Sotsiologik tafakkurning rivojlanishida Qadimgi yunon faylasuflari Suqrot, Platon, Aristotelning hizmatlari kattadir. Suqrotning axloq, yaxshilik, adolat, davlat xaqidagi qarashlari sotsiologik tafakkur rivojida alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Suqrotning qarashlari uning shogirdi Platonning «Qonunlar», «Davlat to‘g‘risida» kabi asarlarida takomiliga yetgan. Platon g‘oyalar olamidagi barcha narsalarning ibtidosi, real olam g‘oyalarning natijasidir, narsalar olami uzluksiz xarakatdadir, degan qarashni ilgari surgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |