6. Ma'naviy axloqiy tarbiyalashga qaratilgan didaktik va harakatli o‘yinlarni tashkil etish
KES-KES O’YINI
Bu o’yinda 4 qadam kattaligida doira chiziladi. Doira markazida o’yin boshchisi turadi. Doira chetida esa barcha o’yinchilar turadi. Ular doirani kesib o’tib doiraning narigi chetida chiqishga harakat qiladilar. O’yinboshchi esa yugurib o’quvchilarga qo’l tegizadi. Qo’l tekkan o’yinchi o’yindan chiqadi. Doiraning eng ko’p kesib o’tgan va tegizmagan o’yinchi g’olib chiqadi. Bu o’yin o’quvchilarni chaqqon bo’lishga, tez yugurishga o’rgatadi va o’z kuchiga ishonchli bo’lish ruhida tarbiyalaydi.
QUSHLAR PARVOZI O’YINI
O’yin (O’quvchilar ) qanotlarini yozib butun maydoncha bo’ylab, uchib yuradilar. «Bo’ron boshlanadi» degan qo’ng’iroq berilishi bilan ular daraxtlarga chiqib yashinadi yoki badan tarbiya devorchasiga tirmashib chiqadilar.
KIM CHAQQONROQ O’YINI
O’yin oromgoh maydonchasida o’tkaziladi. O’yinda 20-30 nafar bola qatnashadi. Hamma o’ynovchilar teng ikki guruhga bo’linib, 20-30 metr oraliqda bir-birlariga yuzma-yuz turadilar. Har bir guruhning o’z qanotida bir oyoqlarini (o’ng yoki chap) tizzadan bukib bog’laydilar. Shundan keyin «boshladik» degan buyruq beriladi. O’ynovchilar bir oyoqda sakrab-sakrab qarshi guruhga boradilar va u yerda ro’molchani yechib o’z guruhlari yoniga yugurib keladilar. Ro’molchani navbatdagi o’yinchiga beradilar, hamma o’yinchilar mana shu harakatni takrorlaydilar. Eng oxirgi o’yinchi ham oldingi o’yinchilarning harakatlarini boshqarib, ro’molchani yetakchilarga beradi. Ro’molchani birinchi bo’lib yetakchiga bergan guruh g’olib hisoblanadi.
O’yinlarni o’tkazishda O’quvchilar ning yosh xususiyatlari, jismoniy tayyyorgarligini hisobga olgan holda o’tkazish yetakchilardan katta mas’uliyat talab etiladi. O’yin qoidasi va tartibini O’quvchilar ga to’g’ri tushunturib berish hamda ularda harakat yoki obraz to’g’risida to’la tasavvur hosil qila olish o’yinning mazmunini qiziqarli, uyushgan holda o’tishini ta’minlaydi. Bu o’yinlar O’quvchilar ni hayoyga tayyorlaydi. Tavsiya etilgan xalq o’yinlari uchun jihozlar tayyorlashga hech qanday mablag’ talab etilmaydi, jihozlarning asosiy qismlarini tabiiy buyumlardan tayyorlash mumkin.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tushunchasi keng qamrovlidir. U o’z yo’nalishiga ko’ra barkamol insonni tarbiylash maqsadini qo’yar ekan, bu vazifani ado etish mas’uliyatni talab etadi.
Yetakchining zimmasiga yoshlarni ma’naviy barkamol, ma’rifatli, yuksak madaniyatli qilib tarbiyalashdek sharafli vazifa yuklangan. Bu ishlarni ko’ngildagidek bajarish uchun izlanish, harakat qilish taqozo etiladi.
Maktab yetakchilari o’quv yilining birinchi kunidan boshlab mustaqil respublikamiz kelajagi uchun qayg’urish, iymonli, ilmga chanqoq, insonlarni kamolga yetkazish uchun bor kuch va bilimi bilan harakat qilishi lozim.
Yetakchi o’quvchilarni tarbiyalash bilan birga o’qishga mas’uliyat bilan qarashga o’rgatadi.
Yetakchi o’zi tarbiyalayotganlarga nisbatan ma’naviy ustunligi, bilimi bilan alohida ajralib turishi lozim.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, o’quv-tabiya, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish, ularni amalga oshirishda maktab rahbarlarining, yetakchilar mehnatini ilmiy asosda tashkil etish ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishda hamda uning sifat va samaradorligini oshirishda muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi.
Yetakchi o’quvchilarni tarbiyalash bilan birga o’qishga mas’uliyat bilan qarashga o’rgatadi. U qayerda faoliyat ko’rsatmasin, hoh maktabda, hoh maktabdan tashqari O’quvchilar muassasalarini maqsadi O’quvchilar dagi yuksak xislatlarni shakllantirish, ularda eng yaxshi xislatlarni rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarni o’stirish, mustaqil hayotga qadam qo’yishiga yo’naltirishdan iboratdir.
Maktabda asosiy o’quv mashg’ulotlaridan so’ng, darsdan tashqari vaqtlarida o’quvchilar o’rtasida yo’lga qo’yiladigan va olib boriladigan, muayyan bir maqsadga qaratilgan, o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishga xizmat qiladigan turli xil ishlar sinfdan tashqari ishlardir. Sinfdan tashqari ishlar o’ziga xos xususiyatlari bilan o’quv mashg’ulotlaridan mutlaqo farq qiladi. Bu ish ixtiyoriy asosda tashkil qilinadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning yana bir xususiyati uning majburiy dasturining yo’qligidir.
Maktabdan va sinfdan tashqari ishlar, maktabdan o’quv ishlari bilan chamchas bog’langandir. Ammo bu ishlarni sinf mashg’ulotlariga qo’shimcha, uning davomi deb hisoblash xatodir. Maktab O’quvchilar tashkilotining yetakchisi sinfdan va maktabdan tashqari olib borgan ishlari orqali O’quvchilar ning tashabbuskorligini va havaskorligini keng rivojlantiradi. Yetakchi bu ishlarni olib borganda O’quvchilar ning yosh xususiyatlari va bilim darajalarini albatta hisobga olish zarur.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tushunchasi keng qamrovlidir. U o’z yo’nalishiga ko’ra barkamol insonni tarbiylash maqsadini qo’yar ekan, bu vazifani ado etish mas’uliyatni talab etadi.
Yetakchining zimmasiga yoshlarni ma’naviy barkamol, ma’rifatli, yuksak madaniyatli qilib tarbiyalashdek sharafli vazifa yuklangan. Bu ishlarni ko’ngildagidek bajarish uchun izlanish, harakat qilish taqozo etiladi.
O’sib kelayotgan yosh avlodga sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar orqali to’laqonli ruhiy ozuqa berish orqali kelgusi ishlar sermahsul va jozibali bo’ladi.
Xulosa
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi sharofati bilan jamiyatimizning siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy hayotida sodir bo’layotgan o’zgarishlar natijasida ta’lim-tarbiya tizimi ham tubdan isloh qilinmoqda.
Istiqlol tufayli hayotimizning hamma jabhalarida tubdan o’zgarishlar yuz berayotgan bir davrda umumiy o’rta ta’lim tizimida O’quvchilar tashkilotlari faoliyatini tubdan qayta qurish va yangilanishni davr taqozo etdi.
Tadqiqot davomida o’quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda O’quvchilar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarining o’rnini o’rgandik va quyidagi xulosaga keldik:
1. O’quvchilarni ma’naviy-axloqiy rivojlantirishda Sharq va G’arb mutafakkirlarining tajribalaridan samarali foydalanish lozim.
2. O’quvchilar tashkilotlari faoliyatining samarali tashkil etishi o’quvchilar ma’naviy-axloqiy tarbiyasida muhim ahamiyatga ega.
3. O’quvchilar tashkiloti faoliyati samaradorligini oshirishda Kengash sardorlari, O’quvchilar yetakchilari, yo’nalish sardorlarining o’zaro hamkorlik munosabatlarini to’gri yo’lga qo’yish kerak.
4. Ta’lim muassasasidagi tashkilot hamda O’quvchilar yetakchisi faoliyatida yo’lga qo’yilayotgan kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etishga doir tavsiyalar berib borish lozim.
5. O’quvchilar tashkilotlarining yo’nalishlari sardorlari faoliyatini samarali tashkil etish lozim. Buning uchun boshlang’ich sinf o’qituvchilari va sinf rahbarlari doimiy ravishda sardorlar bilan birgalikda faoliyat yuritishlari, ularga pedagogic maslahatlar berib borishlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |