Konfutsiy maktabining davomchilaridan biri bo‘lgan Minszi osmon-falak xaqidagi g‘oyalarni davom ettirib, insonni sevish, adolat, odoblilik, xushfe’llik, bilim inson tabiatiga xos tug‘ma xususiyatdir, har qanday insoniy boshqarish (jen chjen) insonga xizmat qilmog‘i lozim deb, ta’lim bergan. Keyinchalik Syun-Szi xalqni sevish, uning an’analarini qadrlash, aqlli va ilmli odamlarni hurmat qilish, boshqarish ishlariga donishmand kishilarni jalb qilish zarurligi to‘g‘risidagi g‘oyalarni keng targ‘ib etganlar. Albatta, Qadimgi Sharqdagi ilk sotsiologik qarashlar o‘z davri uchun xos bo‘lgan talablardan kelib chiqqan va oxir-oqibatda mavjud tuzumni mustahkamlash uchun hizmat qilgan. Shunga qaramay ular bugungi kun uchun ham qadrlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |