1. O‘quvchilarning ma'naviy axloqiy tarbiyalashning nazariy asoslari


Ma'naviy ma'rifiy tadbirlar tashkil etishda ijtimoiy tashkilotlar va ularning ijtimoiy tuzilmasi



Download 138 Kb.
bet5/10
Sana26.03.2022
Hajmi138 Kb.
#511970
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ma\'naviy ma\'rifiy tadbirlar

3. Ma'naviy ma'rifiy tadbirlar tashkil etishda ijtimoiy tashkilotlar va ularning ijtimoiy tuzilmasi
«Ma’naviyat va ma’rifat» yo’nalishi orqali O’quvchilar da milliy g’urur, Vatanga sadoqat, xalqqa muhabbat ruhini yuksaltirish ishlari olib boriladi. Yo’nalishdagi ishlarni tashkil etishda O’quvchilarda insonparvarlik va mehribonlik, erkin fikrlash, tengdoshlari va kattalarga hurmat bilan qarash fazilatlarini shakllantirishga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, O’quvchilar ushbu yo’nalishda mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining urf-odatlari, marosimlari, madaniyati, san’ati bilan yaqindan tanishadilar.
«Ekosan» yo’nalishida O’quvchilar O’zbekiston tabiatini va alohida muhofaza qilinuvchi milliy yodgorliklarni o’rganadilar, yurtimiz tabiatini asrab-avaylash, o’zi istiqomat qiladigan ko’cha, mahalla va uylarni obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etadilar.
«Vatanparvar» yo’nalishidagi barcha ishlar O’quvchilar da ona Vatanni sevish, ardoqlash, o’z Vatani bilan g’ururlanish hislarini kuchaytirish, milliy urf-odatlar, qadriyatlar udumlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashga qaratiladi. O’quvchilar ushbu yo’nalishda Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, uning boyliklari, tabiati va hayvonot dunyosini asrab-avaylash ishiga o’z hissasini qo’shadilar.
«Mehr-shafqat» yo’nalishida O’quvchilar mehrga zoriqqan O’quvchilar ni qo’llab-quvvatlash, muhtoj O’quvchilar ga yordam berish, tengdoshlari uchun qayg’urish kabi insonparvarlik yordami tadbirlarini amalga oshiradilar.
«Umid» yo’nalishida iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvalash, O’quvchilar ni bilim olish va kitobga bo’lgan qiziqishlarini oshirish hamda olimlar, ijodkorlar va ustalar bilan hamkorligini yo’lga qo’yish tadbirlari amalga oshiriladi. O’quvchilar kashfiyotchilik, loyihalashtirish va turli ijodkorlik to’garaklariga qatnashadilar va o’z tengdoshlarini ularga jalb etadilar.
«Sog’lom avlod» yo’nalishida O’quvchilar o’rtasida s’og’lom turmush tarzini targ’ib qilish, shaxsiy gigiyenaga e’tibor berish, badantarbiya bilan shug’ulanish kabi qadriyatlar targ’ib qilinadi. O’quvchilar turli sport to’garaklariga qatnashadilar., sport turlari bo’yicha o’zaro musobaqalar tashkil etadilar, sog’lom bo’lish sirlarini o’rganadilar, yozgi sog’lomlashtirish oromgohlarida faol ishtirok etadilar.
«Axborot-tahlil va matbuot» yo’nalishida O’quvchilar rasmiy ish yuritish, ijodiy faoliyat bilan shug’ullanishning ilk saboqlarini oladilar va bu sohada o’zlarini sinab ko’radilar maktab radio tarmog’i ishini tashkil etishda ishtirok etadilar, devoriy va fotogazetalar chiqaradilar, bezash ishlari bilan shug’ullanadilar, maqolalar yozadilar. 2-ilovada umumta’lim muassasidagi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati «Kamalak» O’quvchilar tashkilotining ish maqsadi aks etgan:
Kamalak» O’quvchilar tashkilotining sardorlari o’z ish faoliyatini tashkilotning Nizomi va faoliyat yo’nalishlari asosida hamda o’quvchilarning talablari va qiziqishlari, milliy an’analar va qadriyatlarni hisobga olgan holda tashkil etadi.
«Kamalak» O’quvchilar tashkiloti sardorlar kengashi raisining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Ta’lim muassasasi O’quvchilar yetakchisi, o’quvchilar bilan birgalikda O’quvchilar ni ularning qiziqishlaridan kelib chiqib to’garaklarga jalb etish;

  • Ta’lim muassasasida o’tkaziladigan ommaviy tadbirlarning tarbiyaviy jihatdan yuqori saviyada o’tishini ta’minlash;

  • Tuman (shahar) sardorlar Kengashi bilan kelishilgan holda va ta’lim muassasasi O’quvchilar yetakchisi, o’quvchilar bilan birgalikda sinflar o’rtasida turli ko’rik-tanlovlar, ko’rgazmalar va musobaqalar o’tkazish, ularda o’quvchilarning ishtirokini ta’minlash;

  • Tuman (shahar) sardorlar Kengashi va ta’lim muassasi O’quvchilar yetakchisidan uslubiy va amaliy yordam olib borish, malakasini muntazam ravishda oshirish;

  • Ta’lim muassasasi sardorlar Kengashi ishini muvofiqlashtirish, rejalashtirish, belgilangan ishlarning bajarilishini nazorat qilish;

  • Ta’lim muassasasi sardorlar Kengashi tomonidan olib boriladigan ishlarni tahlil qilish, hisobotini olib borish va tuman (shahar) «Kamalak» O’quvchilar tashkilotini ma’lumot bilan ta’minlash;

  • Sardorlar Kengashi faoliyatiga oid barcha hujjatlarning to’g’ri yuritilishini ta’minlash;

  • Ta’lim muassasi ma’muriyati bilan doimiy aloqani yo’lga qo’yish, amalga oshirayotgan ishlarini kelishish.

«Oltin meros» yo’nalishi sardorining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Tadbirlarni yuksak saviyada o’tishida umumta’lim muassasasi sardoriga doimiy yordam berish;

  • Milliy hunarmandchilik bilan shug’ullanadigan barcha ijodkor O’quvchilar ga doimiy amaliy yordam ko’rsatish;

  • Milliy an’ana va qadriyatlarmizni, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan tarixiy va madaniy merosni o’rganish, targ’ib qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish;

  • Xalqimiz an’analariga xos bo’lgan bayram tadbirlarini o’tkazish;

  • Tarixiy obidalar haqida ma’lumot yig’ish, ular to’g’risida burchak, albom va referatlar yaratish, ushbu obidalarga sayohatlar uyushtirish;

  • Xalqimizning boy tarixiy va madaniy merosini o’rganish maqsadida «Yosh tarixshunos», «Yosh hunarmand», «Yosh folklorshunos» kabi klublarni tashkil etish.

«Ma’naviyat va ma’rifat» yo’nalishi sardorining vazifalari:

  • Tadbirlarning yuksak saviyada o’tishida umumta’lim muassasasi sardoriga doimiy yordam berish;

  • Ma’naviyat va ma’rifat yo’nalishida bayram tadbirlarini tashkil etish;

  • Muzey, teatr, kinoteatr, istirohat bog’i kabi madaniy maskanlar, shuningdek, Respublikamizdagi diqqatga sazovor joylarga sayohatlar uyushtirish;

  • Vatanimizda ijod qilayotgan ma’naviyatli va ma’rifatli insonlar bilan bilan ijodiy uchrashuvlar uyushtirish;

  • Kutubxonalar bilan aloqada bo’lib, turli kitobxonlik, mushoira kechalarini o’tkazish;

  • O’quvchilarning bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanish maqsadida «Yosh ijodkor», «Yosh tadbirkor», «Yosh ma’rifatparvar» kabi klublarni tashkil etish;

«Ekosan» yo’nalishi sardorining vazifalari quyidagicha belgilangan:

  • Atrof-muhitni asrash va yaxshilashga aniq hissa qo’shish maqsadida «Yashil patrulchilar» guruhlarini tashkil etish;

  • atrof-muhitni muhofaza qiluvchi tashkilotlar jamg’armalar bilan doimiy aloqa o’rnatib borish;

  • o’quv muassasasi o’zi istiqomat qiladigan ko’cha, mahalla va uylarni obodonlashtirish ishlariga O’quvchilar ni jalb qilish, hasharlar tasgkil etish;

  • ekologik madaniyatni shakllantirish, uni targ’ib qilish bo’yicha seminar-treninglar, tadbirlar o’kazish;

  • o’quvchilarning bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanish maqsadida «Yashil tabiat do’stlari», «Yosh ekolog», «Yosh zoolog» kabi klublarni tashkil etish.

«Vatanparvar» yo’nalishi sardorining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • O’quvchilar ning ona Vatanimizga bo’lgan muhabbatini yanada oshirishga qaratilgan tadbirlarni o’tkazish;

  • Vatanimiz taraqqiyoti yo’lida o’z hissalarini qo’shayotgan zamonamiz qahramonlari bilan O’quvchilar ni ijodiy uchrashuvlari, davra suhbatlari o’tkazish;

  • 14-yanvar «Vatan himoyachilari kuni»ni munosib ravishda nishonlash, harbiy qismlarga tashrif buyurish;

  • 9-may «Xotira va qadrlash kuni» va boshqa atoqli kunlar arafasida ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, yurt tinchligini ta’minlash ishiga o’zining munosib hissasini qo’shgan faxriylar bilan O’quvchilar ning uchrashuvlarini uyushtirish;

  • «Ogohlikka da’vat» shiori ostida «O’quvchilar terrorizm, diniy ekstremizm va fundamentalizmga qarshi» aksiyalarini amalgam oshirish;

«Mehr-shafqat» yo’nalishi sardorining vazifalari quyidagi tartibda belgilangan:

  • Mehrga zoriqqan O’quvchilar ni qo’llab-quvvatlash maqsadida ularga moddiy va ma’naviy yordam ko’rsatish aksiyalarini uyushtirish;

  • Mehribonlik uylari shunga o’xshash, muassasalarida turli xil ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy loyihalarni amalga oshirish;

  • Mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchi yosh ijodkorlar bilan aloqa o’rnatib, ularning ijod mahsullarini targ’ib qilish maqsadida turli xil ko’rgazmalar, ijodiy kechalar tashkil etish;

  • O’quvchilar orasida mehrga muhtoj bo’lgan insonlarga qayg’urish hissini yuksaltirish maqsadida «Mehr-shafqat» klubini tashkil etish va ular bilan birgalikda faxriylar, nogironlar, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari holidan xabar olish tadbirlarini uyushtirish.

  • Maktab hududidagi mahallalarda istiqomat qilayotgan qariyalarning uy sharoitini o’rganish;

  • mehnat faxriylarining ro’yxatini olish va ularga klub a’zolarini berkitish;

  • qarovchisi bo’lmagan keksa fuqarolar ro’yxatini tuzish va klub a’zolariga ularni berkitish;

  • nogironlar va yolg’iz keksalarga uy yumushlariga yordamlar uyushtirish;

  • ta’lim tizimida ko’p yillar davomida pedagogik faoliyat ko’rsatgan nafaqaxo’r qariyalarning holidan xabardor bo’lish, ular bilan suhbatlar tashkil etish;

  • «Men mehr va muruvvatni qanday tushunaman » mavzusida insho tanlovini o’tkazish;

  • Yosh avlodni mehr va muruvvatli ruhda tarbiyalash, boy kasbiy va hayotiy tajribalar, ezgu an’analar, ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarning uzviyligini ta’minlashmarsadida o’quvchilar bilan keksa faxriylar o’rtasida «Ikki avlod uchrashuvi», «Hayot saboqlari» mavzusida tadbirlar o’tkazish;

  • «Xotira va qadrlash» kuniga bag’ishlab maktab radiosidan chiqishlar tayyorlash;

  • «Xotira va qadrlash» kuniga bag’ishlab gazeta chiqarish;

  • «Xotira va qadrlash» kuniga bag’ishlab maktab kutubxonasida ko’rgazma tashkil etish;

  • «Kamalak-mahallada» mavzusida tadbir o’tkazish;

«Umid» yo’nalishi sardorining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • O’quvchilar o’rtasida kashfiyotchilik, loyihalashtirish va turli ijodkorlik harakatini rivojlantirish, fan olimpiyadalari, to’garaklarga qatnashishga targ’ib qilish;

  • qoloq o’quvchilar bilan ishlash, ularga a’lochi o’quvchilarni biriktirish ishlarida ishtirok etish;

  • iqtidorli, iste’dodli O’quvchilar ning «Yosh ixtirochi», «Yosh loyihachi», «Yosh konstruktor», «Yosh ijodkorlar» kabi klublarni tashkil etish;

  • Eng yaxshi ijodkor, kashfiyotchi, dasturlovchi, loyiha va hokazo nomlarda viktorina ko’rik tanlovlarini o’tkazish;

  • Olimlar, xalq ustalari, iste’dodli va ijodkor kishilar bilan doimiy hamkorlik o’rnatish, ular bilan O’quvchilar nina uchrashuvlarini o’tkazish.

«Sog’lom avlod» yo’nalishi sardorining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • O’quvchilar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish, badantarbiya bilan shug’ullanish kabi qadriyatlarni targ’ib qilish;

  • O’quvchilar o’rtasida turli xil sport musobaqalarini o’tkazish;

  • «O’quvchilar giyohvandlik, OITS, ichkilikbozlik, kashandalik kabi illatlarga qarshi» mavzusida aksiyalar, rasmlar va ijodiy ishlar tanlovlarini o’tkazish;

  • taniqli sportchi va murabbiylar, tibbiyot xodimlari, soha mutaxassislari bilan O’quvchilar ning uchrashuvlarini o’tkazish ishlarida qatnashish.

  • o’quvchilarni sport to’garaklariga jalb etish;

  • sinflararo sport musobaqalarini uyushtirish;

  • maktablararo sport musobaqalarida ishtirok etishni ta’minlash;

  • maktabdan chiqqan sport chempionlari bilan uchrashuvlar o’tkazish;

  • O’zbekiston, viloyat, shahar chempionlari bilan uchrashuvlar o’tkazish;

  • maktab o’quvchilari o’rtasida milliy sport musobaqalarini tashkil qilish.

«Axborot-tahlil va matbuot» yo’nalishi sardorining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • «Kamalak» O’quvchilar tashkiloti sardorlar kengashiga oid hujjatlarni yuritish va to’laqonli olib borish;

  • devoriy va fotogazetalar chiqarish, ta’lim muassasasi radio tarmog’i ishini tashkil etishda qatnashish;

  • O’quvchilar tashkiloti uchun ajratilgan va ommaviy tadbirlar o’tkaziladigan joylarni bezash, shiorlar, e’lonlar yozish;

  • O’quvchilar ning darslariga qatnashishini kuzatish, davomatni o’rganish va tahlil qilish;

  • Sardorlar Kengashi yig’lishini tayyorlash va o’tkazishda ishtirok etish;

  • Sardorlar Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qilish;

  • Sardorlar Kengashi tomonidan olib borilayotgan ishlarni tahlil qilish, hisobotni olib borish va ma’lumotlarni to’plash.

Tarbiyasi og’ir o’quvchilar bilan ishlash klubi sardorining ish vazifalari quyidagilardan iborat:
- tarbiyasi og’ir o’quvchilarni aniqlash va ularga faol o’quvchilarni biriktirish;
- tarbiyasi og’ir o’quvchilarni to’garaklarga jalb etish;
- tarbiyasi og’ir o’quvchilarni «Kamalak» O’quvchilar tashkilotining jamoatchilik ishlariga jalb etish;
- tarbiyasi og’ir O’quvchilar ning ota-onasi, uy sharoit bilan tanishish;
- tarbiyasi og’ir o’quvchilarni sport musobaqalariga jalb etish.
«Radio eshittirish» klubining ish rejasi quyidagi vazifalarni ichiga oladi:
- radio tarmog’ini tashkil etish va muntazam bekamukust ishlab turishini nazorat etish;
- radiostansiyaning o’ziga xos va mos masalan, «Nigoh», «Ko’zgu», «Ma’naviyat», «Kamalak», «Mash’al» kabilar bilan nomlash va ishlash;
- radio tarmog’ yordamida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni targ’ib qilish;
- tashkilot tizimidagi yangiliklarni targ’ibot qilish;
- maktab tizimidagi yangiliklardan xabardor qilib boorish;
- ta’lim tizimidagi yangiliklarni targ’ibot qilish;
- respublika va mahalliy gazetalar sharhi, ayniqsa, O’quvchilar gazeta va jurnallari «Tong Yulduzi», «G’uncha», «Gulxan» jurnallari sharhi;
- maktab va sinflararo o’tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar haqida ma’lumot berish;
- «Eng odobli o’quvchi», «Eng namunali oila», «Eng a’lochi o’quvchi», «Bizning chempion», «Zulfiya» mukofotiga loyiq deb topilgan o’quvchilar haqida suhbat;
- giyohvandlik va ichkilikbozlikning zararlari haqida suhbat;
- yosh sozanda, xonanda, ertak aytish, she’rxonlik musobaqalarini o’tkazish;
- maktab, mahalla va ota-onalar hamkorligidagi ishlar yuzasidan suhbat;
- buyuk allomalarni tavallud kunlarini nishonlash;
- yirik qadamjoylar, ziyoratgohlar, muzeylar haqida suhbat;
- sinfda, maktabda va maktablararo o’tkazilgan sport musobaqalarining yakuni haqida ma’lumotlar berish.

Download 138 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish