2. Ma'naviy ma'rifiy tadbirlar o‘quvchilarni ma'naviy axloqiy tarbiyalash vositasi sifatida
Har bir bolaning barkamol bo’lib o’sishiga xalq ta’limining barcha bo’g’inlarida ish faoliyati yangicha rivojlantirish, ijodiy ishlar, izlanishlar vatashabbuskorlikni yanada kuchaytirish zarur.
Istiqlol tufayli hayotimizni hamma jabhalaridatubdan o’zgarishlar yuz berayotgan bir davrda umumiy o’rta ta’lim tizimida O’quvchilar tashkilotlari faoliyatini tubdan qayta ko’rishva yangilashni davr taqoza etdi.
«Kamalak» O’quvchilar tashkiloti o’z ish jarayonida respublikadagi va xalqaro miqyosdagi jamoat tashkilotlari, O’quvchilar birlashmalari, respublika vazirliklari, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan aloqalar o’rnatish hamda ularning imkoniyatlaridan keng foydalanish huquqiga ega.
«Kamalak» O’quvchilar tashkiloti o’z a’zolarini jahon andozalariga mos ravishda ilm va ma’rifat sohiblari, barkamol inson qilib yetishishlari uchun ko’maklashadi.
Tashkilotning asosiy maqsadi bolarning huquqlari va erkinlarini himoya qilish, Prezident va davlat ramzlariga sadoqatli bo’lishlari, o’z Vatanining sodiq fuqarolari bo’lib yetishishlari, o’z ishlari va harakatlari bilan jamiyatga foyda keltirishlariga yordam berishdir.
«Kamalak» O’quvchilar tashkilotining bosh shiori: «Ezgu maqsad sari Vatanni ulug’laymiz, do’stlikni qadrlaymiz».
Tashkilotning asosiy vazifalari:
tashkilotga a’zo bo’lgan jamoa va guruhlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
O’quvchilar da tashabbuskorlik, tadbirkorlik va ishbilarmonlik ko’nikmalarini hosil qilish hamda qo’llab-quvvatlash;
jismoniy, ma’naviy sog’lom avlodni va ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishga hissa qo’shish
tashkilot a’zolarini respublikamizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining urf-odatlari, an’analari marosimlari, madaniyati, san’atini hurmat qilishga o’rgatish;
xorijiy O’quvchilar tashkilotlari bilan aloqalar o’rnatish va uni rivojlantirish;
milliy g’urur, milliy mafkuraviy onglilik, milliy odob, fidoyilik fazilatlarini shakllantirish;
«Xizmat-beminnat», «Mehr-shafqat» guruhlarini tashkil etish orqali O’quvchilar da mehnatsevarlik, haqqoniylik, mehribonlik va insoniylik fazilatlarini shakllantirishda ko’maklashish;
sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish;
jamoa orasida o’z fikrini to’la ifodalashga o’rgatish;
iqtidorli O’quvchilar ni izlab topish, ularning iqtidorini namoyon etish va uni amalga oshirishga sharoit yaratish;
milliy madaniyat va ma’naviyatni o’rganish orqali Vatanga sadoqat, xalqqa muhabbat ruhini yuksaltirish;
buyuk ajdodlarimiz merosi va xalqimizning bunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom tuyg’ularini singdirish;
o’lka tarixini o’rganish, yurtimiz tabiatini avaylab-asrash va uni e’zozlash;
o’zi istiqomat qilayotgan ko’cha, mahalla va uylarni obodonlashtirishda O’quvchilar mas’uliyatini oshirish;
O’quvchilar da yon atrofda yashayotgan insonlarga bo’lgan g’amxo’rlik hissini tarbiyalash, o’zgalar farovonligi uchun qayg’urishga odatlantirish;
O’quvchilar ni hayotga tayyorlash, ularning aqliy ongini rivojlantirish, ma’naviy tarbiyasini yuksaltirish, ota-onaga ko’maklashish hissini uyg’otish, uy-ro’zg’or yumushlarini bajarishga jalb etish;
tashkilot a’zolarini o’z haq-huquqlarini himoya qilish va tanqidni to’g’ri qabul qilishga o’rgatish;
turar joylarda, mahallalarda, tashkilot va muassasalar qoshida to’garak, klublarni tashkil etishda ota-onalarni jalb etish;
O’quvchilar ning adabiyotga, kitobga bo’lgan qiziqishlarini o’stirish, oilaviy kutubxonalarni tashkil etishga yo’naltirish;
tashkilot a’zolarini oila, mahalla, jamiyat va davlat oldidagi mas’uliyatlarini to’la anglaydigan va egallagan bilimlarini hayotga tatbiq eta oladigan shaxs sifatida kamol toptirish;
yon atrofda sodir etilayotgan voqealarga befarq bo’lmaslikka o’rgatish;
mustaqillik g’oyalariga sadoqatli bo’lish ruhida tarbiyalash;
davlat va xalq birligi hamda ravnaqi yo’liga g’ov bo’ladigan barcha oqim, g’oya va qarashlarga nisbatan doim sergak bo’lishga o’rgatish.
«Kamalak» O’quvchilar tashkiloti a’zolari quyidagi umuminsoniy qadriyatlarga amal qiladilar.
so’z va ish birligi;
do’stlik va sadoqatlilik;
burch va vijdon;
o’zaro g’amxo’rlik va mehribonlik;
kattalarga hurmat va kichiklarga izzat;
milliy an’analarga sadoqat va boshqa xalqlar an’analariga hurmat.
Tashkilot a’zolarining huquqlari quyidagilardan iborat:
har bir tashkilot a’zolarining manfaatlarini himoya qilish;
boshlang’ich jamoani ixtiyoriy tanlash va undan chiqib ketish;
tashkilotning har qanday a’zosi faoliyatini muhokama va tanqid qilish, takliflar kiritish tashkilot faoliyatining barcha masalalari bo’yicha o’z fikrini himoya etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |