ABU NASR FOROBIY (873-950 y.y.) Qadimgi Yunoy faylasuflari: Platon va Aristotel g‘oyalarini ijodiy rivojlantirdi, o‘zining aniq sotsiologik qarashlarini ilgari surdi; Platon va Aristotel asarlariga ilmiy sharhlar yozdi. U Sharqda Aristotel (Arastu) g‘oyalarining keng ommalashuvida muhim rol o‘ynadi va shuning uchun ham «Ikkinchi muallim» nomi bilan sharaflandi. Forobiyning sotsiologik qarashlari uning «Falsafa manbalari», «Aql haqida risola», «Substansiya», «Davlat haqida risola», «Yetuk shahar kishilarining boshlang‘ich qarashlari haqida kitob», «Fozil shahar aholisining qarashlari», «Baxt-saodatga erishish hahida kitob» asarlarida o‘z ifodasini topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |