Joyda oriyentirlashga doir topshiriqlar
1) O’quvchilar yozgi dam olish oromgohiga avval shimoliy – sharqiy,
so’ngra janubiy, keyin esa janubiy-g’arbiy yo’nalishda jo’nab ketdilar. Ular
oromgohdan xuddi shu yo’l bilan qaytsalar qaysi yo’nalishlar bo’yicha yuradilar?
2) Agar maktabga 450 azimut bilan borgan bo’lsangiz, uyga qaysi
yo’nalishda qaytasiz?
3) O’quvchilar o’lkashunoslik muzeyiga 900 azimut bilan bordilar. Ular
qaysi yo’nalishda va qanday azimut bilan qaytib keladilar?
4) O’quvchilar ko’lgacha avval 2700, keyin 2250 va 1800 azimutlar
bo’yicha yurdilar. Ular yurgan yo’nalishlarni aytib, shu yo’lni sxema tarzida
tavsirlang.
5) Siz yuz tomoningiz bilan janubga qarab turgan bo’lsangiz sharq,
g’arb, janubiy – g’arb va shimoliy – sharq qaysi tomonda ekanligini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |