1-mustaqil ishi: tovar, mahsulot, xizmatlarga boʻlgan talab funksiyasini qurishda axborot texnologiyalaridan foydalanish uslublari



Download 24,55 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi24,55 Kb.
#685648

1-MUSTAQIL ISHI:
TOVAR, MAHSULOT, XIZMATLARGA BOʻLGAN TALAB FUNKSIYASINI QURISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH USLUBLARI
Iqtisodiy darsliklarda talab funksiyasi haqida koʻp gapiriladi, lekin uni qanday olinganligi haqida gapirilmaydi. Shunday boʻlsada uni empirik maʼlumotlar boʻyicha baholash qiyin emas. Kutilayotgan talabni oddiy usulda – isteʻmolchidan soʻrash kerak. “Qandaydir tovar, mahsulot yoki xizmat turi uchun qancha mablagʻ bergan boʻlar ediz?” Aytaylik biror bir fan boʻyicha oʻquv darslik haqida gap ketsin. Soʻrovnoma oʻtqazilgan isteʼmolchilar maksimal berishlari mumkin boʻlgan mablagʻmiqdorlari quyidagicha boʻlsin: 40, 25, 30, 50, 35, 20, 50, 32, 15, 40, 20, 40, 45, 30, 50, 25, 35, 20, 35, 40 ming soʻm.
Olingan soʻrovnoma maʼlumotlari boʻyicha talabni bahoga nisbatan bogʻliqligi funksiyasini quramiz.

№ , i

Baho, pi

Ni

Talab, D(pi)

Foyda


Foyda


Foyda


1

2

3

4

5

6

7

1

15

1

20

100

0

-

2

20

3

19

190

95

-

3

25

2

16

240

160

0

4

30

2

14

280

210

70

5

32

1

12

264

204

84

6

35

3

11

275

220

110

7

40

4

8

240

200

120

8

45

1

4

140

120

80

9

50

3

3

120

105

75

Talabni bahoga nisbatan bogʻliqligi – bu 4-ustunni 2-ustunga bogʻliqligidir. Jadvalfagi bogʻliqlikni 9 ta nuqtasi boʻyicha talab egri chizigʻini eng kichik kvadratlar usulida yasaymiz.
Aytaylik bitta darslikni ishlab chiqarishdagi sarf-xarajat 10 ming soʻmni tashkil qilsin. Hozirgina talab funksiyasi topilgan bozorda ushbu darslikni qanday bahoda sotish lozim? Buning uchun har bir kitobdan olingan daromadni talab qilingan darsliklar soni ga koʻpaytiramiz. Natijada har bir darslik uchun baho 30 ming soʻm qilib belgilanganda

Maksimal daromadga erishilishi va u 280 ming soʻmni tashkil qilishini koʻramiz. Bunda 20 ta potensial isteʼmolchidan 14 tasi, yaʼni 70% kitob uchun pul toʻlash imkoniga ega boʻladi.


Turli xil sarf-xarajatlarda maksimal daromad optimal ishlab chiqarish, potensial isteʼmolchilar soni quyidagicha jadvalda keltirilgan.

Sarf-xarajatlar

5

10

15

20

25

30

35

40

Optimal ishlab chiqarish

14

14

11

11

8

8

3

3

Baho

30

30

35

35

40

40

50

50

Shuni taʼkidlash kerakki, ulgurji baho 10 ming soʻmga oshganda, chakana baho bor yoʻgʻi 5 ming soʻmga oʻzgarishi koʻproq daromad berar ekan.


Jadvaldan koʻrinib turibdiki sarf-xarajatlarning oshib borishi bilan optimal ishlab chiqarish kerak boʻlgan darsliklar soni kamayapti va har bir darslikning bahosi ortib borayapti. Sarf xarajatning 5 ming soʻmga oʻzgarishi, darslik bahosini oʻzgarishiga olib kelishi ham, olib kelmasligi ham mumkin. Talab funksiyasini mikrostrukturasi shunda namoyon boʻladiki – bahono unchalik katta boʻlmagan miqdorda oʻzgarishi, isteʼmolchilarning juda katta guruhlarini sotib olishdan voz kechishiga olib kelishi mumkin, bu esa foydaning kamayishiga olib keladi.
Shuning uchun ham ishlab chiqaruvchi uchun soliqlarning oshirilishi natijasida tovar narxining oshirilishi, ishlab chiqaruvchi hamma yukni isteʼmolchiga tashlaydi deyish notoʻgʻri fikr. Ishlab chiqaruvchi ham talabni kamayishi, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini kamayishi hisobiga zarar koʻradi. Iqtisodiyot nazariyasiga qonunlariga koʻra soliq oshirilishi oqibatlarini ishlab chiqaruvchi ham, isteʼmolchilar ham boʻlib olishadi.
Shunday qilib sarf-xarajatlar inflyatsiyasi iqtisodiyotga taʼsiri aynan mana shunday. Shuni taʻkidlash lozimki bozor tuzilmalari barcha isteʼmolchilarni qondirish imkoniyatiga ega emaslar, chunki bu foydali emas. 20 ta soʻrov oʻtqazilgan isteʼmolchilardan faqat 14 tasi 70% gina minimal sarf-xarajatlar boʻlgandagina ushbu darslikni sotib olish imkoniyatiga ega boʻlar ekanlar. Agar jamiyat barcha fuqarolarni biror narsa bilan taʼminlashni xoxlasa, u holda uni tekinga tarqatish lozim, masalan maktablarda oʻquv darsliklari tekin tarqatilganidek.
Talabalar mustaqil ishini tashkil qilishda har bir talabaga orzularidagi virtual zavod fabrika qurib isteʼmolchilarni qiziqtiradigan mahsulot ishlab chiqarish, yoki biror bir xizmat turi taklif qilish vazifasi qoʻyilib, ushbu mahsulotga boʻlgan talabni, maksimal daromadni, optimal ishlab chiqarishlar sonini potensial isteʼmolchilardan ijtimoiy tarmoqlarda soʻrovnoma oʻtqazib aniqlash vazifasi qoʻyiladi.
Download 24,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish