2-MAVZU: TIL O‘QITISH NAZARIYASI VA METODLARINING TAHLILI
Reja:
1. Ona tili o‘qitishning o‘ziga xos tamoyillari.
2. «Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.
1. Ta`lim tamoyili jamiyatimizning maktab oldiga qo‘ygan talablardan kelib chiqadi. Shaxsni har tomonlama rivojlantirish, uning ijodiy imkoniyatlarini kengaytish o‘qitish tamoyillarini amalda to‘g‘ri qo‘llash bilan chambarchas bog‘langan.
O‘qitish tamoyili nima? “Princip lotincha so‘z bo‘lib, asos qoida, talab singari ma`nolarni ifodalaydi, “O‘qitish tamoyili” deganda dars samaradorligini ta`minlash, ta`lim jarayonini tashkil etish, uyushtirishga qo‘yilgan asosiy talablar, qoidalar tushuniladi. O‘qituvchi ta`lim ishini tashkil etar ekan, ana shu qoida va talabdan kelib chiqadi va ular o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta`minlagan holda amalada tatbiq etish orqali ko‘zlangan maqsadga erishadi.
Ona tili darslarida bir tomondan umumdidaktik prinsiplar, ikkinchi tomondan shu fanni o‘qitishning o‘ziga xos tamoyillarini hisobga olishga to‘g‘ri keladi.
Umumdidaktik prinsiplar garchand maktabda o‘qitiladigan barcha fanlarga aloqador bo‘lsa-da, ammo u har bir fanning ichki tabiatidan, o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Maktabda hamma fanlar uchun umumiy bo‘lgan didaktik prinsiplar: o‘qitishning bolaga ma`lumot berish, tarbiyalash va rivojlantirishga qaratilgani; o‘qitishning ilmiyligi va bolalar uchun tushunarliligi; sistemaviylik va izchillik; nazariya bilan amaliyotning uzviy aloqasi; onglilik, faollik va mustaqillik; ko‘rsatmalilik; o‘quvchilarga individual munosabatda bo‘lish va ularning o‘quv imkoniyatlarini hisobga olish kabi tamoyillari garchand umumdidaktik prinsiplar sanalsa ham, ammo ona tili o‘qitish nazariyasi har biri o‘ziga xos mazmun kashf etadi.
Ona tili o‘qitishda umumdidaktik prinsiplar bilan bir qatorda shu fanning tabiatidan kelib chiqadigan quyidagi o‘ziga xos prinsiplar ham mavjud: a) “til-me`yor-nutq mutonosibligi” tamoyili; b) o‘zbek tili fanini o‘qitish orqali o‘quvchilar tafakkurini o‘sishiga erishish tamoyili; v) o‘zbek tilini o‘qitishda mavzulararo, bo‘limlararo va fanlararo bog‘lanishga qat`iy amala qilish tamoyili; g) o‘qituvchilarni til hodisalarini ajratishga o‘rgatish tamoyili; d) o‘zbek tilini o‘qitish orqali o‘qituvchilarning nutq malakalarini mustahkamlash va til sezgilarini oshirish tamoyili; e) ona tili o‘qitishda mahalliy sheva sharoiti va ta`sirini nazarda tutish tamoyili.
Maktabda ona tili o‘qitishning bu o‘ziga xos tamoyillari umumdidaktik prinsiplar bilan uyg‘unlashib, ona tili darslari samaradorligini ta`minlovchi asosiy talablar silsilasini vujudga keltiradi.
Quyida umumdidaktik va ona tili o‘qitishning o‘ziga xos prinsiplarga alohida – alohida to‘xtalib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |