Ona tili.
1. Mustaqil qo‘llana
olmaydigan, asosga qo‘shilib
unga yangi yoki qo‘shimcha ma’no yuklaydigan,
shuningdek, so‘zlarni bog‘lashga xizmat qiladigan
qism nima deyiladi?
A) asos B) qo‘shimcha C) turkum
D) lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha
2. 1. Giyohlarni. 2. Adolatli. 3. Bog‘bon.
4. Ajratildi. 5. Bog‘larda. 6. Mevazor. 7. Birinchi.
8. Kuzda. 9. Dorishunos. 10. Sayohatchilar.
11. Topilgan. 12. Sezgir. 13. Ikkita.
14. Mehnatkash. 15. Bag‘riga. 16. Mehnatdan. Ushbu
birliklardagi yasama so‘zlarni toping.
A) 2, 3, 6, 9, 10, 12, 14
B) 1, 4, 5, 7, 8, 11, 13, 15, 16
C) 2, 3, 9, 10, 12, 14
D) 1, 4, 6, 7, 8, 11, 13, 15, 16
3. 1. Giyohlarni. 2. Adolatli. 3. Bog‘bon.
4. Ajratildi. 5. Bog‘larda. 6. Mevazor. 7. Birinchi.
8. Kuzda. 9. Dorishunos. 10. Sayohatchilar.
11. Topilgan. 12. Sezgir. 13. Ikkita.
14. Mehnatkash. 15. Bag‘riga. 16. Mehnatdan.
Tub so‘zlarni ajrating.
A) 2, 3, 6, 9, 10, 12, 14
B) 1, 4, 5, 7, 8, 11, 13, 15, 16
C) 2, 3, 9, 10, 12, 14
D) 1, 4, 6, 7, 8, 11, 13, 15, 16
4. Qo‘shimchalar vazifasiga ko‘ra necha turga
bo‘linadi?
A) 2 turga: 1. So‘z yasovchi. 2. Shakl yasovchi
B) 3 turga: 1. So‘z yasovchi. 2. Shakl yasovchi
3. Sintaktik shakl yasovchi
C) 2 turga: 1. Lug‘aviy shakl yasovchi
2. Sintaktik shakl ya-sovchi
D) 2 turga: 1. So‘z yasovchi
2. Lug‘aviy so‘z yasovchi
5. Asosga qo‘shilib yangi ma’no hosil qiluvchi
qo‘shimchalar qanday qo‘shimchalar sanaladi?
A) lug‘aviy shakl yasovchi
B) sintaktik shakl yasovchi
C) shakl yasovchi D) so‘z yasovchi
6. 1) -bon; 2) -shunos; 3) -gi; 4) -lar; 5) -imiz;
6) be-; 7) -ib; 8) -li; 9) -ona; 10) -guncha;
11) -soz; 12) -paz; 13) -ga; 14) -siz.
Ushbu qo‘shimchalardan qaysi biri sintaktik shakl
yasovchi qo‘shimcha sanaladi?
A) 5, 13, 14 B) 4, 7, 10
C) 1, 2, 3, 6, 8, 9, 11, 12, 14
D) 1, 2, 3, 6, 8, 9, 11, 12
7. 1) -bon; 2) -shunos; 3) -gi; 4) -lar; 5) -imiz;
6) be-; 7) -ib; 8) -li; 9) -ona; 10) -guncha;
11) -soz; 12) -paz; 13) -ga; 14) -siz.
Ushbu qo‘shimchalardan qaysi biri lug‘aviy shakl
yasovchi qo‘shimcha sanaladi?
A) 5, 13, 14 B) 4, 7, 10
C) 1, 2, 3, 6, 8, 9, 11, 12, 14
D) 1, 2, 3, 6, 8, 9, 11, 12
8. Asosga so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishi
natijasida hosil bo‘ladigan so‘z qanday so‘zlar
sanaladi?
A) tub so‘z B) juft so‘z
C) ko‘p ma’noli so‘z D) yasama so‘z
9. Tarkibi asos va qo‘shimchalarga bo‘linmaydigan
so‘z qanday ataladi?
A) tub so‘z B) juft so‘z
C) ko‘p ma’noli so‘z D) yasama so‘z
10. Qanday so‘zlar asosdosh so‘z deyiladi?
A) bir asosdan yasalgan so‘zlar
B) ma’nodosh so‘zlar
C) bir tovush bilan farq qiluvchi so‘zlar
D) barchasi
11. Gul so‘zi asosida asosdosh so‘zlar hosil qiling.
A) guldor, guldon, gulchilik
B) guldon, gulga, gulning
C) gulchilik, guldan, gulsiz D) barchasi
12. Bosh so‘zi asosida asosdosh so‘zlar hosil qiling.
A) boshla, bebosh, boshsiz
B) boshqa, boshliq, boshpana
C) boshga, boshning, boshsiz D) barchasi
13. Dor qurilgan maydonda bolalar arqonlarga osilib
o‘ynamoqda.
Ushbu gapdagi yasama so‘z qaysi gap bo‘lagi
vazifasida kelgan?
A) ega B) to‘ldiruvchi C) hol D) kesim
14. Asosga qo‘shilib uning ma’nosiga qo‘shimcha
ma’no yuklash yoki o‘zi qo‘shilayotgan so‘zni
boshqa so‘zga bog‘lash vazifasini bajaruvchi qism
qanday ataladi?
A) shakl yasovchi qo‘shimcha B) qo‘shimcha
C) so‘z yasovchi qo‘shimcha D) asos
15. Shakl yasovchi qo‘shimchalar necha turga
bo‘linadi?
A) 3 turga B) 4 turga C) 6 turga D) 2 turga