- Reproduktiv mashq - bu tipdagi mashqlarni bajarishda ta’lim oluvchilar qurilmaning tuzilishi, materiali, asbob-uskunalar, yozma vazifalarini o‘rganishadi. Reproduktiv mashqda chizma, sxema, grafik va diagrammalar muhokama qilinadi hamda ta’lim oluvchilar tomonidan ular bajariladi. Kasbiy fanlar bo‘yicha texnik xujjatlar – stanok pasportlari va texnologik kartalarni o‘rganish mumkin.
- Badiiy mashq. Ta’lim oluvchilar bu turdagi mashqlarni bajarishda egallagan bilim va malakalaridan turli xil kombinatsiyalarda foydalanishadi, ya’ni oldiga qo‘yilgan vazifalar yuzasidan mustaqil ravishda original javoblarini topishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |