

Tanbur — torli musiqa asbobi. Oʻzbek milliy cholgʻularidan biri hisoblanadi. Oʻzbek mumtoz maqomlari aynan tanbur cholgʻusida ijro etilgan. Tanbur oʻng qoʻlning koʻrsatrgich barmogʻiga maxsus noxun (mediator) taqib chalinadi. Chalinganda faqat birinchi simi chertib chalinadi, qolganlari esa sadolanib turish uchun xizmat qiladi. Forobiyning musiqa risolasida Xuroson tanburining parda tuzilishi keltirilgan. Tanbur oʻzbek, tojik, uygʻur va boshqa xalqlarda professional soz sifatida keng tarqalgan. Asbobning chortor (4 torli), panjtor (5 torli), shashtor (6 torli) turlari bor. Tanburning elektr adapter bilan jihozlangan turlari estrada ijrochiligida qoʻllaniladi.




Download 185,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish