1. Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari va ularning farqli jihatlari



Download 120,39 Kb.
Sana28.06.2022
Hajmi120,39 Kb.
#713912
Bog'liq
buxgalteriya22-24


Kk 22-variant
1.Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari va ularning farqli jihatlari.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 26-
apreldagi 9/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida naqd
pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida» NIZOM asosida amalga oshiriladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning shakllari:
1) to‘lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar;
2) akkreditivlar bilan hisob-kitoblar;
3) inkasso bo‘yicha hisob-kitoblar;
4) cheklar bilan hisob-kitoblar.
Yuqorida ko‘rsatilgan shakllar bo‘yicha naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga
oshirishda quyidagi pul-hisob-kitob hujjatlaridan foydalaniladi:
1) memorial order;
2) to‘lov topshiriqnomasi;
3) to‘lov talabnomasi;
4) inkasso topshiriqnomasi;
5) akkreditivga ariza;
6) tijorat bankining hisob-kitob cheki.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar bank plastik kartalaridan (BPK) foydalangan
holda ham amalga oshirilishi mumkin.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar shakli va hisob-kitob hujjatlarining turi
mablag‘larni to‘lovchi va mablag‘larni oluvchi o‘rtasida tuziladigan shartnomaga
(bitimga) muvofiq belgilanadi.
Bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqa muddatlar belgilab qo‘yilgan
bo‘lmasa, bank tegishli to‘lov hujjati bankka kelib tushgan kunda mablag‘larni
mijozning hisobvarag‘iga kirim qilishi yoki mablag‘larni uning hisobvarag‘idan
hisobdan chiqarishi shart.
To‘lov topshiriqnomasi- mijozning unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka o‘z
hisobvarag‘idan topshiriqnomada belgilangan summani mablag‘larni oluvchining
hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig‘i nazarda tutilgan hisob-kitob hujjati. To‘lov topshiriqnomalari bilan tovarlar (ishlar, xizmatlar), soliqlar va Boshqa majburiy to‘lovlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa To‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshirilishi mumkin.To‘lov talabnomasi - mablag‘larni oluvchining mablag‘larni to‘lovchi tomonidan to‘lov talabnomasida ko‘rsatilgan summani bank orqali to‘lash to‘g‘risidagi talabi nazarda tutilgan hisob-kitob hujjati. To‘lov talabnomasi tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun, shuningdek mablag‘larni oluvchi hamda mablag‘larni to‘lovchi o‘rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar bo‘yicha taqdim etilishi mumkin.
Inkasso topshiriqnomasi-mablag‘larni oluvchining inkasso topshiriqnomasida ko‘rsatilgan summani mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘idan so‘zsiz ravishda hisobdan chiqarish bo‘yicha topshirig‘I nazarda tutilgan hisob-kitob hujjati.
Akkreditiv bo‘yicha hisob-kitob qilinganida mijozning (mablag‘larni Into‘lovchining) topshirig‘i bilan va uning ko‘rsatmalariga muvofiq akkreditiv ochgan bank (bank-emitent) mablag‘larni oluvchi yoki u ko‘rsatgan shaxs hujjatlarni taqdim etgan va akkreditivda nazarda tutilgan boshqa shartlarni bajargan taqdirda to‘lovni amalga oshirish majburiyatini oladi.
Chek- chek beruvchining hisobvarag‘idan chek oluvchining hisobvarag‘iga chekda belgilangan summani o‘tkazish bo‘yicha topshiriq nazarda tutilgan hisobkitob hujjati. Chek-hisob-kitob hujati bo‘lib chek beruvchining chek oluvchining hisobiga chekda belgilangan (nazarda tutilgan) summani (mablag‘ni) o‘tkazish
2.Ish haqidan ushlanmalar hisobi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq mulkchilikning har qanday shaklidagi korxona xodimlari ish haqidan quyidagi pul ushlanmalari va ajratmalar amalga oshiriladi:
• daromad solig‘i;
• pensiya fondiga ajratma;
• shaxsiy jamag‘arib boriluvchi pensiya schyotiga ajratma;
• kasaba uyushmasiga ajratma (ixtiyoriy);
• xodim tomonidan korxonaga yetkazilgan moddiy zararni qoplash
Bo‘yicha to‘lovlar;
• alimentlar;
• kreditga sotilgan tovarlar uchun to‘lovlar va boshqalar.
J
ismoniy shaxslarning –O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlariga Soliq Kodeksida nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda va stavkalar bo‘yicha soliq solinadi.

3.Buxgalteriya balansi va uning turlari.


Buxgalteriya balansi – muayyan sanaga pulda ifodalangan va xo‘jalik

Mablag‘larining turlari, tashkil topish manbalari bo‘yicha iqtisodiy guruhlashtirish Hamda umumlashtirish usulidir. Balans yordamida korxona va tashkilotlarning o‘ziga taalluqli mablag‘lari,


Qarzga olingan mablag‘lari, vaqtinchalik foydalanishga olingan mablag‘lari To‘g‘risida aniq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin, ikkinchidan mablag‘lar holatini Nazorat qilish imkoniyatini bersa, uchinchidan mablag‘ turlarini o‘rganish uchun Asos hisoblanadi. Korxona va tashkilot mablag‘larining joylanishi va tashkil topish Manbalarini o‘rganishda balans alohida ahamiyatlidir. Buxgalteriya balansi Yordamida korxona va tashkilotlarning xo‘jalik faoliyatini, iqtisodiy holatini Baholash imkoniyati yaratiladi.
Buxgalteriya balansining har xil turlari mavjud bo‘lib, ular quyidagi belgilari
bo‘yicha tavsiflanadi ( 4 -chizmaga qarang).:
♦tuzilish vaqtiga ko‘ra;
♦axborot hajmiga ko‘ra;
♦mulkchilik shakliga ko‘ra;
♦aks ettirish obyektiga ko‘ra;
♦tozalash usuliga ko‘ra.
♦Tuzilish vaqtiga ko‘ra buxgalteriya balanslari kirish, joriy, tugatish,
bo‘linish va birlashtirish balanslariga bo‘linadi.
♦Kirish balansi korxonaning tashkil topish paytida tuziladi. U korxona o‘z
faoliyatini boshlayotgan boyliklar summasini belgilaydi. Kirish balansida ustav
kapitali ta’sis hujjatlari bo‘yicha va unga doir badallar pul mablag‘lari, boshqa
mol-mulk ko‘rinishida aks ettiriladi va hokazo.
♦Joriy balanslar korxona qonunchilik bilan belgilangan muddatlarda vaqti-
vaqti bilan tuzilib turiladi. (Oylik, choraklik, yarim yillik, yillik).
♦Xorijiy adabiyotlarning ma’lumotlariga asosan buxgalteriya balansi
tuzilishdan oldin sinov balansi qayd qilinadi.tiniansi – barcha hisob-kitoblarlarning debet va kredit qoldig‘ining
natijasidir. Sinov balansida debet tomonidagi so‘mma kredit tomonidagi
so‘mmaga mos bo‘lishi kerak. Sinov balansi buxgalteriya davrining so‘nggi kunida
tayyorlanadi.9
Sinov balansi yordamida bir tashkilotning moliyaviy hisobotlarni chizish
mumkin va bu keng qamrovli muvozanatro‘yxatini beradi. Masalan, savdo
faoliyatida yalpi foyda aniqlash uchun foyda va zarar tahlil qilinadi, xulosa
qilishga tayyor hisobot tayyorlanadi.
Tugatish balansi korxona faoliyatini tugatish sanasida mol-mulk va uning
manbalari holatini tavsiflash uchun tuziladi. Tugatish balansi asosida tugatish
komissiyasi korxonaning tugatilish paytidagi kreditorlik va debitorlik qarzlari
summasini belgilaydi, so‘ngra kreditorlar bilan hisob-kitob qiladi, keyin korxonani
tashkil etish chog‘ida muassislar tomonidan ustav kapitaliga kiritilgan badallarni
qaytaradi. So‘ngra korxona mol-mulkining qolganini uning muassislari o‘rtasidataqsimlaydi, ya’ni barcha uzil-kesil hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Tugatish balansida xo‘jalik subyektining aktivlari tugatish komissiyasi Bahosida, ya’ni ular sotilishi mumkin bo‘lgan bahoda aks ettiriladi. Olinishi Umidsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga kiritilmaydi.
Bo‘lish (ajratish) balanslari yirik korxonaning bir necha mayda Korxonalarga bo‘linish vaqtiga yoki shu korxonaning bir yoxud bir necha tarkibiy Bo‘linmasini boshqa korxonaga berish vaqtiga tuziladi. Ba’zi hollarda bu balans Berish balansi ham deb yuritiladi.
Birlashtirish balansi bir necha korxonalar bitta balansga birlashganida Tuziladi.
4.Quyidagi muammolarni nechinchi tur ozgarishga kirishini aniqlang va buxgalteriya provodkalarida aks ettiring:
1) Olinadigan turli materiallar uchun oldindan tolov amalga oshirildi dt 4310 kt 5110
2) Mol yetkazib beruvchilardan quyidagilar omborga qabul qilindi:
- xom ashyo va materiallar dt 1010 kt 6010
- yoqilgi dt 1030 kt 6010
- inventar va xojalik jihozlari dt 1080 kt 6010
3) Mol yetkazib beruvchilarga tolangan avans surishildi dt 6010 kt 4310
4) Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun yoqilgi, inventar va xojalik jihozlari
Dt 2010 kt 1010
Dt 2010 kt 1030
Dt 2010 kt 1080

23-variant


1.Qisqa muddatli investitsiyalar va ularning hisobi.
Korxonaning boshqa korxonalar qimmatli qog‘ozlariga qilingan qisqa Muddatli (bir yil muddatdan ko‘p bo‘lmagan) investitsiyalari (qo‘yilmalar) davlat Qarzlarining foizli obligatsiyalari, boshqa korxonalarga berilgan qarzlar va Boshqalarning naqdligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish Quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
5810 «Qimmatli qog‘ozlar»;
5820 «Berilgan qisqa muddatli qarzlar»;
5890 «Boshqa joriy investitsiyalar».
5810 «Qimmatli qog‘ozlar» schyotida aktsiyalarga, davlat qarzlarining foizli Obligatsiyalariga va boshqa qimmatli qog‘ozlariga qo‘yilgan qisqa muddatli Investitsiyalarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
Obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar 5810 «Qimmatli qog‘ozlar» Schyotiga sotib olish qiymatida kirim qilinadi. Korxonada aktsiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarning sotib Olinishi 5810 «Qimmatli qog‘ozlar» schyotining debetida va pul mablag‘larini Hisobga oluvchi schyotlar va agar qimmatli qog‘ozlar uchun to‘lov moddiy yoki Boshqa qiymatliklar (pul mablag‘laridan tashqari) orqali amalga oshirilsa, moddiy Va boshqa qiymatliklarning sotilishini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida
Hisobga olinadi. Agar sotib olingan obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarning sotib olish Bahosi ularning nominal qiymatidan farq qilsa, u holda sotib olish va nominal Qiymati o‘rtasidagi farqni shunday hisobdan chiqarish yoki qo‘shimcha Hisoblanishi kerakki, 5810 «Qimmatli qog‘ozlar» schyotida hisobga olingan Qimmatli qog‘ozlarning bahosi ularni qoplash davrida nominal qiymatiga muvofiqBo‘lishi lozim. Sotib olish va nominal qiymati o‘rtasidagi farq qoplanadigan Vaqtgacha bo‘lgan davrda 5810 «Qimmatli qog‘ozlar» schyotining debeti (qo‘shimcha hisoblash)da yoki krediti (hisobdan chiqarish) da, 9590 «Moliyaviyfaoliyatning boshqa daromadlari» yoki 9690 «Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar» schyotlari bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 5810 «Qimmatli qog‘ozlar» schyotida hisobga olingan obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarning qoplanishi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning
debeti va 5810 «Qimmatli qog‘ozlar» schyotining kreditida aks ettiriladi. 5820 «Berilgan qisqa muddatli qarzlar» schyotida korxonaning boshqa korxonalarga qisqa muddatga bergan pulli va boshqa qarzlarining harakati hisobga olinadi. Berilgan qarzlar 5820 «Berilgan qisqa muddatli qarzlar» schyotining
debetida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Qarzlarning qaytarilishi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning debeti va 5820 «Berilgan qisqa muddatli qarzlar» schyotining kreditida aks ettiriladi. 5890 «Boshqa joriy investitsiyalar» schyotida korxonalarning bank va boshqa omonatlarga so‘mda va chet el valyutasidagi qo‘yilmalarining harakati hisobga olinadi.
Omonatlarga pul mablag‘larining o‘tkazilishi korxonalarda 5890 «Boshqa joriy investitsiyalar» schyotining debetida pul mablag‘larini hisobga oluvchischyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Hisobda bank tomonidan omonatlar summasi qaytarilganda korxonada teskari yozuv amalga oshiriladi.
Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (5800) bo‘yicha analitik hisob qisqa muddatli investitsiyalarning turlari va ushbu qo‘yilmalar amalga oshirilgan obyektlar (qimmatli qog‘ozlarni sotuvchi-korxonalar, omonatlar va hokazolar) bo‘yicha yuritiladi.
2. Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari va ularning farqli jihatlari.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 26-Apreldagi 9/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida naqd Pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida» NIZOM asosida amalga oshiriladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning shakllari:
1.To‘lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar;
2.Akkreditivlar bilan hisob-kitoblar;
3.Inkasso bo‘yicha hisob-kitoblar;
4.Cheklar bilan hisob-kitoblar.
Yuqorida ko‘rsatilgan shakllar bo‘yicha naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga
Oshirishda quyidagi pul-hisob-kitob hujjatlaridan foydalaniladi:
1.Memorial order;
2.To‘lov topshiriqnomasi;
3.To‘lov talabnomasi;
4.Inkasso topshiriqnomasi;
5.Akkreditivga ariza;
6.Tijorat bankining hisob-kitob cheki.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar bank plastik kartalaridan (BPK) foydalangan Holda ham amalga oshirilishi mumkin. Naqd pulsiz hisob-kitoblar shakli va hisob-kitob hujjatlarining turi Mablag‘larni to‘lovchi va mablag‘larni oluvchi o‘rtasida tuziladigan shartnomaga (bitimga) muvofiq belgilanadi.
Bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqa muddatlar belgilab qo‘yilgan Bo‘lmasa, bank tegishli to‘lov hujjati bankka kelib tushgan kunda mablag‘larni Mijozning hisobvarag‘iga kirim qilishi yoki mablag‘larni uning hisobvarag‘idan Hisobdan chiqarishi shart.To‘lov topshiriqnomasi- mijozning unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka o‘z Hisobvarag‘idan topshiriqnomada belgilangan summani mablag‘larni oluvchining
Hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig‘i nazarda tutilgan hisob-kitob Hujjati. To‘lov topshiriqnomalari bilan tovarlar (ishlar, xizmatlar), soliqlar vaBoshqa majburiy to‘lovlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa To‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshirilishi mumkin.To‘lov talabnomasi – mablag‘larni oluvchining mablag‘larni to‘lovchi Tomonidan to‘lov talabnomasida ko‘rsatilgan summani bank orqali to‘lash To‘g‘risidagi talabi nazarda tutilgan hisob-kitob hujjati. To‘lov talabnomasi tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun, shuningdek Mablag‘larni oluvchi hamda mablag‘larni to‘lovchi o‘rtasida tuzilgan shartnomada Nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar bo‘yicha taqdim etilishi mumkin.
Inkasso Topshiriqnomasi-Mablag‘larni Oluvchining Inkasso Topshiriqnomasida Ko‘rsatilgan Summani Mablag‘larni To‘lovchining Hisobvarag‘idan so‘zsiz ravishda hisobdan chiqarish bo‘yicha topshirig‘i nazarda Tutilgan hisob-kitob hujjati. Akkreditiv bo‘yicha hisob-kitob qilinganida mijozning (mablag‘larni
Into‘lovchining) topshirig‘i bilan va uning ko‘rsatmalariga muvofiq akkreditiv Ochgan bank (bank-emitent) mablag‘larni oluvchi yoki u ko‘rsatgan shaxs Hujjatlarni taqdim etgan va akkreditivda nazarda tutilgan boshqa shartlarni Bajargan taqdirda to‘lovni amalga oshirish majburiyatini oladi. Chek- chek beruvchining hisobvarag‘idan chek oluvchining hisobvarag‘iga Chekda belgilangan summani o‘tkazish bo‘yicha topshiriq nazarda tutilgan hisobkitob hujjati. Chek-hisob-kitob hujati bo‘lib chek beruvchining Chek oluvchining Hisobiga chekda belgilangan (nazarda tutilgan) summani (mablag‘ni) o‘tkazish
3.Tatil haqi hisoblash va tolash hisobining xususiyatlari.
Ҳар бир ишловчи шахснинг дам олиш ва иш қобилиятини тиклаш учун ҳақ тўланадиган йиллик таътил олиш ҳуқуқи кафолатланган.
Меҳнат таътили даврида ходимларнинг иш жойи (лавозими) ва ўртача иш ҳақи сақланади (Меҳнат кодексининг 133-моддаси, бундан кейин – МК), улар иш берувчининг ташаббусига кўра ишдан
Бўшатилиши мумкин эмас, корхона бутунлай тугатиладиган ҳоллар бундан мустасно.
Меҳнат таътилининг турлари

  1. • йиллик асосий меҳнат таътили

2 • йиллик асосий узайтирилган меҳнат таътили
3 • йиллик қўшимча таътил меҳнат таътили
Йиллик асосий таътил – иш йили мобайнидаги иш учун бериладиган, мехнат вазифаларини бажаришдан озод килувчи узок давом этадиган узлуксиз вакт даври.
Ҳар бир ходим учун иш йили якка тартибда – y мехнат шартномаси бўйича ишлашни бошлаган кундан бошлаб 12 ой деб хисобланади.
Йиллик асосий узайтирилган таътил |--МКнинг 134-моддасида назарда тутилган асосий энг кам таътил билан киёслаганда аввалбошдан узокрок давом этадиган таътилдир. Чунончи, 18 ёшга тўлмаган шахсларга ва ишлаётган I ва I гурух ногиронларига мажбурий тарзда 30 календарь кун муддатида йиллик таътил берилади –(МКнинг 135-моддаси).
4.Ishchilarga mehnat haqi berish maqsadida hisobraqamdan yechib olingan 1 800 000 som miqdoridagi pul mablagi korxona kassasiga kelib tushgan. Mehnat haqini kassir tolov qaydnomasi (vedomosti) boyicha 3 kun muddat ichida tarqatadi. Bu muddat tugaganidan keyin 420 000 som miqdoridagi ishchilarga berilmay qolgan pul mablagi deponentlangan. Muomalalarni provodkalarda aks ettiring.
Hisob raqamdan kassaga pul olindi 1 800 000 dt 5010 kt 5110
Kassadan ish haqi tarqatildi 1 380 000 dt 6710 kt 5010
Oz vaqtida olinmagan ish haqi deponentga olindi 420 000 dt 6710 kt 6720

24-variant


1.Ish haqidan ajratmalarni hisoblash tartibini.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq mulkchilikning har qanday shaklidagi korxona xodimlari ish haqidan quyidagi pul ushlanmalari va ajratmalar amalga oshiriladi:
• daromad solig‘i;
• pensiya fondiga ajratma;
• shaxsiy jamag‘arib boriluvchi pensiya schyotiga ajratma;
• kasaba uyushmasiga ajratma (ixtiyoriy);
• xodim tomonidan korxonaga yetkazilgan moddiy zararni qoplash
bo‘yicha to‘lovlar;
• alimentlar;
• kreditga sotilgan tovarlar uchun to‘lovlar va boshqalar.
Jismoniy shaxslarning –O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlariga Soliq Kodeksida nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda va stavkalar bo‘yicha soliq solinadi.

Korxonalarda ishchi va xodimlarga hisoblangan ish haqidan budjet va budjetdan tashqari to’lovlar uchun ma’lum majburiy soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlar amalga oshiriladi. Ayrim holatlarda O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan umumiy qoidaga ko’ra, xodimning yozma roziligi bilan bunday rozilik bo’lmagan taqdirda esa – sudning qaroriga asosan ish haqidan ushlanmalar ushlab qolinishi mumkin Daromad solig’i hisoblangan ish haqining butun sonidan hisoblab topiladi. Jismoniy shaxslarning ish haqisi va boshqa daromadlaridan ushlangan daromad solig’i summasi korxona tomonidan budjetga o’z vaqtida va to’liq o’tkazib berilishi kerak.


Fuqarolarning daromadlaridan davlat budjeti foydasiga ushlangan soliq summalarini hisobga olish uchun 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)» passiv schyoti qo’llaniladi. Bu schyotning kredit qoldig’i korxonaning budjetdan bo’lgan qarzini ko’rsatadi, debet oboroti – budjetga o’tkazib berilgan summani ko’rsatadi; kredit oboroti – ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlangan soliq summasini ko’rsatadi. Jami ushlanadigan daromad solig’i miqdori 63201 so’m (8073+11178+43950) ni tashkil etadi. Ushbu summaga quyidagicha buxgalteriya hisobi yozuvi amalga oshiriladi: Dt 6710 «Хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» schyoti -63201 so’m, Kt 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar» schyoti -63201 so’m. Mablag’ o’tkazib berilganda, Dt 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar» schyoti -63201 so’m., Kt 5110 «Hisob-kitob» schyoti -63201 so’m. Ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlanadigan majburiy ushlanmalardan tashqari ularning yozma arizalariga muvofiq ixtiyoriy ushlanmalar ham bo’lishi mumkin: ish haqini Хalq bankiga, sug’urta tashkilotlariga o’tkazib berish, kasaba uyushmalar badallarini to’lash, dalabog’ uy va uchastkalarni qurish va obodonlashtirish uchun olingan ssudani qaytarish. Bunday hisoblashish muomalalari 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzi» va 6990-«Boshqa majburiyatlar» schyotlarda hisobga olinadi.
2.Buxgalteriya hisobida xatoni tuzatish usullari.
Buxgalteriya hisob registrlariga ko‘rsatkichlar aks ettirilayotganda,
e’tiborsizlik, mas’uliyatsizlik, tajribasizlik oqibatida xato yozuvlar yozilishi
mumkin.
Xato yozuvlar aks ettirilgani quyidagi holatlarda aniqlanishi mumkin.
1. Xato yozuv faqat bir registrlarda aks ettirilgan.
2. Xato yozuv noto‘g‘ri buxgalteriya provodkasi natijasida vujudga kelgan.
3. Buxgalteriya provodkasi to‘g‘ri, ammo aks ettirilgan summa ko‘p yoki
kam yozilgan.
Xato yozuvni yuqorida keltirilgan qaysi holatlardan birida aniqlanganiga
ko‘ra tuzatish yozuvlari amalga oshiriladi.
Xatoni tuzatishni quyidagi usullari mavjud:
1. «Korrektura» usuli.
2. «Qizil storno» usuli.
3. «Qo‘shimcha yozuv» usuli.
Korrektura usuli ma’lumotlar hisobot davri uchun jamlangunga qadartopilgan xatolarni tuzatishda qo‘llaniladi. Bu usulda noto‘g‘ri yozuv ustidan, uni
o‘qish mumkin qilib, ingichka bitta chiziq tortiladi va yuqorisiga to‘g‘ri yozuv
yozib qo‘yiladi. Bunday tuzatish to‘g‘risida tegishli registrning bo‘sh joyiga izoh
berilib, xatoni tuzatgan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
«Qizil storno» usulidan buxgalteriya provodkasi noto‘g‘ri berilganida, yoki
ko‘p summa aks ettirilganida foydalaniladi.
«Qizil storno» usuli yordamida xato yozuv qizil rangli siyoh orqali
to‘g‘rilanadi. Ya’ni qizil rangda yozilgan raqam, shu raqam yozilgan oborot jami
summasidan ayirilishi kerak.
Qizil siyohdagi yozuv aks ettirilib, xato yozuv to‘g‘rilanganidan so‘ngra,
to‘g‘ri buxgalteriya provodkasi hisob registrlariga yozib qo‘yiladi.Aksincha, yozilishi kerak bo‘lgan summadan kam summa yozilgani aniqlansa, «qo‘shimcha yozuv» usulidan foydalaniladi.

3.Akkreditiv va maxsus schetlar orqali olib boriladigan hisob-kitoblar hisobi.


Akkreditiv va maxsus schyotlar bo‘yicha hisob-kitoblar 5510 «Akkreditivlar» schyotida hisobga olinadi. Bu hisob-kitoblarning sintetik va analitik hisobi bankning ko‘chirmasiga asosan 3 – jurnal-orderda yuritiladi.
5510 «Akkreditivlar» schyotida akkreditivdagi pul mablag‘lari hisobga Olinadi. Akkreditivga pul mablag‘larini o‘tkazish 5510 «Akkreditivlar» Schyotining debetida va 5110 «Hisob-kitob schyoti», 5210 «Mamlakat ichidagi Valyuta schyotlari», 5220 «Chet eldagi valyuta schyotlari» va boshqa schyotlarning
Kreditida aks ettiriladi. 5510 «Akkreditivlar» schyoti bo‘yicha akkreditivga hisobga olingan pul Mablag‘lari ularning ishlatilishi bo‘yicha (bank ko‘chirmalariga asosan), 6010 «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar»ning debetiga Hisobdan chiqariladi. Akkreditivdagi ishlatilmagan mablag‘lar, bank tomonidan Ular qaysi schyotdan o‘tkazilgan bo‘lsa, shu schyotlarga qayta tiklanganda 5510 «Akkreditivlar» schyotining krediti, 5110 «Hisob-kitob schyoti», 5210 «Mamlakat
Ichidagi valyuta schyotlari», 5220 «Chet eldagi valyuta schyotlari» va boshqa Schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 5510 «Akkreditivlar» schyoti bo‘yicha analitik hisob korxona tomonidan Qo‘yilgan har bir akkreditiv bo‘yicha alohida yuritiladi.5530-«Boshqa maxsus schyotlar»da bankda maxsus saqlanadigan maqsadli moliyalashtiriladigan (tushumlar) mablag‘lar, shu jumladan ijtimoiy muassasalar,
obyektlar (bolalar bog‘chasi va boshqalar)ni saqlash uchun ota-onalardan, o‘zga foydalanuvchilar va boshqa manbalardan kelib tushgan pul mablag‘lari; korxonaning talabiga ko‘ra alohida schyotda yig‘iladigan va sarflanadigan kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish mablag‘lari; davlat idoralarining subsidiyalari va shu kabilarning harakati hisobga olinadi. Korxonaning ajratilgan bo‘linmalarga bankda joriy xarajatlarni (mehnat haqi, alohida xo‘jalik xarajatlari, xizmat safarlari va shu kabilar) amalga oshirish
uchun ochilgan joriy schyotlarda ushbu ko‘rsatilgan mablag‘larning harakati alohida schyotda aks ettiriladi. 5530 «Boshqa maxsus schyotlar» bo‘yicha analitik hisobni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi hududi va chet eldagi boshqa maxsus schyotlardagi pul mablag‘larining naqdligi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
4. Korxona oz xodimini xizmat safariga jonatdi. Xodimga xizmat safari xarajatlariga 1260 ming som summada pul mablaglari hisobdorlik ostida berildi. Taqdim etilgan bonak hisoboti va tasdiqlovchi hujjatlarga muvofiq xizmat safari xarajatlari me’yor chegarasida amalga oshirilgan va 1100 ming somni tashkil qilgan. Muomalalarni schyotlarda aks ettiring
Javib:1 260 000 dt 4220 kt 5010
1 100 000 dt 9420 kt 4220
160 000 dt 5010 kt 4220

Download 120,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish