Muammoni hal qilish
. Bu usul barcha tomonlarni qanoatlantaruvchi yechimni topish uchun
nizoni chaqiruvchi sabablarni chuqur tahlil qilish va barchaning fikrlarini inobatga olishga
asoslanadi. Bu usul tarafdorlari o’z maqsadiga boshqalar maqsadi orqali emas, balki nizoning eng
oqilona yechimini topish evaziga erishishni xoxlaydilar.
Korxonada rahbariyat va xodimlar o’rtasida yuzaga keluvchi nizo “butun jamoaga” emas,
balki “tanlangan” odamlargagina yomon ta’sir etishi mumkin. Bunday nizoni bir yo’la, katta
hajmda uddalash, bartaraf etish mumkin emas. Bu nizoni bartaraf etishda rahbar oqilligi,
adolatliligi, madaniy saviyasi bilan hamkorlikka intilishi kerak. Ya’ni, ushbu nizoli vaziyatda
hokimlik mavqeida emas, balki teng huquqiylik asosida yechimni topishi lozim. Masalan, bu
jarayonda quyidagilar juda ham muhimdir:
• tomonlarning bir-birini tan olishi;
• gapni bo’lmay tinglash;
• o’zga kishi sifatida tushuna olishni namoyish qilish;
• nizo jarayonidagi holatni o’zga kishi qanday qabul qilishi (tushunishi)ni anglash;
• muhokama qilinayotgan mavzuni aniq tasavvur qilish;
• mavzuga nisbatan umumiy qarashlarni hosil qilish;
• murosa qilinayotgan oqibatni aniqlash;
• nizo mazmunini yozib chiqish (tahlil) qilish;
• nizoni bartaraf etish uchun hamkorlikda yagona yo’l tanlash;
• hamkorliqtsa umumiy xulosa (murosa)ga kelish.
Bunday yo’l mashaqqatli, ammo oqilona yo’ldir. Buning uchun tajriba kerak.
Hozirgi sharoitda rahbar faqat o’z sohasini yaxshi bilibgina qolmay, balki yaxshi tashkilotchi,
ruhshunos (psixolog) va tarbiyachi bo’lmog’i lozim. Buning uchun har bir rahbar xodim:
sotsiologiya, psixologiya, pedagogika, kasbiy etika fanlarini mustaqil egallashi kerak. Buni
hayotimizdagi jiddiy o’zgarishlar, inson omilining faollashuvi, jamoalarni o’z-o’zini boshqarish
sharoitida ular bilan ishlashni taqazo etadi.
Jamoaga a’zo bo’lgan har bir shaxsning qalbiga yo’l topa bilish rahbarning ish faoliyatida
asosiy ahamiyatga ega. Buni bilgan rahbar o’z jamoasi ichida mehnat jarayonida vujudga keladigan
har xil nizolarni jamoada jamoat tashkilotlari bidan birga, yuqori tashkrshotlarga chiqarmasdan
o’zida hal qilishga qodir bo’ladi.
Bunday rahbar o’z ishini to’g’ri tashkil qiladi, jamoa oldiga qo’yilgan maqsad va reja
topshiriqlarini o’z vaqtida muvaffaqiyatli bajaradi. Jamoalarda sog’lom ruhiy iqlim yaratish uchun
rahbar quyidagilarga, ya’ni:
• har xil xodimning shaxsiy fazilatlariga;
• yoshi, qobiliyati, malakasi, iste’dodiga;
• ishchilar o’rtasidagi hamjihatlikka;
• o’zaro yordamni bir-biri bilan chambarchas bog’laydigan ijtyamoiy
aloqa maromiga;
• raqobat muhitini tashkil qilinganiga;
• korxonada pirovard natijalar uchun har bir xodimnnng mas’uliyat sezish tuyg’usini
mustahkamlanganlik darajasiga;
• jamoa a’zolari ishining unumdorligiga;
• motivlashtirish darajasi kabilarga e’tibor berishi lozim.
Har bir nizoli vaziyatni rahbar bosiq, hovliqmasdan hal etishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |