Forobiyning jamiyatning tuzilishi, davlat qurilishi, boshqarish shakllari, inson jamoasining vujudga kelishi, inson va uning jamiyatdagi o‘rni, insonga xos bo‘lgan fazilatlar, kishilarning o‘zaro munosabatlari, mehnat faoliyatining ahamnyati, kishilarni o‘zaro hamkorlik va tinchlikka, yagona insoniyat jamoasini tuzishga chaqirish, kishilarni tabiiy xususiyatlariga, avvalo, aqliy qobiliyatiga, insoniy fazilatiga qarab baholash lozimligi to‘g‘risidagi qarashlari bugungi kun uchun ham qimmatlidir. ABU ALI IBN SINO (980-1037 y.y.) o‘z o‘tmishdoshlari bo‘lgan Aristotel, Platon, Al-Kindi, Forobiyning ilmiy merosini chuqur o‘rgandi va ularning ilg‘or qarashlarini ijodiy rivojlantirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |