1. О‘simliklarning nafas olishi va uning ahamiyati



Download 1,33 Mb.
Sana23.07.2022
Hajmi1,33 Mb.
#844715
Bog'liq
1-2-savollar


1.О‘simliklarning nafas olishi va uning ahamiyati
Bu jarayonnnng shakliy tenglamasini qo’yidagicha kо’rsatish mumkin:
О’simliklar hujayralarida boradigan oksidativ reaksiyalar organik moddalarning kislorod ishtirokida anorganik moddalarga (SO2 va N2O) parchalanishi va kimyoviy energiya ajralib chiqish jarayoni nafas olish deyiladi.
S6N|2O6 + 6O2 6SO2 + 6N2O + energiya ( 2875kDJ mol).
Tirik organizmlarda boradigan nafas olish jarayonida kislorodning rolini dastlab XVIII asrning oxirlarida fransuz olimi A L Lavuaze ilmiy asoslab bergan edi.
U о’zining 1773-1783 yillarda о’tkazgan bir qator tajribalarida nafas olish va yonish jarayonlarining о’xshashligini isbotlab berdi.
U nafas olishda atmosferadan kislorod yutiladi va atmosferaga karbonat angidrid ajralib chiqadi, deb ta’kidladi.
О’simliklarning nafas olish
О’simliklarning maxsus nafas olish a’zolari bо’lmaydi. Ularning barcha hujayralari va tо’qimalari mustaqil nafas olish xususiyatiga ega.
Nafas olish koeffitsiyenti
О’simliklarning nafas olish jarayonida ajralib chiqqan karbonat angidridning yutilgan kislorodga bо’lgan nisbatiga—nafas olish koeffitsiyenti deyiladi
Umuman, о’simliklarning nafas olishi muhim fiziologik jarayon bо’lib, u qorong’ilik yoki yorug’likdan qa’tiy nazar tirik hujayralarda doimiy xarakterga ega.
Anaerob nafas olish
Uglevodlarning anaerob sharoitda parchalanishi glikoliz ham deb ataladi. Bu jarayonda juda kam miqdorda energaya ajralib chiqadi va oxirgi bosqich mahsuloti pirouzum kislotasi hosil bо’ladi.
Glikoliz anaerob nafas olish va bijg’ish jarayonlarining boshlang’ich bosqichidir.
О’simliklar tarkibidagi nafas olish jarayonining asosiy mahsuloti bо’lgan monosaxaridlarning reaksiya qobiliyati ancha past bо’lib, keyingi almashinuv jarayonida ishtirok etish uchun ularni biroz energiya bilan ta’minlash zarur.
Bunga monosaxaridlarni energiyaga boy bо’lgan birikmalar bilan reaksiyaga kiritish va fosforli efirlar hosil qilish yо’li bilan erishiladi.
2. O`simlikning o`sishi, rivojlanishi
O’simliklarning biologiyasi va yetishtirish texnologiyasini o’rganishdan oldin o’simlikshunoslikda qo’llanadigan ayrim atamalar bilan tanishish zarur.
O’sish — o’simlik organlarining (bo‘yi, barg soni, vazni) o’zgarishi.
Rivojlanish — o’simlikda sifat tomonidan bo’ladigan o’zgarishlar, generativ organlarning shakllanishi, ontogenez jarayonining bir davrdan keyingi davrga o’tishi.
O’simliklarning o’sishi va rivojlanishi bir xil o’tmaydi. Qisqa kun o’simliklari shimolda ekilgan bo’lsa, yaxshi o’sadi, ammo rivojlanishiga kerakli issiqlik yetarli bo’lmaganligi uchun o’suv davri uzayadi, davrlararo davr uzayadi. Uzun kun o’simliklari janubda ekilsa, davrlararo davr tez o’tadi, chunki kerakli issiqlik qisqa muddat davom etadi, shuning uchun bu o’simliklar yaxshi o’sa olmaydi, bo’yi past bo’lib qoladi.
Ontogenez — bir yillik o’simliklarda urug’ unib chiqqandan to yana urug’ hosil bo’lgungacha urug’ davr, ko’p yillik o’simliklarda urug’ unib chiqishdan boshlab qurib qolgunigacha davom etadi.
O’suv davri — bir yillik ekinlar uchun ekishdan boshlab pishish davrigacha bo’lgan vaqt tushuniladi. Ko’p yillik ekinlarda — bahorda kurtaklarning hosil bo’lishidan to kuzgi o’sish to’xtaguncha bo’lgan vaqt o’suv davri deb hisoblanadi.
Generativ davri — ekinlarning shonalash davridan to’la pishish davrigacha davom etadi. O’simliklarning generativ davri o’sish davridan uzoqroq davom etganda urug’ hosili yuqori bo’ladi. O’suv davri uzoq davom etgan tur va navlarda ko’k massa hosili yuqori bo’ladi.
Organogenez — ontogenez davrida rivojlanish davrlarining ketma ket o’zgarishiga aytiladi.
O’simliklarning rivojlanish davrlari ontogenez jarayonidagi shartli tanlangan o’simlikda keskin ro’y beradigan o’zgarishlar, masalan, maysalanish davrining boshlanishi yer yuzida donli ekinlarning birinchi bargi ko’rinishidan shu davrgacha bo’ladigan o’zgarishlar hisobga olinmaydi yoki tuplanish davrining boshlanishi yer ustida yon poyalarning o’sib chiqish davridan hisobga olinadi. Xaqiqatda tuplanish davri poyaning yer osti qismida yon poyalarning rivojlanishidan boshlanadi.
O’g’itning o’lchovli miqdori — yillik o’g’itlash me’yoridan bir o’g’itlashda solinadigan o’g’itning miqdori. Masalan, kuzgi bug’doy yetishtirishda azotli o’g’itning me’yori 150kg/ga. SHu me’yorning 30 kg ekishdan oldin, 60 kg nay o’rash davrida va qolgani gullash davrida solinadi.
Xosilga ta’sir qiladigan omillarni uch guruhga bo’lish mumkin:
1. Boshqarilmaydigan omillar -issiq haroratning davom etishi, kechki sovuqning tushishi, quyosh nurining ta’siri, foydali harorat yig’indisi
2. Qisman boshqarish mumkin bo’lgan omillar - yer yuzida qorni tekislash, taqsimlash, tuproq namligi, fitotsenozdagi havoning namligi, suv va shamolning tuproqni yemirishi, tuproq chirindisining miqdori, tuproq muhiti, tuproqning mikrobiologik faolligi
3. Boshqara oladigan omillar - ekin turi, nav, begona o’tlar bilan ifloslanish darajasi, o’simlikni kasallik va zararkunandalar bilan zararlanganligi, tuproqni azot, fosfor, kaliy va kaltsiy xamda mikroelementlar bilan ta’minlanishi, tuproq muhitini o’zgartirish, tuproqning havo o’tkazishini yaxshilash
Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish