3
1.
O’quv fani o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
O‘zbekiston Respublikasi, o‘z mustaqilligiga erishgach, zamonaviy davlatchilik
tizimini barpo etish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mustaqilligimizning tarixan qisqa davrda bosib o‘tgan g‘oyat murakkab, ayni vaqtda
sharafli taraqqiyot yo‘li, bu yo‘lda qo‘lga
kiritilgan, bugungi kunda
dunyohxamjamiyati tomonidan haqli ravishda tan olinayotgan yutuq va
marralarimizga
qanday asosda, qanday og‘ir sinov va mashaqqatlar evaziga
erishilganligi, o‘zbek xalqinig davlatchilik sohasida to‘plagan ko‘p asrlik boy tarixiy
tajribasini atroflicha o‘rganish va undan samarali foydalanish masalasi o‘zining
dolzarbligi bilan ajralib turadi. SHu nuqtan nazardan, taqdim etilayotgan fan dasturi
nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Hamda, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida
ko‘rsatib o‘tilgan talaba-yoshlarnnng tarixiy
dunyoqarashinn boyitish, ularda
mustaqil fikrni qaror toptirshl, tarixni mukammal darajada bilish.
insoniyat
sivilizatsiyasining yutuqlaridan va tajribasidan to‘la bahramand bo‘lish,
umuminsoniy qadriyatlarni anglab etishga ko‘maklashish va dunyo miqyosida
mavjud bo‘lgan muammolarning tarixiy ildizlarini izlab topish kabi dolzarb
masalalarni o‘rganadi.
SHuningdek, “O‘zbek davlatchiligi tarixi” fani
haqidagi bilimlarni qaror
topshirish mavjud ilmiy adabiyotlar va zamonaviy nazariyalar hamda olib
borilayotgan tadqiqot ishlarini o‘rganish, fan bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajribalar,
kadrlar buyurtmachilarining fikr, talab va takliflari kabi masalalarni o‘z
ichiga
qamrab oladi.
O‘zbekiston tarixining qiziqarli va murakkab jarayonlarida davlatchilik
taraqkiyotining o‘rni va ahamiyati beqiyos bo‘lganligi, uning taraqqiyotida mavjud
bo‘lgan ko‘plab bosqichlar, tamoyillar, yo‘nalishlar, qonuniyatlarnnng o‘ziga xos
ekanligi to‘g‘risida talabalarga chuqur bilimlar berish o‘quv fanining asosiy
maqsadidir.
Ushbu maqsadga erishish yo‘lida kuyidagi vazifalarni bajarish ko‘zda tutilgan:
- turli tarixiy davrlarda o‘zbek davlatchiligining
rivojlanishida ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy va madaniy omillarning ta’sirini ochib berish;
- avlatchilik taraqqiyoti va xalqaro munosabatlar o‘rtasidagi bog‘liklik
tomonlarini atroflicha tahlil etish;
- O‘zbekiston xududida mavjud bo‘lgan davlatlarning rivojlanishidagi asosiy
tendensiyalarni ko‘rsatib berish;
- o‘zbek xalkining o‘ziga xos madaniyati,
mentaliteti, urf-odatlari va
an’analarining davlatchilik taraqqiyotiga ta’sirini ko‘rib chikish;
- o‘kuv jarayonida fan ma’ruza, seminar, mustakil ish kabi o‘kitish turlari va
interfaol usullaridan foydalanilgan holda o‘qitiladi;
Mazkur o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga
oshiriladigan masalalar
doirasida bakalavr.
-
O‘zbek davlatchiligining tarixiy ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqalishi,
uning ko‘p asrlik rivojlanishida ro‘y bergan voqealar va jarayonlar to‘g‘risida
4
tapabalar chukur bilimlarga ega bo‘lishlari kerak. Talabalar davlatchilik
taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini to‘g‘ri tushunishlari
va anglab etishlari
lozim.
-
O‘quv fani bo‘yicha egallagan bilimlarni ilmiy-tadqiqot va ilmiy- pedagogik
faoliyatida qo‘llash, davlatchilik tarixining dolzarb masalari bo‘yicha tadqiqot
ishlarini olib borish ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarni kerak.