7.1 Detallar tayyorlash. Yuzani hozirlash.
Texnologik jarayon yangi konstruksiyani loyixalash bosqichidayoq avval dasturulamal texnologiyani, keyin texnologik ish jarayonini (yo‘nalish texnologiyasi va operatsion xaritalarni) yaratish yo‘li bilan ishlab chiqiladi.
Payvand uzellar ishlab chiqarishning namunaviy texnologik jarayoni muayyan izchillikda bajariladigan quyidagi qator asosiy operatsiyalardan iborat:
1) detallar tayyorlash;
2) payvandlanadigan yuzalarni hozirlash;
3) yig‘ish;
4) bir necha joyidan payvandlab qo‘yish;
5) payvandlash;
6) to‘g‘rilash va mexanik ishlov berish;
7) korroziyadan himolash;
8) nazorat qilish.
Detallar chizmalarga muvofiq, ularning o‘lchamlari va joizlik-lariga anik rioya etilgan holda tayyorlanmog‘i zarur, chunki ularning tayyorlanish sifati yig‘ish, bir necha joyidan payvandlab qo‘yish, payvandlash ishlarining mehnat sarfi hamda aniqligiga bevosita ta’sir qiladi. Ko‘p hollarda tirqishlarning keragidan katta chiqish va detalning yomon tutashuviga aynan tayyorlash aniqligining pastligi sabab bo‘ladi. Tanavorlar listlardan gilotin, disksimon va tebranma qaychilar bilan, shtamplarda, gaz alangasi, plazma oqimi bilan kesib olinadi. Titan qotishmalaridan issiqqa chidamli po‘latlardan qilingan listlarni avtomatik bichish uchun lazerdan foydalaniladi, profillar press-qaychilar va arralar bilan kesib bo‘linadi. Detallarga shakl berish odatda sovuq holatda deformatsiyalash: aylanuvchi jo‘valarda egish, erkin usulda egish, sirish, cho‘zish, shtamplash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Uchma-uch bilan payvandlashda detallarning uchlari qaychi, arra, metall kesuvchi dastgohlar bilan kesish yoki sovuqlayin presslarda cho‘ktirish, shuningdek plazma oqimi bilan va gaz alangasida kesib, keyin shlakni olib tashlash yo‘li bilan hosil kilinadi.
Bu fandan maqsad xossalariga ko‘ra bir tekis bo‘lmagan boshlangich qalin sirtqi pardalarni yo‘qohotishdir. Qayta oksidla natijasida tegish qarshiligi kichik va barqaror bo‘lgan yangi yupka pardalar yuzaga keladi.
Yuzani hozirlash quyidagi izchillikda bajariladigan qator operatsiyalarni o‘z ichiga oladi:
1. Yog‘sizlantirish - bu operatsiya iflosliklar, moylar, markirovkalash bo‘yog‘ini ketkazish uchun xizmat qilib, erituvchilar bilan artish orqali yoki turli tarkibdagi vannalarda, masalan, legirlangan po‘latlar va titan qotishmalari uchun soda eritmalarida, aluminiy hamda magniy qotishmalari uchun ishqor eritmalarida amalga oshiriladi. Sovuqlayin yoyilgan (prokatlangan) po‘lat ko‘pincha yuzasini xoziramasdan payvandlanadi.
2. Mexanik ishlov berish yoki kimyoviy ishlov berish orqali boshlang‘ich pardalar acosan, oksid pardalarini yo‘qotish.
Mexanik usulda hozirlash quyidagicha olib boriladi:
a) qalin oksid pardasi yoki alohida sirtqi qatlamlari bo‘lgan po‘lat detallar va TiO2 qasmog‘i bo‘lgan titan qotishmalariga pitra purkab ishlov beriladi. Pitra oqartirilgan cho‘yan zarralari, maydalab kesilgan po‘lat sim ko‘rinishida, aluminiiy qotishmalari uchun esa shisha zo‘ldirchalar ko‘riinishida tayyorlanadi;
b) istalgan metalldan, ammo ko‘pincha po‘latdardan kam miqdorda ishlab chiqarilgan detallar aylanuvchi metall cho‘tkalar bilan tozalanadi. Aluminiy va magniy qotishmalari uchun yuzani tozalashni qayta oksidlash aktivlashtiradi, shu bois saqlash sharoitiga qarab, detallar ishlov berib bo‘lnganda so‘ng kechi bilan 5–20 soat ichida payvandlanmogi zarur.
Kimyoviy ishlov berish (xurushlash) deyarli istalgan metalldan bittalab va ko‘plab ishlab chiqariladigan detallar uchun qo‘llaniladi.
Kimyoviy ishlov berishning afzalliklari:
– ishlov berilgandan keyin bir tekisroq va aktivligi pastroq parda paydo bo‘ladi;
– oksid pardasining xossalarini va yanada o‘sishini boshqarib turish imkoniyati bor.
Kimyoviy ishlov berish xurushlash tezligini rostlash, detallarning yuzasi bilan o‘zaro ta’sirlashuvni yaxshilash, yuzani passivlantirish uchun turli qo‘shimchalar ishqor hamda kislota eritmalarida amalga oshiriladi.
Kam uglerodli za kam legirlangan po‘latlar uchun sulfat kislota va xlorid kislota (H2SO4 (200 g), HCl (10 g) 10 l suvda eritiladi, harorat 50–60°C), korroziyabardosh va issiqqa chidamli po‘latlar, nikel qotishmalari uchun - ortofosfor, xlorid hamda azot kislotalarning suvdagi eritmalari (H3PO4 (110 g), HCl (130 g), HNO3 (10 g) 0,75 l suvda eritiladi, harorat 50-70°C), mis qotishmalari uchun HNO3 (280 g), HCl (1,5 g) qurum (1–2 g) 1 l suvda eritiladi, harorat 15–25°C), magniy qotishmalari uchun (NaOH (300–500g), NaNO3 (40–70g), NaNO2 (150–250g) 0,3– 0,5 l suvda eritiladi, harorat 70–100°C).
Aluminiy qotishmalari uchun kalii yoki natriy xrompik qo‘shilgan ortofosfor kislota eritmalaridan (H3PO4 (110–115 g), K2Cr2O4 yoki Na2Cr2O4 (0,8–1,5 g) 1l suvda eritiladi, harorat 30–50°C) foydalaniladi. Ortofosfor kislota aluminiy bilan deyarli o‘zaro ta’sirlashmaydi, ammo sirtqi oksidlarni, aktiv eritadi.
3. Passivlash – aluminiy va magniy qotishmalari uchun yangi oksid pardasini zichlash hamda barkarorlashtirish maqsadida qo‘shimcha kimyoviy ishlov berish. Aluminiy qotishmalaridan yasalgan detallar ayni chog‘da xurushlovchi xrompik eritmasini qo‘shish orqali xurushlash yo‘li bilan ham passivlanadi. Magniy qotishmalari xurushlangandan so‘ng, xrom angidrid eritmasida ishlov berib passivlanadi.
4. Yuzani neytrallash yoki tiniqlashtirish – yuzadan reaksiya yoxud elektrolit maxsullarini ketkazish. Kam uglerodli va kam legirlangan po‘latlar uchun natriy yoki kaliy gidrooksidi (NaOH yoxud KOH 1l suvda eritiladi, harorat 20–25°C), korroziyabardosh hamda issiqqa chidamli po‘latlar, nikel qotishmalari uchun Na2CO3 ning 10% li eritmasi (harorat 20–25°C) ishlatiladi.
5. Yuvish – detalga kimyoviy ishlov berishning, har bir operatsiyalari oraligida odatda issiq suv bilan, keyin esa vodorod ko‘rsatkichi pH = 6,5–7,5 bo‘lgan sovuq suv bilan ishlov beriladi. O‘ta muhim detallar sh?rsitlantirilgan suv bilan uzil-kesil yuviladi.
6) Issiq havo bilan yoki quritish javonlarida quritish.
7) Yuzani hozirlash sifatini nazorat qilish. Yuzani hozirlash sifati ko‘z bilan (po‘latlar va titan kotishmalari uchun), etalon namunalar bilan solishtirish orqali hamda elektrodlardan bittasi izolyatsiyalangan nuqtali payvandlash mashinasi turidagi qurilmalarda ikkita siqib qo‘yilgan namunalarning elektr qarshiligi rEE ni Ф-412 da mikrommetri yoki boshqa asboblar bilan o’lchash orqali baholanadi. Kam uglerodli konstruksion po‘latlar uchun rEE ning joiz qiymatlari 600 mkΩ, kam legirlangan po‘latlar uchun 800, korroziyabardosh va issiqqa chidamli po‘latlar uchun 1000, titan qotishmalari uchun 1500, mis qotishmalari uchun 300, aluminiy qotishmalari uchun 120–180 mKOm ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |