Tekshirish uchun savollar
1. Harorat maydoni nima?
2. Elektr maydoni nima?
3. Geometrik, harorat va magnitoelektr omillari nimalarda namoyon bo‘ladi?
4. Harorat maydoni qanday tenglama bilan ifodalanadi?
5. Payvandlashda tokning shuntlanishi nimalarda namoyon bo‘ladi?
4-mavzu: Kontaktli payvandlashda metallning plastik deformatsiyalanishi.
Reja:
4.1.Plastik deformatsiyaning ahamiyati. Nuqtali payvandlashdagi plastik deformatsiya.
4.2.Nuqtali payvandlashdagi payvandlash kuchini hisoblash.
4.3.Chokli va relefi payvandlashdagi plastik deformatsiya.
4.4.Uchma-uch payvandlashda metallning plastik deformatsiyalanishi
4.1.Plastik deformatsiyaning ahamiyati. Nuqtali payvandlashdagi plastik deformatsiya.
Metallning plastik deformatsiyalanishi asosiy jarayonlardan biri bo‘lib, birikmalarning shakllanishiga yordam beradi. Bu hodisani tashqi omillar - elektrodlar tomonidan bo‘ladigan kuch va ichki omillar - payvandlash joyining metali erkin bo‘lmagan tarzda kengayganda yuzaga keluvchi zo‘riqishlar keltirib chiqaradi. Metallarning plastik deformatsiyalanishi butun payvandlash jarayoni mobaynida, ya’ni sovuq tegish joyi shakllanishidan tortib to birikma cho‘kichlangunga qadar yuz beraveradi.
Plastik deformatsiya jarayoni qizish jarayoni bilan chambarchas bog‘langan. Chunonchi, tok tasodifan kattalashganda va haroratlar nogahon ko‘tarilganda plastik deformatsiyaga qarshilik pasayadi, bu esa tegish yuzasi kattalashuviga, tokning zichligi kamayishiga, qizish jadalligi pasayishiga hamda o‘zaknikg harorat maydoni va o‘lchamlari ma’lum darajada barqarorlashuviga olib keladi.
Deformatsiyalanadigan metallning hajmiga qarab yuzaning tegish joyi relyefining mikroplastik deformatsiyalanishi va payvandlash joyi metali ancha qismining hajmiy plastik deformatsiyalanishi farq qilinadi. Payvandlashda plastik deformatsiyaning asosiy vazifasi elektr kontaktni shaklantirishdan, erigan metallning chayqalib to‘kilishidan saqlash uchun plastik belbog‘ hosil qilishdan va payvandlash tokining ichki tegish joyida tarqalishini cheklashdan, sovish bosqichida metallni zichlashdan iborat.Nuqtali payvandlashda qizish notekis bo‘lganligi bois, plastik deformatsiyaga qarshiligi turlicha bo‘lgan metall mintaqasi yuzaga keladi. Issiqlikdan kengayish siqiq sharoitda sodir bo‘ladi va bunda ichki zo‘riqishlar notekis taqsimlanib, ular doimiy ravishda ta’sir qiluvchi tashqi siqish kuchi Fpay bilan birgalikda qaytmas hajmiy plastik deformatsiyalarni keltirib chiqaradi.
Payvandlash joyining hajmiy-zo‘riqqan holati siquvchi radial x ( ), aylanma ( ) va o‘q ( ), shuningdek , va deformatsiyalar bilan ifodalanadi. ning eng katta qiymatlari z o‘q yaqinida kuzatiladi, bu yerda zo‘riqish holati har tomonlama siqilishga yaqin bo‘ladi. ning va shunga yarasha ning eng kichik qiymatlari tegish joylarining periferiyasida va ayniksa, detal-detal tegish joyi chegarasida yuzaga keladi. Bunga detallar o‘rtasida tirqish borligi sabab bo‘ladi: bu tirqishga deformatsiyalanadigan metall nisbatan erkin oqib kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |