Ta’lim metodlarini tanlash mezonlari - Mazmunlardan biri induktiv metod orqali yaxshi yoritib berilishi, boshqasi esa – deduktiv metod yordamida yoritib berilishi mumkin.
- Muayyan dars jarayonida muammoli izlanish metodini qo‘llash, boshqa bir dars jarayoni uchun to‘g‘ri kelmasligi ham mumkin.
- Metod tanlashning mezonlaridan biri o‘quv jarayonini tashkil qilish shakllari, umumiy guruh, zveno va yakka tartibdagi ishlar uchun ta’limning turli metodlaridan foydalanishning zarurligidir. Ta’lim metodini tanlashda o‘qituvchi o‘zi imkoniyatlari va pedagogik bilim darajasiga asoslangan holda ta’lim metodini tanlasa, bu orqali yuqori darajadagi o‘quv tarbiya natijalariga erishishi mumkin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |