Ta’lim oluvchilarning kitob va xujjatlar bilan ishlashi - Ta’lim oluvchilarning kitob va xujjatlar bilan ishlashi. Ilmiy va amaliy pedagogikada ta’lim oluvchilarning kitob bilan ishlashlarini bir qator metodik turlari ko‘rsatilgan: tez o‘qitish, konspekt olish, asosiy joylarni aniqlash va reja tuzish, misollar muhokamasi, nazorat savollariga javob va hokazolar.
- Biroq texnika va texnologik kitoblar bilan ishlaganda mazkur usullarni to‘liq qo‘llash mumkin emas.
- Texnik fanlar yuzasidan ta’lim oluvchilarning kitob bilan ishlashlari jarayonida texnika va texnologiya bo‘yicha materialni, vazifani yaxshilab o‘rganish kerak bo‘ladi. Bu vazifalarni tablitsa to‘ldirish orqali ham o‘rganish mumkin. Jadvalda quyidagi grafiklar bo‘lishi kerak: mashinaning ahamiyati, mexanizmlari, qismlari, qismlarning vazifalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |