1. Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ichki ishlar organlari]


-bob. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish yo‘nalishlari



Download 116,39 Kb.
bet12/14
Sana28.11.2022
Hajmi116,39 Kb.
#873840
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
PQ-5050 02.04.2021

4-bob. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish yo‘nalishlari
16. Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar mazkur Konsepsiyaning asosiy maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:
tarbiyaviy ishlar;
targ‘ibot-tashviqot ishlari;
psixologik faoliyat;
ijtimoiy-huquqiy faoliyat;
madaniy tadbirlar.
17. Tarbiyaviy ishlar vatanparvarlik, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, oilaviy-maishiy tarbiya hamda yakka tartibdagi tarbiyaviy chora-tadbirlardan iborat.
Xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash doirasida ularda Vatanga sadoqat, kasbiga nisbatan g‘urur hissini shakllantirish, jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligini ta’minlash uchun har qanday huquqbuzarlikka qarshi kurashishda shaxsiy mas’uliyatni oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar o‘tkazib boriladi;
ijtimoiy-siyosiy tarbiya doirasida xodimlarga ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qonunchilik hujjatlari, davlat dasturlarining mazmun-mohiyati tizimli ravishda yetkazib boriladi hamda ularda dunyoda va yon-atrofimizda sodir bo‘layotgan globallashuv jarayonlariga nisbatan ongli munosabat va faol hayotiy pozitsiya shakllantiriladi;
ma’naviy-ma’rifiy tarbiya o‘z ichiga milliy merosimizning tarixiy ildizlarini o‘rganish, Vatan ozodligi yo‘lida qahramonlik ko‘rsatgan buyuk ajdodlarimiz va jasur zamondoshlarimizning ibratli umr yo‘lini keng targ‘ib etish tadbirlarini qamrab olib, xizmat burchini bajarish bo‘yicha qat’iy hayotiy e’tiqodni qaror toptirishga qaratiladi;
oilaviy-maishiy tarbiya doirasida xodimlarning oila a’zolari bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash, ular tomonidan xodimlarga kasbiy burchini bajarishga ruhiy ko‘maklashishga qaratilgan tadbirlar o‘tkaziladi;
yakka-tartibdagi tarbiyaviy ishlar xodimlarda kasb uchun zarur bo‘lgan shaxsiy fazilatlarni shakllantirishga, ularni xizmat intizomi va qonunchilikka qat’iy rioya etishga yo‘naltiradi.
Tarbiyaviy yo‘nalishda xodimlarning ongi va tafakkuriga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan, qalbiga yetib boradigan, kayfiyatini ko‘taradigan, yangi marralar sari ilhomlantiradigan hamda zamonaviy axborot va targ‘ibot texnologiyalarini qo‘llagan holda ta’sirchan ruhda o‘tkaziladigan tadbirlar tashkil etiladi.
18. Targ‘ibot-tashviqot ishlari xodimlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy ishlarning mazmun va mohiyatini tushuntirish, ichki va tashqi siyosatning tendensiyalari haqidagi ma’lumotlarni tizimli ravishda yetkazib borishdan iborat.
19. Psixologik faoliyat xodimlarning ruhiy holatini kuzatish hamda ularning shaxsiy fazilatlari va jamoadagi munosabatlarini kasbiy burchini samarali bajarishga yo‘naltirishdan iborat.
20. Ijtimoiy-huquqiy faoliyat xodimlar, faxriylar va ularning oila a’zolarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ularga har tomonlama moddiy va ma’naviy ko‘maklashishga qaratilgan tadbirlardan iborat.
21. Madaniy tadbirlar xodimlar ongida milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom his-tuyg‘ularini oshirish, yuksak estetik did va axloqiy me’yorlarni shakllantirish, O‘zbekiston xalqining boy tarixi, madaniyati, an’analari va urf-odatlariga hurmat, milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalarini ommaviy tadbirlar (muzey, teatr, kino, istirohat bog‘lari, konsert va boshqa tadbirlarga tashriflar) orqali singdirishdan iborat.

Download 116,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish