Keyinchalik Syun-Szi xalqni sevish, uning an’analarini qadrlash, aqlli va ilmli odamlarni hurmat qilish, boshqarish ishlariga donishmand kishilarni jalb qilish zarurligi to‘g‘risidagi g‘oyalarni keng targ‘ib etganlar. Albatta, Qadimgi Sharqdagi ilk sotsiologik qarashlar o‘z davri uchun xos bo‘lgan talablardan kelib chiqqan va oxir-oqibatda mavjud tuzumni mustahkamlash uchun hizmat qilgan. Shunga qaramay ular bugungi kun uchun ham qadrlidir. Sotsiologik tafakkurning rivojlanishida Qadimgi yunon faylasuflari Suqrot, Platon, Aristotelning hizmatlari kattadir. Suqrotning axloq, yaxshilik, adolat, davlat xaqidagi qarashlari sotsiologik tafakkur rivojida alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Suqrotning qarashlari uning shogirdi Platonning «Qonunlar», «Davlat to‘g‘risida» kabi asarlarida takomiliga yetgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |