Ibn Sino, Xudo kishilarni mavqe bilangina emas, balki aql-idrok va tafakkuri bilan ham turlicha qilib yaratgan, deb yozadi.
U hokimlar, vazirlar va harbiylarning axloqiy kamoloti va intellektual rivojlanishiga katta talablar qo‘ydi, ana shu kishilargina tarix yaratadilar mamlakat taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydilar, deb hisobladi.
Markaziy Osiyoda yetishib chiqqan mashhur olim va mutafakkir Abu Rayxon Beruniy (973-1048 y.y) Ibn Sino bilan bir davrda yashadi va o‘zining asarlarini yaratdi. Ayniqsa uning sotsial-siyosiy qarashlari e’tiborga loyiqdir.