O‘LCHASH VOSITALARINING METROLOGIK TADBIRLARGA TORTILISHI
Reja: 1. O‘lchash vositalarining turini tasdiqlash. 2. O‘lchash vositalarini metrologik attestatlash. 3. O‘lchash vositalarini qiyoslash. 4. Elektron chastotamerlarning qiyoslanishi. 5. O‘lchash vositalarni kalibrlash. 6. FTB-200v2-turdagi modulli platformaning texnik imkoniyatlari
Tayanch so‘z va iboralar:O‘lchash vositalari, turini tasdiqlash, metrologik attestatlash, qiyoslash, kalibrlash.
1. O‘lchash vositalarining turini tasdiqlash.
Metrologik nazoratning maqsadi o‘ lchash jarayonlarni boshqarishdir. Buning uchun o‘ lchash vositasining hayotiy tsiklining barcha etalonlariga alohida talablar qo‘ yiladi. Masalan, O‘V (o‘ lchash vositalari) ishlab chiqarishga qo‘ yishda, foydalanishda foydalanishga qo‘ yilishda, foydalanishda va ekspluatatsiyadan olib tashlashda. Ushbu talablarni bajarish uchun o‘ lchash jarayonini kafolatlangan xarakteristikaga ega bo‘ lgan o‘ lchash vositalari yordamida bajarish kerak bo‘ ladi. O‘V dan foydalanish jarayonida majburiy talablar davlat metrologik nazorati va tekshiruv doirasida bo‘ lgan O‘V uchun taaluqlidir. Amaldagi qoidalarga ko‘ ra Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati ta’sir doirasidagi o‘ lchashlar uchun faqat Davlat reestrida qayd qilingan O‘Vgina qo‘ llanilishi mumkin. Registratsiya turni tasdiqlash sinovlari yoki metrologik attestatsiya natijalari asosida amalga oshiriladi. Yuqoridagi protseduralar sertifikatlashtarish protseduralari bo‘ lib hisoblanadi.
Dastlab, o‘ lchash vositalariga doir qisqacha ma’lumotlarni keltiramiz.
O‘V boshqarish usuli,energiya almashish turi va chiqish signali turiga karab quyidagi sinflarga bo‘ linadi:
Analog va Raqamli O‘V
Avtomatik va qo‘ lda boshqariladigan O‘V
Absolyut (namuna) va Ikkilamchi (ishchi)O‘V
Ko‘ p funktsiyali (Intelligent) O‘V
“No‘ l” usuli asosidagi O‘V [1].
O‘V ning turini tasdiqlash – bu metrologiya bo‘ yicha Milliy organ qarori bilan o‘ lchash vositasi turini mamlakat territoriyasida qo‘ llanilishini qonuniy tan olinishidir.
O‘V ning turi deganda, bir maqsad uchun mo‘ ljallangan, bir ish tamoyiliga va bir xil konstruktsiyaga va yagona texnik hujjatga ega bo‘ lgan o‘ lchash vositalari kompleksi tushuniladi.
Davlat tekshiruvi va nazorati qo‘ llaniladigan sohalarda foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan va import bo‘ yicha keltiriladigan o‘ lchash vositalari (O‘V) davlat sinovlaridan o‘ tkazilib, ularning turi tasdiqlanishi yoki metrologik attestatlanishi lozim.
Davlat sinovlarini o‘ tkazish, turini tasdiqlash va O‘V ni Davlat ro‘ yxatiga kiritish ishlarini O‘zstandart Agentligi bajaradi.
Tayyorlovchi tasdiqlangan O‘V ga yoki ularning ekspluatatsion hujjatlariga Davlat ro‘ yxatining belgisini yozishi shart.
Boshqa davlatlarning o‘ lchash vositalarini sinash va metrologik attestatlash natijalari tuzilgan shartnomalar va bitimlarga muvofiq tan olinadi.
O‘V ning turini tasdiqlash maqsadida sinovlarni tashkillashtirish, o‘ tkazish tartibi va mazmuniga talablar va davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasida qo‘ llanilishi mumkin bo‘ lgan O‘V ning turini tasdiqlash tartibi O‘z DSt 8.009:2004da o‘ rnatilgan.
O‘z DSt 8.009:2004 standartning talablari O‘zbekiston Respublikasida yaratiladigan va (yoki) seriyali ishlab chiqarilishi mo‘ ljallangan O‘V ga va O‘zbekiston hududiga import bo‘ yicha to‘ pi bilan keltiriladigan o‘ lchash vositalariga nisbatan qo‘ llaniladi.
Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qo‘ llaniladigan sohadan tashqarida qo‘ llaniladigan yoki qo‘ llanishga mo‘ ljallangan O‘V ixtiyoriy ravishda sinovga va keyinchalik turini tasdiqlashga taqdim etilishi mumkin.
O‘V uning qonun talablariga muvofiqligini tasdiqlash sxemasining elementi bo‘ lib hisoblanadi va bunday tasdiqlash O‘zstandart Agentligi tomonidan o‘ rnatilgan tartibda o‘ tkaziladi.
To‘ pi bilan import bo‘ yicha keltiriladigan, gigienik talablarga, xavfsizlik talablariga, maxsus talablarga sertifikatlashtirilishi lozim bo‘ lgan o‘ lchash vositalari bu protseduralardan o‘ rnatilgan tartibda o‘ tgandan keyin va zarur sertifikatlarni O‘zstandart Agentligiga takdim etgandan keyin turni tasdiqlash maqsadida sinovlarga topshiriladi.
O‘zbekiston hududida yaratiladigan va (yoki) to‘ pi bilan chiqarishga mo‘ ljallangan va gigienik talablarga, xavfsizlik talablariga, maxsus talablarga muvofiqligi sertifikatlash-tirilishi lozim bo‘ lgan o‘ lchash vositalari bu talablarga muvofiqligini o‘ rnatilgan tartibda baholash maqsadida sinovlarga taqdim etiladi.
O‘V ning turini tasdiqlash to‘ g’risidagi qarorni metrologiya bo‘ yicha milliy idora - O‘zstandart Agentligi qabul qiladi.
O‘V ning turi O‘V ning namunalarini (nusxalarini) sinash natijalari bo‘ yicha tasdiqlanadi. Sinash jarayonida O‘V namunalarining tafsilotlari har tomonlama tadqiq qilinadi va bu tafsilotlar (xarakteristikalar) ning mazkur O‘V ning turiga oid normativ hujjatlarning talablariga muvofiqligi aniqlanadi.
O‘V ning turini tasdiqlash maqsadida sinovlar qabul komissiyasi tomonidan o‘ tkaziladi. Komissiya tarkibini O‘zstandart Agentligining bunga qarashli tuzilmalarining va O‘zbekiston Respublikasi metrologik xizmati Bosh markazi (O‘z MXBM) vakillari kiritilishi lozim. O‘z MXBM ning vazifasi SMS ITI ga yuklatilgan.
O‘V ning turini tasdiqlash maqsadida O‘V ning namunalari (nusxalari) ni sinash O‘z DSt 16.4:2001 va O‘z DSt 8.006:1999 bo‘ yicha akkreditlangan sinash (o‘ lchash) laboratoriyalarida o‘ tkaziladi.
O‘V ning turini tasdiqlash maqsadida sinovlar bunday sinovlarni o‘ tkazishi uchun O‘zstandart Agentligi tayinlagan tashkilotning rahbari tasdiqlagan sinovlar dasturi va metodikasiga muvofiq o‘ tkaziladi.
O‘V ning turini tasdiqlash maqsadida sinovlarni O‘V ni sinash namunaviy dasturlari bo‘ yicha o‘ tkazish ham ruxsat etiladi.
O‘V ning turini O‘zstandart Agentliga ilmiy-texnikaviy komissiyasining takliflariga asosan tasdiqlaydi.
O‘V ning turi tasdiqlangandan keyin turni tasdiqlash maqsadida sinovlarni o‘ tkazgan tashkilotning rahbari O‘V tekshirish metodikasini (ilgari tasdiqlangan metodika yo‘ q bo‘ lgan hollarda) va O‘V turining tavsifini tasdiqlaydi. O‘zstandart Agentligi O‘zbekistonda seriyali ishlab chiqarishga mo‘ ljallangan O‘V uchun texnik shartlarni davlat ro‘ yxatidan o‘ tkazadi.
O‘zstandart Agentligi tasdiqlangan O‘V turini O‘z RH 51-019:2005 bo‘ yicha Davlat ro‘ yxatiga kiritadi.
Tasdiqlangan hujjatlar komplekti O‘V davlat reestrining ishida saqlash uchun topshiriladi.
O‘lchash vositasini tayyorlovchi tashkilot turi tasdiqlangan O‘V ga, O‘zbekistonda seriyalab chiqariladigan O‘V ga va ularning ekspluatatsion hujjatlariga (GOST 2.601 bo‘ yicha) O‘V Davlat reestrining belgisini O‘ 1.19:1999 bo‘ yicha yozib qo‘ yadi.
Turi tasdiqlangan O‘V ga, O‘zstandart Agentligi tasdiqlagan tartibda, turni tasdiqlash to‘ g’risidagi sertifikat beriladi.
Seriyali chiqarishga mo‘ ljallangan O‘V sinalganda O‘Vning normativ parametrlarini va uni qiyoslash metodikasi tasdiqlanadi va tur Davlat reestrda registratsiyadan o‘ tadi, O‘Vga turini tasdiqlash bo‘ yicha sertifikat beriladi. Tasdiqlangan turdagi O‘V Davlat (reestrda) belgisi bilan markalanadi (O‘z DSt 1.x19)
Sertifikat besh yil muddatga beriladi.