1. Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ichki ishlar organlari]


-bob. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amaliyotga uzluksiz tatbiq etish tizimi



Download 116,39 Kb.
bet11/14
Sana28.11.2022
Hajmi116,39 Kb.
#873840
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
PQ-5050 02.04.2021

3-bob. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amaliyotga uzluksiz tatbiq etish tizimi
9. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amaliyotga uzluksiz tatbiq etish bo‘yicha ichki ishlar organlarining asosiy subyektlari:
Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
Ichki ishlar vazirligiga qarashli “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi;
Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari;
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi;
Ichki ishlar vazirligining sohaviy, tarkibiy va hududiy bo‘linmalari;
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti;
Ichki ishlar vazirligi tizimidagi jamoatchilik tuzilmalaridan iborat.
10. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amaliyotga uzluksiz tatbiq etish maqsadida ichki ishlar organlarining ta’lim muassasalari va quyi tizimdagi har bir (tuman, shahar, tarmoq) ichki ishlar organida quyidagi ko‘rgazmali vositalardan iborat alohida vatanparvarlik burchaklari (xonalari) tashkil etiladi:
Ichki ishlar vazirligining bayrog‘i va emblemasi, vazirlik tarixidagi muhim sanalar va ahamiyatga molik anjumanlar ro‘yxati;
tuman (shahar) ichki ishlar organining tashkil etilishi tarixi, uni tasvirlovchi fotosuratlar, faoliyatiga oid lavhalar va alohida namunali belgilar;
Amir Temurning “Temur tuzuklari” asari haqidagi ma’lumotlar, unda bayon etilgan davlat xizmati va xavfsizlikni ta’minlashga oid lavhalar;
xizmat vazifasini bajarish chog‘ida qahramonlik ko‘rsatib halok bo‘lgan xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, fotosuratlar va ularning hayotiga oid lavhalar;
Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan xodimlarning faoliyatiga oid lavhalar va fotosuratlar;
jangovar vazifalarni bajarishga jalb etilgan (Afg‘onistondagi harbiy harakatlar qatnashchilari, Chernobil AESdagi fojiani bartaraf etishga jalb etilganlar, mustaqillik yillarida terrorchi-jangarilar bilan qurolli to‘qnashuvlarda ishtirok etganlar va boshqa) xodimlarning faoliyatiga oid lavhalar va fotosuratlar;
davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan xodimlarning fotosuratlari va ularning xizmat faoliyatiga oid lavhalar;
xizmat vazifasini bajarishda alohida o‘rnak ko‘rsatib, yuqori kasbiy mahorat bilan faoliyat olib borayotgan xodimlar haqidagi ma’lumotlar, ularning fotosuratlari va erishgan yutuqlari namunalari;
davlat mukofotlari va idoraviy ko‘krak nishonlari tasvirlari aks ettirilgan stendlar;
jamoa va alohida xodimlar tomonidan sportda erishilgan yutuqlar, sport turlari bo‘yicha musobaqa sovrindorlarining kuboklari, medallar kabi yutuqlar va fotolavhalar;
o‘zbek xalqining buyuk siymolari, mutafakkir olimlari va allomalarining hayoti va faoliyatiga oid stendlar;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ichki ishlar organlariga tashriflari va faoliyatiga oid iqtiboslari aks ettirilgan stendlar.
11. Ichki ishlar vazirligi tomonidan Ikkinchi jahon urushi davridan ayni paytgacha xizmat vazifasini bajarish chog‘ida qahramonlik ko‘rsatib halok bo‘lgan xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettiruvchi “Ichki ishlar organlarining mard o‘g‘lonlari” nomli kitob tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 30 yilligiga bag‘ishlangan sanada nashr etiladi.
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tomonidan “Vatanparvarlik asoslari”, “Kasb madaniyati va muomala odobi” nomli o‘quv-metodik qo‘llanmalar tayyorlanib, barcha ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy tarbiyani tashkil etish uchun tarqatiladi.
12. Ichki ishlar vazirligi tomonidan:
xodimlarda kasbiga nisbatan g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 30 yilligi” idoraviy ko‘krak nishoni ta’sis etiladi va kasb bayrami — 2021-yil 25-oktabr arafasida rag‘batlantirish tariqasida namunali xodimlarga tantanali ravishda topshiriladi;
xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat va tashabbuskorlik muhitini shakllantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yoshlar fidoyisi” idoraviy ko‘krak nishoni ta’sis etiladi.
13. Ichki ishlar organlari tomonidan ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirishga qaratilgan quyidagi tadbirlar tizimi joriy etiladi:
Ixtisoslashtirilgan maktab-internat va “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari ongida vatanparvarlik hissini shakllantirishga qaratilgan “Ichki ishlar organlari tarixi” va “Vatanparvarlik asoslari” fanlari o‘qitiladi;
idoraviy akademik litseylar o‘quvchilarini milliy an’ana va qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida “Ma’naviyat asoslari” fani o‘qitiladi;
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida kursant va tinglovchilarni Vatan va xalq manfaatlarini shaxsiy manfaatlardan ustun qo‘yadigan, qonunlarga qat’iy bo‘ysunuvchi, kasbiga sadoqatli xodimlar sifatida tayyorlash maqsadida “Ichki ishlar organlari xodimining muomala odobi va estetikasi”, “Vatanparvarlik tarbiyasi” va “Kasbiy madaniyat” kabi fanlarni o‘qitish nazarda tutiladi;
Malaka oshirish instituti tinglovchilarida mafkuraviy immunitetni mustahkamlash maqsadida “Geosiyosiy manfaatlar to‘qnashuvi va mafkuraviy kurash” va “Korrupsiya — ichki ma’naviy tahdid” maxsus kurslari o‘qitiladi.
14. Ichki ishlar organlarining aholi bilan bevosita ishlaydigan xizmatlarida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:
Jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati bo‘yicha:
fuqarolarning murojaatlariga xolisona va vijdonan yondashish, ayniqsa, bolalar, ayollar, keksalar va nuroniylarga alohida e’tibor qaratish;
xizmat vazifalarini bajarishda shubha paydo qilishi mumkin bo‘lgan xulq-atvordan o‘zini tiyish, shuningdek, o‘z obro‘siga yoki davlat organining nufuziga zarar yetkazishga sabab bo‘ladigan vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslik;
har qanday vaziyatda fuqarolarga hurmat bilan murojaat qilish, munosabatlarda vazmin bo‘lish, muomala madaniyati va qonuniylikka qat’iy rioya qilish;
xizmat faoliyati mobaynida turli etnik, ijtimoiy guruhlar va konfessiyalarning madaniy hamda o‘ziga xos jihatlarini hurmat qilish, ijtimoiy barqarorlikka, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikka ko‘maklashish;
Vatan ravnaqi uchun xizmat qilishdek ulug‘ va oliyjanob maqsadga intilish, jasurlik va fidoyilik bilan el-yurtga xizmat qilish;
Tergov va tezkor-qidiruv faoliyati bo‘yicha:
fuqarolarning huquqlari, majburiyatlari va qonuniy manfaatlarini hurmat qilish, ularni kamsitish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;
ichki ishlar organlariga chaqirilgan (olib kelingan) fuqarolarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish, har bir inson shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega ekanligini chuqur anglagan holda, aybsizlik prezumpsiyasi prinsipiga va protsessual qonunchilikka qat’iy amal qilish;
fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi xatti-harakatlarga, qonunga xilof ravishda jismoniy kuch ishlatishga, haqorat qilish yoki qiynoqqa solishga yo‘l qo‘ymaslik.
15. Ichki ishlar organlari tizimida har haftada “Vatanparvarlik kuni” tadbirlar kompleksi tashkil etiladi.

Download 116,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish