5-bob. Yakunlovchi qoidalar
14. Ish yuritish va maxfiylik tartiboti bo‘yicha tadbirlar Maskan tomonidan o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
15. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi PQ-5050-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti (keyingi o‘rinlarda — Departament) ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarning (keyingi o‘rinlarda — mahkumlar) jazolarini ijro etish, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarni (keyingi o‘rinlarda — qamoqqa olingan shaxslar) saqlash, ularni qo‘riqlash va boshqa yerga ko‘chirish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish va tashkil etishni ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparatining (keyingi o‘rinlarda — IIV) mustaqil tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
2. Departament o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, IIVning normativ hujjatlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Ichki ishlar organlarining jazoni ijro etish tizimi quyidagilardan tashkil topadi:
Departament;
mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari;
jazoni ijro etish koloniyalari, shu jumladan davolash huquqi asosida;
tarbiya koloniyasi;
tergov hibsxonalari;
mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxona;
tezkor harakatlar otryadi;
markaziy omborxona.
4. Departament ichki ishlar organlarining jazoni ijro etish tizimi uchun yagona boshqaruv faoliyatini amalga oshiradi.
Mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari ichki ishlar organlari tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarining faoliyatini tashkil etish va kunlik nazoratini olib borish borasidagi ishlarni amalga oshiradi.
Jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
5. Departament o‘z faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda ichki ishlar organlarining boshqa bo‘linmalari, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari, tashkilotlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi.
6. Departament mustaqil balansga, bank hisobvarag‘iga, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda o‘zining to‘liq nomi yozilgan blank va muhrga, shtampga ega, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan ta’sis etiladigan Departament faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari aks ettirilgan emblema va farqlovchi belgilarga ega bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |