Oʻlchashlarning sifat mezonlari.
Har bir narsaning sifati bo‘lgani kabi o‘lchashlarning ham sifati va mezonlari mavjud. Bu mezonlar o‘lchashlardagi asosiy tavsiflarni ifodalaydi. Bu mezonlar qatoriga quyidagilar kiritilgan: Aniqlik – bu mezon o‘lchash natijalari kattalikning chinakam qiymatiga yaqinligini ifodalaydi. Miqdor jihatdan aniqlik nisbiy xatolik moduliga teskari tarzda baholanadi. Masalan, agar o‘lchash xatoligi 10–3 bo‘lsa, uning aniqligi 103 bo‘ladi yoki boshqacha aytganda, qanchalik aniqlik yuqori darajada bo‘lsa, shunchalik, o‘lchash natijasidagi muntazam va tasodifiy xatoliklar ulushi kam bo‘ladi. Ishonchlilik – o‘lchash natijalariga ishonch darajasini belgilovchi mezon hisoblanadi. O‘lchash natijalariga nisbatan ishonchlilikni ehtimollar nazariyasi va matematik statistika qonunlari asosida aniqlanadi. Bu esa aniq holat uchun xatoligi berilgan chegaralarda talab etilgan ishonchlilikdagi natijalarni olishni ta’minlovchi o‘lchash usuli va vositalarini tanlash imkonini beradi. To‘gʻrilik – o‘lchash natijalaridagi muntazam xatoliklarning nolga yaqinligini
-5-
bildiruvchi sifat mezoni. Mos keluvchanligi – bir xil sharoitlardagi o‘lchashlar natijalarini bir – biriga yaqinligini bildiruvchi sifat mezoni. Odatda, o‘lchashlarning mos keluvchanligi tasodifiy xatoliklarning ta’sirini ifodalaydi. Qaytaruvchanlik – ushbu mezon har xil sharoitlarda (turli vaqtda, har xil joylarda, turli usullarda va vositalarda) bajarilgan o‘lchashlarning natijalarini bir – biriga yaqinligini bildiradi.
Metrologiyaning asosiy aksiomalari va postulatlari.
Metrologiyada ham boshqa fanlardagi kabi aksiomalar mavjud. Shulardan uchtasi - eng asosiy va umumiylarini kо‘rib chiqamiz. Ushbu aksiomalar har qanday о‘lchashlar uchun xos bо‘lib, о‘lchashlarning barchasida shu aksiomalarning uygʻunlashganini kо‘rishimiz mumkin: Dastlab "aprior ma’lumot" degan tushunchaga izoh berib o‘tamiz. Aprior sо‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, “a rriori - oldin keluvchi, dastlabki” ma’nosini bildirib, boshlangʻich, muayyan voqea, voqelik yoki tajribagacha bо‘lgan ma’lumotlar, bilimlar majmuini anglatadi. Bu sо‘z bilan ketma-ket keluvchi yana bir tushuncha bor - aposteriori, (a rosteriri), ya’ni keyingi, orqadagi, tugallanuvchi degan ma’nolarni bildiradi. Bu sо‘zlarni fanga ilk
-6-
bor qadimgi grek faylasuflari kiritganlar. Ularning talqinicha, har
bir inson anglaydigan ilm, ma’lumot yoki axborot muayyan bir tajribadan, voqelikdan yoki amal (saboq olish, yodlash, о‘qish va shu kabilar) dansо‘ng mujassamlashadi. Hosil qilingan axborot keyingi amallar mobaynida ortib boradi va ma’lum bir davrdagi aposterior ma’lumot aprior ma’lumotga aylanadi. Shunday qilib, о‘lchashlar nazariyasi nuqtai nazaridan qaraydigan bо‘lsak, muayyan о‘lchashni amalga oshirishdan oldin shu о‘lchashga tegishli bо‘lgan ma’lum doiradagi ma’lumotlar aynan aprior ma’lumotni bildiradi. Agar bizda mana shu ma’lumotlar bо‘lmasa, u holda umuman о‘lchash tо‘gʻrisidagi tushunchaning о‘zi shakllana olmaydi ham. Oddiy misol sifatida elektr o‘lchashlarni olaylik. Hozirgi paytda har bir kishiga ma’lumki, xonadonlarda, muassasalarda, turli tashkilotlarda va boshqalarda foydalaniladigan o‘zgaruvchan elektr toki zanjirlarida elektr kuchlanishi 220 V ga teng. Bu o‘tkazilgan o‘lchashlar va tajribalardan aniqlangan. Hozirgi paytda agar biz o‘zgaruvchan elektr zanjirida elektr kuchlanish miqdori qandayligini tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lsak, yuqoridagi ma’lumot biz uchun aprior ma’lumot vazifasini o‘taydi. Biz bu ma’lumotga asoslangan holda kerakli o‘lchash asbobini, ya’ni o‘lchash diapazoni 220 V ni o‘z ichiga olgan voltmetrni to‘gʻri tanlab olamiz. Shunday
-7-
qilib, tajriba о‘tkazishdan (о‘lchashdan) oldin bizda aynan shu о‘lchashga tegishli bо‘lgan muayyan ma’lumotlar va kо‘nikmalar bо‘lishi lozim bо‘ladiО‘lchash degani, sodda qilib aytganda olingan ob’yektda tekshirilayotgan kattalikning miqdori uning birlik sifatida qabul qilingan miqdoriga nisbatan qanchalik kо‘p yoki kam ekanligini aniqlashdir. Masalan, sinf xonasining uzunligini o‘lchab, uning uzunligi 10 m ga tengligini aniqladik. Demak, bu sinfxonasining uzunligi uzunlik birligi etaloni uzunligi (1 m) ga nisbatan 10 marta katta ekan. О‘lchash degani, sodda qilib aytganda olingan ob’yektda tekshirilayotgan kattalikning miqdori uning birlik sifatida qabul qilingan miqdoriga nisbatan qanchalik kо‘p yoki kam ekanligini aniqlashdir. Masalan, sinf xonasining uzunligini o‘lchab, uning uzunligi 10 m ga tengligini aniqladik. Demak, bu sinfxonasining uzunligi uzunlik birligi etaloni uzunligi (1 m) ga nisbatan 10 marta katta ekan. Har qanday buyum yoki detal o‘lchamlarini o‘lchash asboblari yordamida bir necha marta takror o‘lchaganimizda o‘lchash natijalari turlicha bo‘lishini kuzatamiz. Bunda o‘lchash obyekti, o‘lchash asbobi va o‘lchash sharoiti o‘zgarmasada, natijalar turlicha bo‘lmoqda. Buning sababi tasodifiylik degan tushuncha bilan bogʻliq. Metrologiyaning asosiy postulatlari. Har qanday o‘lchanadigan kattalik o‘zining
-8-
chinakam qiymatiga ega. Chinakam qiymat kattalikni miqdor jihatdan har tomonlama, bekami-kо‘st va butkul tavsiflaydigan qiymat hisoblanadi. Ammo, uni aniq о‘lchash imkoniyati mavjud emas. Modomiki, chinakam qiymatni о‘lchash imkoni yо‘q ekan, о‘lchash amalida qiymati unga yaqin bо‘lgan va uni о‘rniga ishlatilishi mumkin bо‘lgan boshqa qiymat, ya’ni haqiqiy qiymat qо‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |